Mavzu 1.CHakaloklik davri kasalliklarida xamshiralik parvarishi
Dars rejasi
chaqaloqlar asfiksiyasida, tug‘ruq jarohatlarida, chaqaloqlarning gemolitik kasalligida chaqaloqlarga va ularning oilalariga hamshiralik parvarishini;
.
Matn mazmuni.
CHaqaloqlar asfiksiyasi. Ta’rif:
chaqaloqlar asfiksiyasi bu organizmning shunday gipoksik ishemik xolatiki bunda bolada birinchi nafas olish kechikadi natijada gemodiamik buzilishlar rivojlanadi.
Sabablari:
Bachadon yo‘ldosh qon aylanishining buzilishlari (onadagi gipotoniya xolati va.x.k)
Yo‘ldosh patologiyasi (yo‘ldoshning muddatidan ilgari ko‘chishi, o‘tkir toksikoz va.x.k.)
Kindik patologiyasi (kindik tizimchasining ezilishi, kindikning tushib qolishi)
chala tug‘ilish va chaqaloqlar kam qonligi.
Tug‘ma rivojlanish nuqsonlari (diafragma churrasi, mushakdagi buzilishlar)
xomilada va chaqaloqlarda birlamchi asfiksiya rivojlanish xavfi shart – sharoitlariga quydagilar kiradi.
Antenatal davrda - xomiladorlardagi cho‘zilgan davomli gestozlar, xomilani tushish xavflari.
Intranatal davrlar – (tug‘ruq paytida) – xomilani anomal kelishi.
xomilador ayol ishlatgan dori moddalari (antidepresantlar, rezirpin, magni sulfat, adrenoblokator)
Klinik belgilari:
CHaqaloqlar xolati Verjiniya Apgar shkalasi bo‘yicha baxolanadi.
Apgar shkalasi.
Simptomlari
|
0 ball
|
1 ball
|
2 ball
|
YUrak urishi
|
Puls yo‘q
|
Minutiga 100 dan kam sekinlashgan
|
Minutiga 100 dan ko‘p
|
Nafas xarakatlari
|
Yo‘q
|
Siyrak noregulyar, aloxida titroqli nafas olish
|
YAxshi chinqirib yig‘laydi
|
Mushak tonusi
|
Bo‘shashgan
|
Oyoq qo‘llari bukilgan
|
Aktiv xarakatlar
|
Burun katetriga javob reaksiyasi yoki tovonning ta’sirlanish refleksi
|
Yo‘q
|
Aftini bujmaytiradi
|
Yo‘tal, aksirish
|
Teri rangi
|
Badanning umumiy oqarishi yoki sianoz
|
Tanasi pushti rangi, oyoq – qo‘llari ko‘kargan
|
Butun tanasi och pushti rangda
|
|
|
|
|
BSSV klassifikatsiyasi bo‘yicha asfiksiyani 2 xil ––darajasi farqlanadi.
– o‘rtacha - umumiy baxo 6-5 ballni tashkil qiladi.
– Og‘ir – 4 – 1 ball ni tashkil qiladi
Asfiksiyani o‘rta darajasida teri qoplamlarining uncha rivojlamagan sianozi, yurak qisqarishlari aniq, lekin sekinlashgan. Siyrak va yuzaki nafas, mushak tonuslari qoniqarli, burun katetr yuborilganda reaksiya saqlangan.
Asfiksiyani og‘ir darajasida chuqur tormozlanish xolat kuzatiladi. chaqaloqlar teri qoplamlari oqargan, shilliq qavatlari ko‘kargan, nafas yo‘q, yurak tonlari bo‘g‘iqlashgan, juda sekin (minutiga 60-80 marta) , aritmik. Mushaklar tonusi va reflekslar juda suts yoki umuman yo‘q.
Davosi:
Tug‘ruq zalida chaqaloqga ko‘rsatiladigan birlamchi va reanimatsion yordam etaplari.
YUqori nafas yo‘llaridan shilliqlarni so‘rib olish, kislorod berish, tana xaroratini saqlab turish, mustaqil nafasni qo‘llab – quvvatlash uchun teri qoplamlarini stimulyatsiya qilish.
YOrdamchi niqob orqali xavo berish, yordam bermasa nafas yo‘llari intubatsiyasini o‘tkazish. Sun’iy o‘pka ventilyatsiyaga ulash va nazorat qilish.
Bilvosita yurak massaji
Dori darmon bilan davolash: suyuqliklar yuborish, tomir toraytiruvchi preparatlar yuborish, suv elektrolit balansini koreksiya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |