Qon va qon ishlab chiqaruvchi a’zolari kasallangan bolalarni hamshiralar parvarishi.
Anemiya- kamqonlik.
Kamqonlikga olib keluvchi sabablar quyidagi tablitsada berilgan.
1.
|
Eritrotsitlar hosil bulishining kamayib ketishi
|
a.
|
Suyak ko’migida qon ishlab chiqishining kamayib ketishi: 1) Aplastik (gipoplastik (giperegenerator) kamqonlik va trombotsitlar hosil bo’lishi ham kamayib ketadi), chin eritrotsitlar aplaziyasi (faqatgina eritrotsitlar hosil bo’lishi kamayib ketadi).
b) Gemoglabin sintezi buzilishi: Temir tanqisligi kamqonligi.
|
2.
|
Eritrositlar buzilishining tezlashishi. (gemoliz)
Eritrositlarning o’zini buzilishi : sferatsitoz va boshqalar.
Eritrositlarga bog’liq bo’lmagan buzlishlar (autoimmum, gemolitik kamqonlik va boshqalar)
|
3.
|
Qon yo’qotish (qon ketishi oqibatida kelib chiqadigan kamqonlik)
Asiderotik kamqonlik (temir yetishmovchiligi) bolalar davrida eng ko’p uchraydigan kamqonlik. Bu kamqonlik gemoglabin sintezining buzilishi natijasida kelib chiqadi. Ko’krak yoshidagi bolalarda temirning ovqat bilan kirishi kamligi uchun ko’krak yoshidan katta bolalarda temirning ovqat bilan kishiri tezlashib, o’sishi ham tezlashib kamqonlik ham kuchayadi.
Davolash. Dietoterapiya o’tkaziladi va temir preparatlarini tvsiya qilinadi. Ko’krak yoshidagi bolalarni qo’shimcha ovqatlarni berishni to’g’ri olib boorish tushuntiriladi. Temirni organizmga o’tishi uchun hayvon go’shtlaridan yaxshiroq bo’lganligi uchun bolalarga ko’proq baliq, mol go’shti, qoy go’shti, jigarlari tavsiya qilinadi. Temir vositalarini organizmga yuborganda bola organizmida (qonida ) retikulosidlar (bir hafta mobaynida) oshib , gemoglabinning oshishi kuzatiladi. Kamqonlik biroz tiklanganda temir vositalarini to’xtatib qoyish kerak emas. 3 oygacha temir preparatini berib turish kerak (feritin normaga kelguncha).
|
(2)
|
Aplastik anemiya.(gipoplastik {giporegenerator} anemiya.
Etiologiyasi: bu kasallik qon ishlab chiqaruv organlarda qon hujayralari ishdan chiqishi yoki suyak ko’migini qon ishla ishlab chiqaruvchi funksiyasi buzilganda yoki ko’payib ketganda kuzatiladi. Suyak ko’migi gipoplaziyasi va pansetopeniyasi asosiy rol o’ynaydi. Kasallikni 80% da etiologiyasi noaniq 10% ikklamchi va tug’ma etiologiyalari bo’ladi.
Simptomlari: kamqonlikni ko’p turlari borki, u ko’pincha qon ketganda, qon to’xtatishda yordam ko’rsatganda qiyinchilik tug’diradi. Bundan tashqari ma’lum miqdorda neytrofillarning kamayishi ham yengil infitsirlanishiga olib keladi.
Davolash: Yengil turlarida faqat kuzatuv orqali davolash mumkin. Og’ir formalarida immunodepressiv terapiya o’tkazish yoki suyak ko’migini boshqa a’zodan ko’chirib o’tkazish (perisadka) o’tkaziladi.
|
(3)
|
Kamqonlik bolalarga va ularni oilasiga hamshiralar parvarishi.
(1) Simptomlarni kuzatib boorish. Bolalarga o’zlaridagi holsizlik va shunga o’xshash simptomlarni tushuntirish qiyin bo’ladi. Meditsina hodimlari kamqonlik bilan og’rigan bolalarga juda diqqatli, e’tiborli bo’lishi talab qilinadi. Kamqonlik bilan og’rigan bemorlarda terisini yuz rangiga, kaftlariga, tirnoq ranglariga, qovoqning shilliq pardalariga va og’iz bo’shlig’iga diqqat bilan kuzatuv olib boriladi. Kamqolikda eng ko’p kuzatiladigan belgilardan teri rangining rangparligi kuzatiladi. Ba’zi hollarda bolalarda teri rangi sut rangidan (kremiviy) bo’ladi. Agar o’yinchoqlariga e’tiborsiz bo’lsa, kamquvvatlik belgilari borligidan dalolat beradi. Bolani ta’sirlanib (injiqligi) yig’lash holati, fikrlay olmasligi, bola o’yinga qiziqmay qolishi kamqonlikni belgilari hisoblanadi. Kamqonlik kasalligi bolalarda taxikardiya, ritm buzilishi, yurakning noaniq tez urishini, nafas olishning buzilishi, nafas olish qiyinlashishini chaqiradi. Hayotiy zarur ko’rsatkichlarini muntazam tekshirib borish kislorodga bo’lgan talabni ko’payib borishini (jismoniy harakatda) va bu holatni bemor tinch turgan holatda qanday bo’lishini va jismoniy harakatdan keyin qanday bo’lish kerakligini bilish lozim bo’ladi. Qon ketish ham anemiyaning sababi bo’lishi mumkin. Gemorragik toshmalarni, qon ketgan joylarni (ovqat hazm qilish a’zolarini, siydikni yoki axlat bilan kelgan qonni) muntazam tekshirib borish zarur.
|
(3). Kasallik simptomlarini ogirligini aniklash uchun qon tahlillarini (eritrotsitlar ko’rsatkichi va gemoglobin, gemotakrit ko’rsatkichlari)ni o’tkazib,tekshirib turish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |