. Stomatit
1) Etiologiyasi
Stomatit sabablari uchuq virusi, kondida zambrug’i, allergiya va mehanik ta’sirlanishlar, avitaminos va boshqalar.
2) Simptomlari
(1) Gerpetik stomatit
Odatda gerpes virusi bilan birlamchi zararlanish ko’pincha 1-3 yoshli bolalarda og’iz bo’shlig’i shilliq qavati til, lab va og’iz atrofida oq yaralarning paydo bo’lishi va isitmalash bilan birga kuzatiladi. Og’riq va so’lak ajralishi ishtahaning kamayishiga olib keladi. Immunitetning pasayishi yoki isitmalashdan so’ng ikkinchi marta o’sha sohalarda pufaklar paydo bo’ladi.
(2) Qaytalanuvchi aftoz stomatit
Og’iz bo’shlig’i shilliq qavatida paydo bo’luvchi og’riq bilan kechadigan mayda oq yara. Gerpesli stomatitga o’xshasada isitmalash kuzatilmaydi. Yaralar miqdori bittadan bir nechtagacha bo’ladi. Sababi aniqlanmagan.
(3) Kandidoz stomatit
Kandida zambrug’i bilan zararlanishdan kelib chiqadi. Kataral stomatit, gangrenos stomatit va yarali stomatit ko’p miqdorda antibiotiklar qabul qilgandan so’ng, og’iz bo’shlig’i infeksiyasida yuzaga keladi. Og’izdan hid kelishi, linfa tugunlarining kattalashuvi, milk va og’iz bo’shlig’i shilliq qavatidan qon oqishi kuzatiladi. Chaqaloqlik va ko’krak yoshi davrida klinik kechishi o’tkir va spontan tuzalish ehtimoli yuqori.
(4) Bednar aftasi
Og’iz bo’shlig’ini parvarishlash vaqtida tanglay shilliq qavatining shikastlanishi natijasida kelib chiqadigan oq yarachalar. Mexanik ta’sir qilinmasa, u o’z – o’zidan tuzalib ketadi.
3) Hamshiralik parvarishi va profilaktikasi
Stomotitda og’riq, achishish, og’izda yomon xid, ishtahaning kamayishi kuzatiladi. Ko’p suyuqlik ichish, og’izni chayqash va og’iz bo’shlig’ida tozalikni saqlash kerak. Ko’krak yoshidagi yoki o’zi mustaqil og’zini chayolmaydigan bola bo’lsa, og’iz bo’shlig’ini, milklarni og’iz teri lab sohasini paxta pilikchalar bilan artiladi va imkon qadar og’iz chayiladi. Og’iz va lab qurishini oldini olish uchun glitserinli malham yoki vazelin surib qo’yiladi.
Yarachalar bo’lgada ovqat yeyishdan oldin og’iz bo’shlig’i uchun steroidli malham surib qo’yiladi.
Kandidozli stomatitda umumiy buyumlarni ishlatish mumkin emas, qoshiq, surg’ich va boshqa buyumlarni ovqatdan oldin va keyin infeksiya yuqtirmaslik uchun zararsizlantirish kerak.
Og’ir stomatitda ovqat va suyuqliklarni yetarlicha qabul qilmaslik kuzailishi mumkin. Shuning uchun ovqat va suyuqliklarni istemol qilishni nazorat qilinadi.
. Gastrit
1). Aniqlash va etiologiyasi.
Har xil sabablarga ko’ra oshqozon shilliq qavatining yallig’lanishiga aytiladi.gastrit qandaydir sabablarga ko’ra yoki sabablarsiz,resedivlanuvchi bo’lsa HP infeksiya (helicobacter pylori) bo’lishi haqida o’ylash mumkin.gastritni chaqiruvchi sabablar: analgetiklar,isitma tushiruvchilar ya’ni aspirin,metindol (indometasin) va boshqalarni ko’p iste’mol qilish ,steroidlar,infeksiya,jismoniy va ruhiy stresslar,ishqorlarni yutib yuborish,tomir purpurasi va boshqalar sabab bo’ladi.
2) Belgilari
Qorinda og’riq,ishtahaning kamayishi,axlatda va qusuqda qon bo’lishi aniqlanadi.Bu belgilar bo’lganda kasallik haqida taxmin qilish mumkin.Tashhisni aniqlash uchun endoskopiya va zarur bo’lganda unda HP-infeksiya borligi tekshiriladi.
3) Tashhisi va davolash
Agar sabablari ma’lum bo’lsa uni bartaraf qilinadi,noma’lum bo’lsa yaraga qarshi davolas o’tkaziladi.
4) Hamshiralik parvarishi
Gastroenteritdagi kabi bo’lib,quyida keltiriladi.
O’tkir gastroenterit
1) Aniqlash
Oshqozon ichak trakti tomonidan buzilish sindromlari har xil virus va bacterial infeksiya natijasida kelib chiqadi.Sabablarini aniqlangandan keyin alohida kasallik haqida o’ylash mumkin.
2) Etiologiyasi
(1) Infeksion kasalliklar
1. Bakterial: salmonella,Vibrio parahaemolyticus bakteriyasi,pathogen ichak tayoqchasi (Eshericha coli),tillarang stafilokokk
2.Virusli: rotavirus,adenovirus,norovirus
3. parazitar: amyoba
(2) Ichakning yallig’lanish kasalliklari: yarali kolit,Kron kasalligi (Crohn”s disease),ko’krak va maktab oldi yoshidagi nospesifik enterit.
(3) Ovqat allergiyasi: sigir suti,tuxum oqi,soya oqsili
(4) Anatomik va mexanik omillar: Girshprung kasalligi,kalta ichak sindromi
(5) Jigar va oshqozon osti bezi kasalliklari: jigar sirrozi,gepatit,surunkali pankreatit
(6) Biokimyoviy omillar: tseliakiya,disaxaridoz yetishmasligi
(7) Immun yetishmasligi: tug’ma immun tanqisligi
(8) Yangi hosilalar: Oshqozon ichak traktining onkologik kasalliklari,neyroblastoma
(9) Neyrogen va funktsional buzilishlar: psixogen,ichakning qo’zg’alish sindromi
(10) Medikamentoz: antibiotiklar,og’ir metallar,fosfororganik birikmalar
3) Belgilari va asoratlari
Qusish,isitma ko’tarilishi,ich ketishi,qorinda og’riq va boshqalar kuzatiladi.Virusli enteritda axlat suyuq,yumshoq bo’ladi va ich kelishi soni ko’payadi,lekin axlatda qon bo’lishi kamhollarda kuzatiladi.Bakterial enteritda axlat kirga o’xshash va yopishqoq,sassiq hidli,qon bo’lishi kuzatiladi.
4) Tashhisi va ko’rinishlari
(1) Rotavirusli enterit
Odam faqat A,B va C guruhidagi rotaviruslar bilan zararlanadi.eng ko’p yuqish yo’li og’iz orqali bo’lib,ba’zan bolalar bog’chalarida,kasalxona ichida va boshqa muassasalarda yoppasiga zararlanishga olib keladi.Yashirin davri 1-2 kun.O’tkir kechishida va maktabgacha davrda yaqqol belgilar namoyon bo’ladi.Axlat suyuq,oq va sariq rangda bo’ladi,ich kelish soni ko’payadi.Hafta davomida bu belgilar kamaysa ham ikkilamchi laktozani ko’tara olmaslik rivojlanishi mumkin.Tashhisi axlatda virus antigenini aniqlash tahlilini o’tkazishdan iborat.
(3) Enterogemorragik koli infeksiya (kolibakterioz)
Enterogemorragik ichak tayoqchasi verotoksin ishlab chiqarib,u gemokolit va gemolitiko-uremik sindrom chaqiradi. O157 serotipi 80 % dan ko’p aniqlanadi,sporadic hollarda va o’choqli infeksiya ko’paygan infeksiya kuzatiladi.Kasallik og’iz orqali mol go’shti va ifloslangan oziq-ovqatlar orqali yuqadi.Bakteriya past temperaturaga va oshqozon kislotaligiga chidamli,lekin yuqori haroratga chidamsiz va 70 darajada zararsizlantirilganda tez o’ladi.
(4) Ovqatdan bacterial zaharlanish
Ovqatdan zaharlanishning sababchilari bo’lib salmonella,Vibrio parahaemolyticus,patogen ichak tayoqchasi va kampilobakteriyalar hisoblanadi.Salmonella tuxum,go’sht va uy hayvonlaridan yuqadi.Vibrio parahaemolyticus baliq va dengiz mahsulotlari orqali,ichak tayoqchasi go’sht va iflos suv orqali,kampilobakteriyalar xom qush go’shti va uy hayvonlaridan yuqadi.
5) Davolash
Virusli enteritning engil shaklida ko’p suyuqliklar ichish buyuriladi.Ba’zan suvsizlanish,qon aylanishining buzilishi,MNS buzilishlari,atsidoz,buyrakda o’zgarishlar,elektrolit balansining buzilishi,intoksikatsiyani davolash kerak bo’ladi.Bakterial enteritda antibiotiklarni qo’llaganda ehtiyot bo’lish lozim.Oldin bakteriyaga sezuvchanlik,sezuvchanlikni aniqlash uchun test o’tkaziladi.
6) Hamshiralik parvarishi
Ko’krak va maktab yoshida gastroenterit ko’p uchraydi va asosiy belgisi ich ketishi hisoblanadi.Asosan yengil kechadi,uy sharoitida 2-3 kun davolanadi.Bunday hollarda oila a’zolariga uy sharoitida ovqatlantirishga oid gigiena qoidalari bo’yicha tushuntirish ishlari o’tkaziladi.og’ir hollarda suvsizlanish va elektrolit balansini buzilishini davolash uchun kasalxonaga yotqiziladi.
(1) Nazorat qilish
Suvsizlanish holatini va og’irligini baholash kerak.Najasning xususiyati,rangi,chastotasi,qusish og’irligi va chastotasiga,ichilayotgan suv miqdoriga diurez va boshqalar to’g’risida ma’lumot to’planadi.Suvsizlanish belgilari: isitma va bolaning yuz ifodasi,kayfiyati va aktivligi,tana vazninng kamayishi,turgor,liqildoqlarning ichiga tortilishi,arterial bosim va puls,og’iz shilliq qavatining quruqligi va boshqa belgilar nazorat qilinadi.
(2) Regidratatsiya va ovqatlanishb\ni nazorat qilish
Bolada suvsizlanish oson kelib chiqadi,shuning uchun suyuqlik o’rnini to’ldirish kerak.Qusish bo’lmagan hollarda suvni ichishga berish mumkin,agar ishtahasi yaxshi bo’lsa ovqat ham berish mumkin.Ovqatlantirishni tez hazm bo’luvchi ovqatlardan boshlanadi va keyinchalik odatdagidek ovqatlantirishga o’tiladi.Og’iz orqali ozqatlantirish bir qoshiq suyuqlik berishdan boshlanadi,qusish kuzatilmasa ovqat hajmi oshiriladi va tez-tez beriladi.Ko’ngil aynishi va qushish kuzatilsa og’iz orqali berish to’xtatiladi.Ota onaga bola ovqatlanishini yaxshilash uchun ko’p ovqat bermaslik,ayniqsa shirinliklar bermaslik maslahat beriladi.
O’rta darajadagi suvsizlanish hollarida 3 oylikkacha ko’krak yoshidagi bolalarga ko’p qusayotgan bo’lsa og’iz orqali berib suyuqlik o’rnini to’ldirib bo’lmaydi.Bunday hollarda bolani kasalxonaga yotqiziladi va infusion terapiya o’tkaziladi.
(3) Gigiena va infeksiyani oldini olish
Ko’krak va maktabgacha yoshdagibolalarda gastroenterit tufayli tana vazni va immunitetning pasayishi kuzatiladi,bu nafas yo’llarining zararlanishiga,og’iz va lab shilliq qavatiga tez yallig’lanishga olib keladi..Og’iz bo’shlig’i gigienasiga,og’iz va lab,teri gigienasiga rioya qilishga harakat qilinadi.Tez-tez ich kelishi sababli orqa teshik atrofi yallig’lanishi mumkin.,buni oldini olish uchun tozalikni saqlanadi,o’sha joyni har ich kelgandan so’ng yuvib turiladi.Anal sohasida,og’iz bo’shlig’ida patogen mikroblar borligini hisobga olib,infeksiya tarqalib ketishini oldini olish uchun qo’llarni tozaligiga rioya qilinadi,qog’ozli tagliklar ishlatiladi,so’rg’ich va boshqa buyumlarni zararsizlantiriladi.
Rotavirus kasallik chaqirgan hollarda talvasalar kuzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |