O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy viloyat kasb-hunar ta’lim xududiy boshqarmasi Navoiy tibbiyot kolleji


Uyga vazifa Uqish,yozib kelish,mavzu xaqida yangi ma’lumotlarni yigish



Download 1,06 Mb.
bet93/109
Sana30.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#159701
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   109
Bog'liq
2.Pediatriya maruza matn

Uyga vazifa Uqish,yozib kelish,mavzu xaqida yangi ma’lumotlarni yigish.
Fan bo’yicha adabiyotlar.

1.G.Jalilov. Bolalar kasalliklari va ularning anatomo-fiziologik xususiyatlari.

K.A.Svyatkina- Bolalar kasalliklari.

Qo’shimcha adabiyotlar.

1.X.Shodmonov.- Asab va ruhiy kasalliklari.

2.Pediatriya jurnali №2

3.Sihat salomatlik jurnali№4
Dars konspekti
Mavzu: . Tayanch harakat tizimi kasalliklardai bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishi.

Dars rejasi:

1.Bolalarda tayanch harakat a’zolari anatomo-fiziologik xususiyatlari.

2. Tayanch harakat tizimi kasalliklari bilan og’rigan bolalar va ularning oilasida hamshiralik parvarishini.

Ma’ruza matni.

. Bolalarda tayanch harakat tizimini tuzilishi va funksional hususiyatlari.

Oyoq – qo’llar va tana harakatini buzilishini 2 ga ajratish mumkin: suyak va bo’g’imlar morfologiyasini buzilishi natijasida kelib chiqqan: morfologiyasi normal mushak va nervlarning noto’g’ri faoliyati natijasida kelib chiqqan buzilishlar.

Bolalik davrida suyak pardasi qon tomirlarga boy va kattalardan farq qilib, yuqori elekstik, sinish kelib chiqishi ham farq qiladi.

Bolalik davrida suyaklar tarkibida o’suvchi tog’ay bo’lib, u suyaklarning bo’yiga o’sishini ta’minlaydi. O’suvchi tog’ay to’qimasini buzilishida jarohat yoki yallig’lanish natijasida suyak o’sishi va deformatsiyasi kuzatiladi. Shuningdek o’suvchi tog’ay o’sish gormoni ta’sirida funksiya qiladi, o’sish gormoni o’zgarganda suyak o’sishi vaqtidan oldin to’xtaydi yoki katta yoshda ham o’sishda davom etadi.

. tayanch harakat tizimi kasalliklari bilan og’rigan bolalar va ularning oilalarida hamshiralik parvarishi.


  1. Tug’ma son chiqishi.

    1. Klinik belgilari:

Tug’ilgan vaqtda chiqqan chanoq son bo’g’imi holati kuzatiladi. Chiqish agar to’liq chiqqan bo’lsa, yarim chiqish oyoqlar harakatida bo’g’im yuzasini suyak o’rtasidagi aloqa saqlanganda surilishi, displaziya son suyagi boshchasini to’liq kirmasligi va bo’g’im chuqurchasi to’liq shakllanmaganligi. Bolalar va qizlar o’rtasida 1: 3-4 nisbatda uchraydi.Belgilari.Oyoqlar obduksiyasida chegaralanish va zararlangan tomonning kalta bo’lishi.

Rasmlar.


    1. Davolash.

To’liq chiqishda davolash Pavlin stremulida yozish chegaralanadi va ularning obduksiyasi ta’minlanadi. Og’ir chiqish hollarida tortish (traksiya) yoki operatsiya o’tkaziladi. Agar chanoq son bo’g’imi displaziyasini konservativ yo’l bilan davolab bo’lmasa operatsiya o’tkaziladi.

    1. Pavlin yoylarini qo’llanganda parvarish qilish.

Bu davolash ambulatory sharoitda o’tkaziladi, ota – onaga balandlik (Pavlin stremeni burchagi) almashmasdan kamarga belgi qo’yish va uni doimo nazorat qilish kerakligini tushuntiriladi.

Yana chanoq son bo’g’im harakatiga to’sqinlik qilmaydigan kiyim kiydirish, bolani oyoqlarini kergan holatda ko’tarish kerakligi, taglikni oyoqlarni tortmasdan va ko’tarmasdan almashtirish kerakligi gigiyenik muolajalarni o’tkazish usullari haqida tushuntiriladi.



    1. Profilaktika.

Oyoqlarni noto’g’ri ochish va buni chanoq son bo’g’imini nozik shakllanishiga olib keladi. Ota –onaga bolani yo’rgaklash va uni qo’lda ko’tarish bolani tana holatini fiziologik to’g’ri (M “holati) va ko’krak yoshidagi bolalarda oyoqlarni erkin harakatga to’sqinlik qilmaydigan holatlar tushuntiriladi.Sinish.

    1. Klinik manzarasi.

Bolalarda suyak to’qimasi kattalarnikidan farq qilib u juda nozik, singanda singan bo’lak to’liq ajralmaydi. To’liqsiz sinish 4 rasmda ko’rsatilgan

A. Plastik deformatsiya (plastik demormation). Suyak shakli o’zgaradi, lekin yoriqlar kuzatilmaydi.

B. “Yashil novda” tipida sinish (Grunstick Fracturr) Shoxcha ko’rinishida suyak sinishi, bir tomondan suyak qobig’ida yoriq bo’ladi, 2 tomon faqat bukiladi.

C: Bosilgan sinish (forus fracture) ezilgan ko’rinishdagi 2 tomonla naysimon sinish.



  1. Tug’ruq vaqtidagi sinishlar.

Tug’ruq vaqtida tashqi kuch ta’sirida kelib chiqadi. Asosan o’mrov, yelka, son suyaklari sinishi kuzatiladi. Agar palalich kuzatilmasa yaxshi natija bilan tugaydi.

  1. Qobiq usti sinishi.

Yelka suyagining periferik qismi sinishi asosan qo’l bilan yiqilganda kelib chiqadi. O’rta nerv bilan bilak qismidan o’tuvchi nervlarni paralichi ko’rinishidagi asoratlar bo’lishi mumkin. Davolash usuli tortish yoki operatsiya hisoblanadi.

  1. Tashqi qobiq sinishi.

Bilakning tashqi qismi sinishida ko’p hollarda jarroxlik yo’li bilan davolanadi. Agar operatsiya qilinmasa suyak sniqlari o’smaydi va psevdoartroz kuzatiladi va natijada bir necha yil bilan nervi falaji kelib chiqishi mumkin.

(4) Son suyagi tanasi (diafiz) sinishi, son suyagi pastki oxirini sinishi.

Avtohalokat yoki yiqilganda tashqi kuch ta’sirida kelib chiqadi.

(2) Davolash.

Bolalarda sinishlar asosiy davolash usuli bo’lib konservativ davolash hisoblanadi. Sezilarsiz yorilishlar va suyak deformasiyasida gips qo’yiladi. Aniq yorilganda tortish o’tkaziladi. Qobiq usti sinishlarida qon aylanishi buzilishi va nerv falajlari kuzatiladi. Bu hollarda jarroxlik operatsiyasi qilinadi.

5-6 rasm. Transiya ko’rinishlari.

(3) Gips boylami qo’yishdan oldin hamshiralik parvarishi.

(1) Gips qo’yishdan oldin hamshiralik parvarishi. Gips qo’yishdan oldin albatta bolaga u tushunadigan so’zlarda tushuntiriladi, uning bezovta bo’lmasligi va muolaja o’tkazilishidan qo’rqmasligi tushuntiriladi. Ko’krak yoshidagi bolalarda muolaja ko’rinishini mulyaj yordamida tushuntirish mumkin.

(2) Gips qo’yish vaqtida hamshiralik parvarishi. Bolani yig’latmaslik va uni fiziologik to’g’ri holatini hisobga olishda yordam beriladi. Gips qo’yilgan zaxoti shikastlangan sohani sal ko’tarib, barmoqlar uchlarida qon aylanishi buzilganda barmoqlar uchi sezilmasligi va natijada neyronlash kelib chiqishi mumkin. Shuningdek bola har doim ham og’riqqa shikoyat qilavermaydi, shuning uchun uning ahvoli kuzatib turiladi.

(3) Gips boylami qo’ygandan keyingi hamshiralik parvarishi.

a) Saqlangan gips boylami.

Bola gips boylam dokasini ochish yoki boylamini buzilishi ham mumkin. Shuning uchun boylam chetlarini leykoplaster bilan yopishtiriladi buning uchun boylamni quruqligini hisobga olinadi.

Gips boylami qo’yilgan joyiga qarab boylam axlat va siydik bilan ifloslanishi mumkin. Son sohasida sips boylam qo’yilganda sudnadan foydalanilganda ifloslanishni oldini olish uchun selofan yopib qo’yish kerak.

b) Ikkilamchi buzilishlarni oldini olish.

Gips boylam bosib turganda qon aylanishi buzilishini va nerv paralichi kelib chiqishi mumkin, shuning uchun doimo nazorat qilish kerak. Uzoq vaqt gips boylam qo’yilganda mushaklar atrofiyasi mushak kuchini kamayishi, bo’g’imlar kontrakturasi kelib chiqishi mumkin shuning uchun tananining boshqa qismlarida mashqlar faol o’tkazib turilishi kerak.

c) Kayfiyatni ko’tarish.

Gips boylam bilan karovotdan biroz ajratish va o’ynash mumkin. Bola kayfiyatini ko’tarishga harakat qilish, uni qo’lda ko’tarish, sayr qilish, aravachadan foydalanib sayr qilish mumkin.

(4) Gips boylamini olishda hamshiralik parvarishi.

Ko’p bolalar gips boylamini olguncha qo’lini kelib oladilar deb ko’taradilar. Bunda oldindan bolaga jarayon haqida tushuntirish kerak. Agar ota – onalar yonida bo’lsa ularga oldindan muolajani tushuntirish va undan keyin ular ham bolani tinchlantirib uni quvvatlab turadilar.

(4) Tortishda bola va uning oilasida hamshiralik parvarishi.

Tortishda gips boylamdan farq qilib bola shikastlangan oyoq – qo’li bilan erkin harakat qilishi, extiyot bo’lmasa tortilgan holatni o’zgartirib yuborishi ham mumkin. Tortishda yukning og’irligi va yo’nalishiga, tortish burchagi o’zgargan, o’zgarmaganligiga, tana holati va shikastlangan oyoq yo’nalishi, fiksatsiya bo’shab ketmasligiga agar o’zgargan bo’lsa uni to’g’irlash kerak. Asosan bola qanchalik kichik bo’lsa u shunchalik og’riqdan shikoyat qiladi. Shuning uchun vaqti bilan takror elastik boylam qo’yib turiladi, to’g’ri fiziologik holati kuzatib boriladi. Bir palatadagi bolalarga tortish apparatiga tegishli mumkin emasligi va yuk bilan o’ynash mumkin emasligi tushuntiriladi.

(2) Ikkilamchi buzilishlarni oldini olish.

Tortish harakati chegaralaydi va yotoq rejimini talab qilgani sababli 2 lamchi buzilishlar paydo bo’lishi mumkin. Qon aylanishi buzilishlari bor yo’qligi, neyroparalichni kuzatib shifokor bilan ma’lumot almashgan holda tanani shikastlangan va sog’lom qismlarida mashqlar o’tkaziladi. Hamda ichaklar, buyraklar funksiyasini yaxshilash maqsadida ko’p miqdorda suyuqlik ichish, nafas funksiyasini yaxshilash uchun chuqur nafas ta’minlaydigan o’yinlar o’ylab topiladi. Og’riq va zo’riqish natijasida ko’p miqdorda energiya yo’qotilishi, bug’lanish kuzatiladi, hamda ter ajralishi va terida muammolar bo’lishi mumkin. Tortish sohasida, orqada, bo’yin va boshqa joylarda boylamni almashtirish bilan birga gigiyenik muolajalar o’tkaziladi.

(3) Yashash uchun qulay sharoit.

Odatda tortish moslamasi qo’yilgan bolalarda yotoq tartibiga bo’ysunishlari shart. Tortish jarayoni o’zi jismonan kam og’riqli bo’lsada gospitalizatsiya davri juda zerikarli va harakat chegaralanishi ruhiy siqilish chaqiradi. Kayfiyatni ko’tarish va o’yinlar o’ylab topish kerak bo’ladi. Zarur hollarda yordam ko’rsatiladi, lekin shunday sharoit yaratish kerakki tana qismi erkin harakat qila olsin, masalan oynadan foydalanishi yoki narsalarni qo’l yetadigan joyga qo’yish. Shuningdek fiziologik ajralmalar karavotda bajarilishi , iloji boricha katta maktab yoshidagi bolalarni palatalarga jinsiga qarab ajratish kerak. Sudnadan foydalanganda shirma yoki parda tartib turish mumkinligi ta’minlanishi kerak.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish