O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy viloyat kasb-hunar ta’lim xududiy boshqarmasi Navoiy tibbiyot kolleji



Download 1,06 Mb.
bet77/109
Sana30.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#159701
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   109
Bog'liq
2.Pediatriya maruza matn

Gelmentozlar

1) Askaridoz

(1) Qo’zg’atuvchisi.Infeksiyani yuqish yo’li.

Askarida nematodalarning asosiy ko’rinishi bo’lib,butun dunyoda keng tarqalgan.Xo’jayinga nisbatan yuqori spetsifiklikka ega va faqat odam organizmida jinsiy yetiladi.Yuqishi askarida tuxumi tutgan sabzavotlarni yeyish orqali kelib chiqadi.Yetuk askaridalar ingichka ichakda parazitlik qilib,kuniga 200-300 mingtagacha urug’langan tuxumlarini quyadi.Parazit tuxumi ichak traktida yoriladi va kichik qon aylanish doirasi orqali o’tib ingichka ichakda rivojlanadi.

(2) Belgilari

Belgilar kuzatilmaydigan hollar ham uchraydi,lekin organizmda parazit lichinkasining harakatlanishi tufayli tranzitor pnevmoniya kuzatiladi.Yetuk askaridalar bo’lishida oshqozon ichak traktidagi o’zgarishlar: qorinning yuqori sohasida og’riq va ishtahaning pasayishi kuzatiladi.bundan tashqari toshma toshishi,asab qo’zg’aluvchanligi va boshqa belgilar kuzatiladi.

(3) Tashhisi va davolash

Tahhisi najas tahlili yordamida qo’yiladi.Davolashda gelmentga qarshi preparatlarni qo’llash samarali hisoblanadi.Xom sabzavotlarni oqib turgan suvda yuvish,ovqatdan oldin qo’llarni yuvish kerakligini tushuntiriladi.

2) Enterobioz

(1) Qo’zg’atuvchisi.Infeksiyaning yuqish yo’li

Ostritsa- ip ko’rinishidagi kichik nematodalar bo’lib,yo’g’on ichakning proksimal bo’limida yashaydi va kechasi uyqu vaqtida tuxum quyadi.Og’iz orqali yuqadi.

(2) Belgilari

Parazit lichinkasi ichak shilliq qavatiga kiradi va qorin sohasida og’riq va ovqat hazm qilishning buzilishi bilan kechadi.Tuxum qo’yish vaqtida anal teshigi atrofida qichishish kuzatiladi natijada uyqu buzilishi, tirnash oqibatida teri shikastlanishi va ekzemalarga olib keladi.

(3) Tashhisi va davolash

Tashhis perianal sohaga yopishqoq skotch yopishtirib qirma olishusuli yoki kechasi parazitning tashqariga chiqishini hisobga olib qo’yiladi.Davolash uchun gelmentga qarshi preparatlar qo’llaniladi.

Hamshiralik parvarishi va profilaktikasi

Parazit lichinkasi yuqori haroratga va quritishga chidamsiz,shuning uchun quyosh nurida to’shaklar yoyiladi va ichki kiyimlar tozaligiga rioya qilinadi hamda qo’llarni yuvib yurish tayinlanadi.

3) Ankilostomoz

(1) Qo’zg’atuvchisi.Infeksiyani yuqish yo’li

Ankilostoma-ip o’lchamidagi parazit bo’lib,peroral yo’l bilan (qiyshiq bosh) va teri orqali (nekator) yuqadi.Yetuk parazitlar ichak shilliq qavatiga yopishadi , biologik suyuqlik va qon bilan oziqlanadi.

(2) Belgilari

Parazit lichinkasi teriga kirib dermatit chaqiradi.Yetuk ankilostomalarni parazitar faoliyati davrida anemiya va ovqat hazm qilish traktida buzilish belgilari kuzatiladi.

(3) Tashhisi va davolash

Tashhisi qon tahlilida eozinofillar bo’lishini aniqlash va najasda parazit lichinkalari topilishiga asoslanadi.davolash maqsadida Piranatel-pamoat ishlatiladi va parazitni yo’qotgandan keyin anemiyani davolanadi.

(4) Tenioz

(1) Qo’zg’atuvchisi.Infeksiyani yuqish yo’li

Tsestodalar (lentasimon chuvalchanglar)-tasma ko’rinishidagi parazitlar,xo’jayinga nisbatan kuchsiz spetsifik va oxirgi xo’jayini odamdan boshqa hayvonlar ham hisoblanadi.

4.Keng tasmachalar;yuqish yo’li: Forel,losos iste’mol qilish bo’lib,ular oraliq xo’jayin hisoblanadi.

5.Qurollangan (cho’chqa) zanjir: oraliq xo’jayini cho’chqa hisoblanadi.

6.Qurollanmagan (buqa) zanjir: oraliq xo’jayini buqa hisoblanadi.

(2) Belgilari

Umumiy belgilariga qorinda og’riq,ishtahaning kamayishi, ovqat hazm qilish trakti tomonidan o’zgarishlar:ko’ngil aynishi,va boshqalar,anemiya,ozib ketish kiradi.

(3) Davolash: gelmentga qarshi preparatlar: prazikvantel,,paramomitsin,bitinol va b.qo’llaniladi.

(4) Oldini olish: forel,losos,cho’chqa va mol go’shtini istemol qilmaslik

Pilorostenoz.

Oshqozon bo’yni mushagining qalinlashishi bo’lib,ko’krak sutini qusish bilan kuzatiladi,tug’ilgandan keyin 3- haftalarda boshlanadi.Ko’pincha o’g’il bolalarda 4:1 nisbatda uchraydi.Sababi hozirgacha aniqlanmagan.

1) Simptomlari

Tug’ilgandan keyin 3-haftalarda o’t suyuqliksiz, tez-tez fontansimon qusish bilan boshlanadi.Agar bu reflyuks ezofagit bilan birga kechsa qusuq qonli bo’ladi.Oshqozon sohasida shish va oshqozon peristaltikasining oshishi kuzatiladi.Agar qusish davom etaversa vazn qo’shilishi kamayishi yoki vaznning kamayishi, natijada oziq moddalar miqdorining etishmasligi kelib chiqadi.Oshqozon shirasi miqdorining ko’p miqdorda yo’qotilishi natijasida organizmda xlor tarkibi kamayadi va alkoloz kelib chiqadi.

2) Tashhisoti

Oshqozon bo’yni sohasi palpatsiyasida zaytun kattaligidagi nay o’smasimon hosila qo’lga unnaydi.Qorin rentgenogrammasida oshqozon kattalashishi va uning ostida ichaklarda gazlar kamayishi ko’rinadi.Agar oshqozon ultratovush tekshiruvida oshqozon bo’yni (privratnik) mushaklarining uzayishi va qalinlashuvi va oshqozon funksiyasining buzilishi aniqlanadi va tashhis birdan qo’yiladi.

3) Davolash

Alkolozni va suvsizlanishni bartaraf qilish uchun organizmga suyuqliklar yuboriladi,oshqozon shilliq qavati osti, mushaklarini kesib operatsiya qilinadi.(Ramshted operatsiyasi).Operatsiyadan keyin dastlab ko’krak suti bilan boqish mumkin.Erta bosqich belgilari paydo bo’lganda atropin sulfat vena ichiga yuboriladi.Operatsiyadan farq qilib,davolash uzoq vaqt va effektsiz bo’lishi mumkin.

4) Parvarishlash

Natija ijobiy, lekin bu belgilar chaqaloqlarda kuzatilib, oiladagilar bolani davolash va tarbiyalashga ishonchini yo’qotadi,shuning uchun oila a’zolarini quvvatlab turish kerak.

(1) Operatsiyagacha parvarish

Operatsiyagacha bola tez-tez qusadi,shuning uchun organizmning qabul qilayotgan va yo’qotayotgan suyuqlik miqdori nazorat qilinadi,qusish to’xtatiladi va qusish vaqtida bemorga yordam beriladi.Oshqozonga zond kiritiladi,ovqat va suyuqlik qabul qilish to’xtatiladi.Qusishni to’xtatish uchun regulyar zond orqali so’rib olinadi ,qolgan vaqtda zond ochiq qoldiriladi.Yuboriladigan suyuqlik tarkibi suvsizlanish darajasiga va suv-elektrolit balansiga bog’liq,shuning uchun infusion terapiyani to’g’ri tashkil qilish lozim.Yuborilayotgan suyuqlik miqdorini yozib boriladi,zond orqali yuboriladigan va ajratilayotgan suyuqlik miqdori yozib boriladi.Shuningdek,organizmni suvsizlanishi,vazn kamayishi,qorinni dam bo’lishi hisobga olinadi.Bola tez injiqlanadigan,ovqat berilishi to’xtatilganidan yig’loqi bo’lib qoladi,shuning uchun bola stressini engillashtirish,ota-onasi o’z bolasi uchun ko’proq vaqt ajratishini talab qilish va qo’lda ko’proq olib yurishlarini so’rash kerak.

(2) Operatsiyadan keyin yordam

Operatsiyadan keyin,oddiy laparatomiyadan keyin kabi qorin bo’shlig’i va operatsiya yarasini diqqat bilan kuzatish kerak.Operatsiyadan keyin belgilar birdan yo’qolmaydi,bir necha kun qusish davom etadi.Qushishni to’xtatish,qusish vaqtida aspiratsiyani oldini olish kerak.Ovqatlantirishdan oldin havoni chiqazib yuborish,emizish vaqtida bolani qo’lda tik ushlash,bolani bezovtaligiga e’tibor berish va tez-tez havoni chiqazib turish kerak.Emizib bo’lgandan so’ng havoni shiqarib yuborish uchun bolani tik ushlash va aspiratsiyani oldini olish uchun boshini yonga qilish kerak.

(3) Oila a’zolariga yordam berish

Bola tug’ilganidan beri ko’p qusgani uchun oila a’zolari hayajonlanadi,ona bola tuzalishiga ishonchini yo’qotadi.Hammadan ham ona bolani emizishdan qo’rqadi.




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish