O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy viloyat kasb-hunar ta’lim xududiy boshqarmasi Navoiy tibbiyot kolleji


Mavzu: Gudak va kichik eshdagi bolalar kasalliklarida hamshiralik parvarishini



Download 1,06 Mb.
bet59/109
Sana30.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#159701
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   109
Bog'liq
2.Pediatriya maruza matn

2.Mavzu: Gudak va kichik eshdagi bolalar kasalliklarida hamshiralik parvarishini
Dars rejasi

Raxit kasalligida bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishini

Spazmofiliyada bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishini

Konstitutsiya anomaliyalarida bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishini



Raxit.Ta’rifi.

Raxit - bu vitamin D etishmovchiligi natijasida suyaklarni mineralizatsiyasi va suyak xosil bo‘lishi jarayoni buzilishi, fosfor – kaliyli almashinuv sustlashishi natijasida paydo bo‘ladigan erta yoshdagi bolalar kasalligidir.

Etiologiyasi.

Vitamin D ning ultrafiolet nurlar ta’siri ostida terida xosil bo‘lishining buzilishi yoki uni ovqat bilan organizmga etarli miqdorda tushmasligi natijasida paydo bo‘ladigan gipovitaminoz D, raxit kasalligini rivojlantiruvchi asosiy omil xisoblanadi.

Raxit paydo bo‘lishida moyillik tug‘diruvchi omillarga quydagilar kiradi: onaning surunkali kasalliklari, xomiladorlikni asoratli kechuvi, chala tug‘ilganlik, ko‘p xomilalik, sun’iy ovqatlantirish, bola kasalliklari, gigienik tartibga rioya qilmaslik, yomon qoniqarsiz uy sharoiti, noxush ob – xavo omillari, chiqindilar bilan xavoning ifloslanishi, radionuklidlar bilan ifloslangan xududda yashash.

Patogenez:

Kasallikni rivojlanishida asosan vitamin D regulyasiya qiladigan fosfor – kalsiy almashinuvining buzilishi katta axamiyatga egadir.

Viamin D etishmovchiligida kalsiyni ichak devoridan o‘tishini ta’minlaydigan, oqsilni bog‘laydigan kalsiy sintezi kamayadi, natijada qonda kalsiy miqdori kamayadi.

Klinik manzara:

I. Daraja (engil) asab tizimining funksional buzilishlari fonida suyak xosil bo‘lishini minimal sustlashishi bilan farqlanadi.

II. Daraja (o‘rta og‘ir) suyak sistemasidagi yaqqol o‘zgarishlar bilan kechadi. Suyak deformatsiyalari skeletning ikki yoki uch bo‘g‘imida aniqlanadi (chanoq, ko‘krak qafasi, oyoq – qo‘llar). Peshona va ensa bo‘rtmalari, raxitik “tasbex; raxitik “bilak uzuk” (tizza va suyaklari epifizining yo‘g‘onlashuvi), barmoq falangalarida “marjon tizimchasi” shakllanadi. qovurg‘alar yumshoq , egiluvchan bo‘lib qoladi, ko‘krak qafasi deformatsiyalanadi, o‘mrov qiyshiqligi kuchayadi.

III. Daraja: (og‘ir) suyak tizimida keskin, yaqqol o‘zgarish namoyon bo‘ladi. CHanoq asosi suyaklari, kiyshayib natijada “olimpik peshona” paydo bo‘ladi. Ko‘krak qafasining old qismi to‘sh bilan oldinga “tovuq ko‘kragi” ko‘rinishida bo‘rtib chiqadi yoki ichiga kirib ketib “etikdo‘z” ko‘kragini xosil qiladi.

O‘tkir, o‘tkir osti va residivlanuvchi raxit kechuvi farqlanadi.

O‘tkir kechuvi ko‘pincha chala tug‘ilgan bolalarda va bola xayotining birinchi yarim yilligida kuzatiladi va u qonning bioximik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, suyak to‘qimasidagi osteomalyasiya (yumshashi ) jarayoni bilan kechadigan suyak, asab va boshqa tizimlar tomonidan tez ortib ( ko‘payib) boruvchi simptomlar (belgilar) bilan namoyon bo‘ladi.

o‘tkir osti kechuvi kasallikning sekin rivojlanishi va osteoid to‘qimasining giperplaziya simptomlari bilan farqlanadi. O‘tkir osti kesuvchi ko‘pincha 6 oylikdan oshgan bolalarda vitamin D ni etarli profilaktik dozasi berilmaganda kuzatiladi.

Qaytalama kechuvchi jarayonning o‘tkirlashuvi va yaxshilanish davrlari bilan almashinib turishi bilan farqlanadi. Bolaning kasallanishi, davolashni vaqtidan oldin to‘xtatilishi, noratsional ovqatlanish, bolaning toza xavoda etarlicha bo‘lmasligi qaytalanishiga sabab bo‘ladi.

Laborator taxlil:

Qon zardobida (normada 2,37-2,62 mmol/l) kalsiy va (normada 1,45-1,77 mmol/l) fosfor miqdori kamayadi. Kalsiy va fosfor nisbati buziladi (normada 2:1) ishqoriy fosfataza aktivligi oshadi, atsidoz aniqlanadi.

Davolash:

Kasallikni davolash kompleks, bola organizmda almashinuv jarayonlarini me’yorlashga va uni rezistenligini oshishiga qaratilgan nospetsifik chora tadbirlar asosida o‘tkaziladi.

Raxitni spetsefik davolashda vitamin D qo‘llaniladi. Vitamin D sutkasiga 2000 – 5000 TB dan 30-45 kun mobaynida ichish tayinlanadi. Terapevtik ta’sirga erishilgandan keyin vitamin D ning davolovchi dozasini profilaktik dozaga almashtiriladi (400 – 500 TB) va bu dozani bola xayotining dastlabki 2 yili mobaynida xar kuni va 3 yili qishki davrda qabul qiladi. Raxitni davolashda vitamin D3 ning aktiv metobolitlari kalsfediol yoki kalsitrol bilan 3-4 xafta mobaynida kuniga 10 mkg va 1 mkg dozasi bilan o‘tkazish mumkin, so‘ngra vitamin D ning profilaktik dozasiga o‘tkaziladi.

Vitamin D preparatlari bilan davolashni Sulkovich sinamasi nazorati ostida o‘tkazish lozim (siydikni kalsiuriyaga tekshirish).

xamshiralik parvarishi:

1) xomiladorlar parvarishi: spetsefik va nospetsifik chora – tadbirlaridan tashkil topgan va antinatal va postnatalga bo‘linadi.

Antenatal nospesifik profilaktikaga kiradi:

(1) xomilador ayol kuniga kamida 2 – 4 soat mobaynida toza xavoda bo‘lishi bilan kun tartibiga rioya qilish.

(2) To‘la qiymatli oqsillar, mikro va makroelementlar, etarli miqdorda vitaminlar bilan ratsional ovqatlanish ( 1 kunlik ovqat ratsioni quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: go‘sht 180-200 g, baliq 100 g, tvorog 150g, sыr 30 g, sut 0,5 l).

3) Gestozlar va xomiladorlikni ko‘tara olmaslikni oldini olish.

(3) Spetsefik profilaktikada polivitamin preparat gendevitni kuniga 1-2 drajedan tayinlash ko‘zda tutiladi. (1 draje tarkibida 250 TB vitamin D bor)

Bola parvarishi: postnatal nospetsifik profilaktika bola xayotining dastlabki kunlaridan boshlanishi kerak va quydagilarni o‘z ichiga oladi:

(1) Bolani to‘g‘ri parvarishlash

(2) Emizikli ayolni ratsional ovqatlanishi xar kuni polivitamin preparatlarni qabul qilish bilan birga.

(3) Ko‘krak bilan boqishni saqlab qolishni

(4) Ovqat va qo‘shimcha ovqatni o‘z vaqtida korreksiyalashni

(5) qisman, ko‘krak va sun’iy ovqatlantirishni to‘g‘ri tashkillashtirishni

(6) chiniqtiruvchi muolajalarni o‘tkazishni(badan tarbiya, uqalash) va faol xarakatlanish tartibiga rioya qilishni.

Gipervitaminoz D – bu a’zo va to‘qimalarda toksik o‘zgarishlar va giperkalsiemiya bilan asoslangan, organizm intoksikatsiya natijasida paydo bo‘ladigan patologik xolatdir. Vitamin D ni dozasi oshib ketganda yoki vitamin D ga sezuvchanlik individual oshib ketishi natijasida gipervitaminoz paydo bo‘ladi.

Patogenez:

Gipervitaminoz D da kalsiyni ichakda so‘rilishi oshib ketadi va giperkalsiemiya rivojlanadi, natijada trubasimon suyaklarni o‘sish zonasida, buyrakda, tomir devorida, miokardda, o‘pkada va boshqa a’zolarda kalsiy tuzlari to‘planadi va bu qaytarib bo‘lmaydigan kalsinozga olib keladi.

Klinik manzarasi:

Vitamin D bilan zaxarlanishni o‘tkir va surunkali turi farqlanadi.

O‘tkir zaxarlanish qisqa vaqt ichida (2-10 xafta) katta miqdorda vitamin Dni qabul qilishda rivojlanadi. Ichak toksikozi va neyrotoksikozi kasallikning asosiy belgisidir.

Surunkali zaxarlanish vitamin D preparatini uzoq vaqt mobaynida (6 oydan ortiq) uncha katta bo‘lmagan miqdorda qabul qilish natijasida paydo bo‘ladi. Kasallikni klinik manzarasi nisbatan namoyon bo‘lgan zaxarlanish bilan farqlanadi.

Laborator taxlil:

Qonni biologik tekshiruvida giperkalsiemiya va giperkalsiuriya sekinlashadi. Sulkovich sinamasi yordamida xam qonda katta miqdorda kalsiy borligini aniqlash mumkin.

Davolash:

Vitamin D yuborishni zudlik bilan to‘xtatish va bemorni gospitalizatsiya qilish. Zaxarlanish belgilarini yo‘qotish, a’zolarni faoliyatini tiklash, minerallar almashinuvini va organizmdan kalsiy chiqarilishini yaxshilash davolashning asosiy maqsadidir.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish