8-MAVZU: O‘QITUVCHINING PSIXOLOGIK PORTRETI.
O’QITUVCHI SHAXSIGA QO’YILADIGAN TALABLAR.
REJA:
1.
О‘qituvchining psixologik portreti.
2.
O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar.
3.
Maxsus pedagogik faoliyatdagi talablar.
1.
0‘qituvchining psixologik portreti.
Psixologik portret - kuzatilgan ob’ektni foto (rasm) orqali kuzatuvchi tomonidan
faktik ifodalanishi, ya’ni kuzatilgan ob’ektni xususiyatlariga jins, yosh, ish staji, kasb
va boshqa omillarning ta'sirini aniqlash uchun foydalaniladi.
Kuzatish natijalarini umumlashtirishda ma’lumotlar miqdor va sifat jihatidan
tahlil qilinadi, tajriba yakunlari bo’yicha g’oyalar, umumlashmalar, xossalar,
qonuniyatlar, mexanizmlar, holatlarning ilmiy psixologik talqini amalga oshiriladi.
Kuzatish yakunida to’plangan ma’lumotlar ilmiy hisobot sifatida muayyan qoidalarga
asoslangan holda quyidagi tartibda joylashtiriladi: kirish, metodikalarning tasnifi,
natijalarning bosqichma-bosqich tahlili, ularning muhokamasi, izlanishlarning
xotimasi va xulosalari, amaliy xususiyatga ega bo’lgan tavsiyalar, ko’rsatmalar
berilishi, foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati va nihoyat ilovalar (har bir qism o’ziga
xos yakunlangan, tugallangan ma’no anglatishi lozim).
O’qituvchi psixologik portreti kuzatish jarayonida o’quvchilarni bahs, munozara
jarayonida o’zaro ta’sir o’tkazish imkoniyatini aniqlash uchun qo’llash ijobiy natijalar
beradi:
-
umumiy muammo mohiyatiga guruh a’zolarini yo’naltirish;
125
-
guruh a’zolari tomonidan muammoni yechish yo’llarini baholash;
-
bahs (munozara, diskussiya) jarayonini nazorat qilish;
-
umumiy fikrga kelish uchun guruhiy qaror qabul qilish;
-
muammo yechimiga erishishdagi guruh a’zolarining birdamligi va
hamjihatligi.
Kuzatish yakunlari bo’yicha umumpsixologik xulosalar chiqarish, milliy,
etnopsixologik, hududiy xususiyatlarni qat’iy ravishda sharhlash, yosh davrlari, jinsiy
xususiyatlariga taalluqli mulohazalar bildirish- psixologik bilimlarning boyishiga olib
keladi. Tajribalarda, kuzatishlarda to’plangan materiallar qiymatini oshirish uchun
vujudga kelgan barcha omillarni psixologik tahlil qilish, statistik metodlardan unumli
foydalanish zarur, toki bu mezonlar ma’lumotlarning ilmiylik darajasini yuksaltirishga
xizmat qilsin.
Psixologik portreti kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik
metodlarni quyidagi tartibda qo’llash lozim:
-
olingan natijalarni foizlar bo’yicha hisoblab chiqish;
-
to’plangan ma’lumotlarning o’rtacha arifmetik qiymatini topish;
-
son qatoridagi o’rtacha kvadrat og’ishni hisoblash (sigma);
-
son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya);
-
omillar o’rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini (korrelyasion)
tahlil qilish;
-
ma’lumotlar, metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash uchun Stbyudent
mezonidan foydalanish lozim.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |