O‘qituvchi professiogrammasi. Professiogramma -
kasbning turli ob’ektiv
xarakteristikalarining tasnifi ya’ni Kasb tanlashga yo‘naltirilgan shaxsning qiziqishi,
mayli, xohishi, o‘zini o‘zi baholashi, nufuzi kabilarga oid materiallarni o‘zida
mujassamlashtirishdir.
O‘quvchilarni professiogramma bilan tanishtirishda bosh maqsad quyidagi
tarkibiy qismlari o’z aksini topadi::
A)
asosiy mehnat qurollari - kasb tanlovchining diqqati, shijoati, fikr - xayoli -
xuddi shu qurollarga qaratilgan va yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak;
B)
asosiy mehnat operatsiyalari: mehnat quroli bilan qanday faoliyatni amalga
oshirish imkoniyati mavjudligini aniqlash va qaysi sohalarda ishlatish mumkin
ekanligini bilish; ishlab chiqarish jarayonidagi operatsiyalarning rolini to‘g‘ri tasavvur
qila olish; operatsiyalarning yangi variantlarini qidirish va kashf qilish uchun harakat
qilish;
V) asosiy qurollar va vositalar: qo‘l aslahalaridan - slesar, xirurg, skripkachi,
g‘ijjakchi, kamon chaluvchi kabi kasb egalari foydalanadi;
G) mehnat sharoitlari: kasb tanlovchini o‘rab turgan tabiiy muhit va
sharoitlar,kishilar va hokazo.
O’qituvchilik professiogramma quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1)
O’qituvchi shaxsining xususiyatlari;
120
2)
O’qituvchining ruxiy-pedagogik tayyorgarligiga qo’yilgan talablar;
3)
Maxsus tayyorgarlik xajmi v amazmuni;
4)
Ixtisosga oid usuliy tayyorgarlikning mazmuni.
Professiogramma oldiga quyidagi talablarni qo‘yish maqsadga muvofiq:
1.
Ishning qanday nomlanishi va uning nimalardan tuzilishi
2.
Ishning maqsadi, samaradorligi xususida ma’lumotlar;
3.
Mehnat quroli sifatida nimalar qo‘llanilishi;
4.
Mehnat predmetining tarkiblari va ularning o‘ziga xos jabhalari;
5.
Mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan bajarilishi;
6.
Nimalarning negizida ish (mehnat, faoliyat) amalga oshirilishi;
7.
Mehnat mahsullarini baholash mezonlari;
8.
Ishning qanday ixtisoslik talab qilishi xususiyatlari.
9.
Ish qanday vositalar yordami bilan bajarilish imkoniyati va uning
motivirovkasi.
10
.Ishning bajarilish shart va sharoitlari;
11
.Mehnatni (faoliyatni) tashkil qilish shakllari;
12.
Mehnatning kooperatsiyasi (Kim?, Nima?, Kim bilanhamkorlikda?);
13.
Mehnatning jadalligi (intensivligi) to‘g‘risida ma’lumotlar;
14.
Mehnat faoliyatida mas’uliyatning va xavf – xatarning qaysi daqiqalari
(holatlari) uchrashi;
15.
Mehnat uning sub’ektiga qanday foyda, naf keltirishi (ish haqi, mukofot,
ma’naviy ozuqa, imtiyoz, ijtimoiy moyillik, altruizm xislati, maqtov, jamoatchilik
bahosi va boshqalar);
16.
Ish yoki faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra qanday talablarga
va cheklanishlarga ega ekanligi.
Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qo‘llash maqsadga
muvofiq:
-
F.Gilbertning “Ish kuni fotografiyasi” metodikasi (rasmlarda ifodalangan
ishchining harakatini kuzatish, ko‘zdan kechirish orqali ularni tahlil qilish (sa’i-
harakatlar bo‘yicha tizim vujudga keltirish, ulardagi o‘zgarishlarga binoan muayyan
121
ketma-ketlikda joylashtirish);
-
A.K.Gostevning xronokartasi (ikki yoki uch marta yarim soatdan smenada va
smenadan keyin tekshiruv o‘tkazish);
-
o’quvchilarda dars boshida, o‘rtasida va oxirida yoki boshqa vaziyatlarda:
yordamchi yumush bilan shug‘ullanish holati, dam olish, uyqu va shu kabilar.
Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud bo‘lib, vazifalariga qarab ularning
har biridan foydalanish mumkin: kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish
(o‘smirlarda yuqori natijalar beradi), xulq-atvor portretini tahlil qilish va hakazo.
Bu kuzatishda empatiya ya’ni insonning o‘zini xayolan suhbatdoshi o‘rniga
qo‘yish orqali uning kechinmalari va hissiyotlarini tushunishga intilishi. Bunda
insonning emotsional muammolariga yondashishi tushuniladi. Bu boshqa odam
hissiyotlari va kechinmalariga hamdard bo‘la olishdir. Bir tomondan ob’ektni
tushunishda uni o‘rniga o‘zini qo‘ya olishi muhim bo‘lsa, ikkinchi tomondan uning
ichki hissiyotlarini tushunish unga hamdard bo‘la olish ham muhimdir.
Insonning inson tomonidan idrok etilishida yo‘naltirishning roli kattadir. Bu
ayniqsa inson haqida, noma’lum inson haqida ilk fikrlarni olishda muhimdir. Bu
borada A.A.Bodalevning o‘tkazgan tadqiqotlari nihoyatda ahamiyatlidir. Ikki guruh
o’quvchilariga bir inson rasmi beriladi. Birinchi rasmda berilgan inson jinoyatchi deb,
ikkinchi guruhda esa rasmdagi kishi yirik olim deb e’lon qilinib, ularga portretni
yozma ifodalash vazifasi beriladi. Birinchi holatda quyidagi tavsiflar beriladi, ya’ni
ko‘zlarini ichiga kirib ketgani, ichki alam, qasosdan uzun dahan, boshlagan ishi,
jumladan jinoyatni yakuniga etkazish kabilar ekanligi qayd etiladi.
Ikkinchi guruhda ichiga kirgan ko‘zlari fikrning chuqurligi haqida gapirib, bunda
uzun dahan qiyinchiliklarga bardoshlilik, irodalilik sifatida baholangan. Keltirilgan
mulohazalardan ko‘rinadiki, insonni inson tomonidan idrok qilinishida tashqi
tomondan berilayotgan ko‘rsatma, shaxsning bu boradagi bilim, ko‘nikma va
malakalari muhim rol o‘ynaydi.
Psixogramma professiogrammaning asosiy qismi hisoblanadi, chunki u kasb eki
mutaxassislik bo'yicha xodimga qo'yiladigan psixologik talablar sifatini belgilaydi.
Uning xajmi va mazmuni kasbiy o'qitish, kasbiy tanlash, kasbiy yo'naltirish,
122
shuningdek korxona kadr siyosatiga binoan bir joydan ikkinchi joyga o'tkazish
maqsadlariga muvofiq belgilanadi.
•
Psixogramma quyidagi xaqqoniy ma'lumotni taqdim etuvchi manbaalar
yordamida tuziladi:
•
xronometraj jadvallari, yo'riqnomalar, instruksiyalar, izoxlar muhim o'rin
egallagan hujjatlar;
•
xodimlarni
shaxsiy
kuzatishlari,
anketalar,
tabiiy
va
laboratoriya
eksperimentlarini o'z ichiga oluvchi yozma va og'zaki so'rovlari;
•
maqsadli tadqiqotlar ma'lumotlari;
•
xodimlar
ish
joylarida
o'tkaziladigan
ergonomik
tadqiqotlar
-
elektrookulografiya, elektroensefalografiya, kinosiklografiya, fiziologik parametrlar
telemetriyasi, telexronorefleksometriya va boshqalar.
Kasb yoki ish joyi va mutaxassislik psixologik xarakteristikasi strukturasi
quyidagi ko'rsatgich va talablar bilan belgilanadi:
•
tashkilot, jihoz va mehnat sharoitiga talablar;
•
mehnat psixologo-pedogogik jihatlarini boshqarish va tashkil etilishiga talablar;
•
ishchi guruh rahbariga talablar: pedagogga, tashkilotchiga, mutaxassisga,
shaxsga;
•
ijtimoiy-psixologik ko'rsatgichlari va mehnat jamoasi parametrlari;
•
shaxs psixikasiga qo'yiladigan kompleks talablar-psixofiziologik, intellektual,
neyropsixik va shaxs xususiyatlari;
•
shaxs psixik holatiga qo'yiladigan kompleks talablar — ish qobiliyati,
emosional-iroda ustanovkasi, o'zgaritirilgan holatlar talablari
•
adaptasiya, qabul qilish, o'qitish, ritm jaraenlariga kompleks talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: |