Ovqat hazm qilish a’zolarining anatomo- fiziologik xususiyatlari
1) Morfologik xususiyatlari
(1) Jigar
Jigar og’irligi to’g’ilishdan oldin 100-150 gr, to’g’ilgandan keyin 130-170 gr, bir yoshda 350-400 gr, besh yoshda 550-620 gr, o’n yoshda 700-800 gr, kattalarda 1500-1800 gr bo’ladi. Ko’krak va maktabgacha yoshdagi bolalarda jigar normada o’rta o’mrov chizig’i bo’ylab qovurg’a osti yoyida palpatsiyalanadi.
(2) Oshqozon
Oshqozon hajmi chaqaloqlarda 50 ml, uch oylikda 140-170ml, bir yoshda 750-850ml, kattalarda 3000ml ni tashkil qiladi. Homilada oshqozon chap qovurg’a ostida jigar orqasida joylashadi. Chaqaloqlik davrida u bukiladi va ko’krak yoshining to’rtinchi oyida va maktabgacha yoshda gorizontal holatni oladi. 10-12 yoshdagina kattalarnikidek shakl va holatni egallaydi. To’g’ilgandan so’ng bir necha oygacha kardiya sfinkteri to’liq rivojlanmaganligi sababli ko’krak yoshidagi bolalarda regurgitatsiya va sutni qayt qilish kuzatiladi.
(3) Ichak
Kattalarda ichak uzunligi tana uzunligidan 4-5 marta uzun, chaqaloqlik davrida 7 marta , ko’krak yoshida 6 marta uzun bo’ladi. Yosh qanchalik kichik bo’lsa, ichak shunchalik uzun bo’ladi. Agar yo’g’on va ingichka ichakni taqqoslansa, bu ko’rsatkich kattalarda 1:4, chaqaloqlik davrida 1:5 nisbatda bo’ladi.
1) Funksional xususiyatlari
(1) Ovqat qabul qilish
Tug’ilgandan so’ng bola ikki oygacha ko’krakni instink ravishda so’radi, lekin keyinchalik tez – tez ko’krak bilan boqishning takrorlanishidan bola sutning iliqligini va hidini his qila boshlaydi va unda och qolish hissi rivojlanadi. Uch oylik bo’lgandayoq ona ko’kragini so’rish bola ixtiyoriga ko’ra o’z-o’zidan paydo bo’ladi. Til bilan itarish bolaga og’iz bo’shlig’idan barcha qattiq jismlarni chiqarib tashlashga yordam beradi. Lekin to’rt oylikda bu reaksiya yo’qoladi, shining uchun to’rt oylikdan so’ng bolaga qattiq narsalar bermaslik kerak.
(2) Hazm qilish shirasi
Tug’ilgandan so’ng so’lak bezlari to’liq ishlaydi va og’iz bo’shlig’I ko’krakni so’rish natijasida ta’sirlanib reflektor so’lak ajraladi. Sutkasiga ajraladigan so’lak 50-150ml ni tashkil qiladi va bu kattalarnikiga nisbatan 1-1.5 marta kam, lekin tug’ilgandan so’ng ikkinchi yilning oxirida hazm qilish xususiyati kattalarniki bilan bir xil bo’ladi. Yoshga qarab oshqozon shirasi ajralishi oshib boradi. Bir yoshda shira ajralishi ta’m, hid va boshqa retseptorlarning ta’sirlanish darajasiga bog’liq holda sodir bo’ladi. Kokrak yoshidagi bolalarning oshqozon shirasi ferment va kislotaligi kattalarnikiga nisbatan kam,bu yog’larni parchalash xususiyati pastligi bilan namoyon bo’ladi. Ko’krak yoshidagi bolalarda ichak shirasining ajralishi kattalarinikiga nisbatan kam.
(3) Oshqozon ichak trakti aktivligi
Ko’krak yoshida oshqozon peristaltikasi kuchsiz va ichakdan ovqat butun oshqozonning to’liq qisqarishi yo’li bilan ichakka yo’naltiriladi. Oshqozon orqali ovqatning o’tish vaqti : agar ovqat suyuq bo’lsa, pylorus orqali o’tish 1-5 minutni talab qiladi. Sutning oshqozondan ichakka o’tishi uchun agar bu ona suti bo’lsa, 2-3 soat agar sigir suti bo’lsa, 3-4 soatni talab qiladi.
(4) Oshqozon ichak traktining so’rish xususiyati
Amilaza – bu kraxmal va boshqa uglevodlarni parchalaydigan ferment. To’g’ilgandan so’ng o’n ikki barmoq ichakda amilaza aktivligi juda past yoki umuman bo’lmaydi lekin yuqori tezlikda oshib boradi. Natijada chaqaloqqa kraxmal kabi polisaxaridlar berilsa, ular baribir parchalanmaydi. Oqsillarni parhalaydigan pepsin fermenti gestatsion yoshli 34- haftasidan ajrala boshlaydi. To’g’ilgandan so’ng sekretsiya darajasi past bo’lsa ham to’g’ilgandan so’ng tezda 4 martagacha oshib boradi.
Pankreatik lipaza yog’larni parchalaydigan ferment bo’lib, uning miqdori oyma oy oshib boradi va ikki – uch yoshda kattalarniki darajasiga yetadi. Ko’krak yoshida to’yinmagan yog’ kislotalari, to’yingan yog’ kislotalaridan ko’ra yaxshiroq so’riladi. Ona sutidagi yog’larning 80-90% gacha, sigir sutidagi yog’larning 70% gacha so’riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |