Mavzu: 6.Muddati etmay tugilgan chaqaloqlarga xamshiralik parvarishi
Dars rejasi
muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarning ta’rifini;
muddatiga etmaslik darajalarini;
muddatiga etmay tug‘ilish sabablarini;
muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarga tibbiy yordamni tashkil etishni;
muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarning jismoniy va psixomotor rivojlanish xususiyatlarini.
Muddatiga etmay tug‘ilgan bolalar xolatini baxolash va ularni o‘ziga xos xususiyatlari.
Muddatiga etmay tug‘ilgan bola deganda shunday go‘dak bolaga aytiladiki, u rivojlanish va etilish darajasini oxiriga etmasdan tug‘iladi, natijada tashqi dunyo muxitiga moslasholmaydi. chala tug‘ilgan bola parvarishida uning etilish darajasi katta axamiyatga ega, shuning uchun uning etuklik darajasini baxolash kerak. Tug‘ilgandagi tana vazni va gestatsion yosh etilish darajasini ko‘rsatkichlari bo‘lsada, lekin bular etarli emas.
1). Tug‘ilgandagi tana vazni klasifikatsiyasi.
2500gr dan kam tug‘ilgan bola, “kam tana vazni bilan tug‘ilgan bola” xisoblanadi. “chala tug‘ilgan bola tushunchasi bilan, kam tana vazni bilan tug‘ilgan bola” tushunchasi bir xil ma’noni bergan, xozirda esa bu tushunchalar farqlanadi.
(1). Kam tana vazni bilan tug‘ilgan bola .
2500 dan kam vazn bilan tug‘ilgan bola, kam tana vazni bilan tug‘ilgan bola xisoblanadi.
(2). Juda kam tana vazni bilan tug‘ilgan bola.
Tana vazni 1500 gr dan kam tug‘ilgan bola xisoblanadi. 1500gr atrofida tug‘ilgan bolada faqatgina o‘lim emas balki butun organizim ustidan nazorat buziladi, ayniqsa nafas, qon aylanish va moddaalmashinuvi. Avvallari juda kichik chala tug‘ilgan bola xisoblangan.
(3). xaddan ziyot kam tana vazni bilan chala tug‘ilgan bola.
1000gr dan kam tana vazni bilan tug‘ilgan bola. Faqatgina oqibati bilan emas, balki chalalik bilan bog‘liq bo‘lgan anomal patofizologiya bilan xam farqlanadi. Avvallari xaddan ziyod chala tug‘ilgan bola deyilgan.
2). Gestatsiya yoshi bo‘yicha klasifikatsiyasi.
(1). chala tug‘ilgan bola.
37 xaftalikkacha tug‘ilgan bola.
(2). Normal tug‘ilgan bola.
37 xaftalikdan 42 xaftalikacha tug‘ilgan bola.
(3). Mudatidan o‘tgan bola.
42 xaftalikdan keyin tug‘ilgan bola.
3).Etuklik darajasini baxolash (tug‘ilgandagi tana vazni gestatsion yosh bo‘yicha klasifikatsiyasi).
Agar normal bola bilan chala tug‘ilgan bolaning tana vazni bir xil bo‘lsa xam, ulardagi xavf faktorlari farqlanadi. shuningdek bir xil gestatsiya yoshidagi turli xil tana vazinlarida xavf faktorlari bir – biridan farqlanadi. shuning uchun gestatsiya yoshi va tug‘ilgandagi 4 ta guruppaga bo‘linadi.
(1). Bola berilgan ko‘rsatgichlarga mos.
Bolani tug‘ilgandagi tana vazni gestatsion yoshiga mos.
(2). Bola ko‘rsatgichlarga nisbatan engil.
Bolani tana vazni shu gestatsion yoshdagi 10x ga kam.
(3). Bola ko‘rsatgichlarga nisbatan kichik.
Nafaqat tana vazni balki bola bo‘yi xam shu gestatsion yoshdagi 10x ga kam.
(4). Bola ko‘rsatgichlarga nisbatan og‘ir.
Bolani tana vazni shu gestatsiya yoshidan 90x ga ko‘p.
chala tug‘ilish sabablari.
Bolani kam vazn bilan tug‘ilishiga sabab, mudatidan avvalgi tug‘ruq va xomilagacha gipotrafiyasi xisoblanadi, ularning sabablari turlichadir.
1). xomila tomonidan kelib chiquvchi sabablar.
xomilagacha infeksiyasi (sitomegalovirus, toksoplazmoz, va x/k), tug‘ma anomaniyalar, xromasoma aberratsiyalari.
2). Ona tomonidan kelib chiquvchi sabablar.
Preparatlarni qabul qilish(ichkilik, narkotiklar, chekish), etarlicha ovqatlanmaslik va semirish, surunkali kasallikllar (buyrak,yurak va x/k). gestatsion qandli diabed, gipertoniya, ona organizimini infeksiyalanishi (zotiljam, infiluensiya, oddiy gerpes va x/k).
3)Bachadon va yo‘ldosh bilan bog‘liq sabablar.
Yo‘ldoshni noto‘g‘ri joylashuvi, xomila pufagining mudatidan avval yorilishi, yo‘ldosh etishmovchiligi, suvning ko‘pligi, servikal etishmovchilik, bachadonning o‘zgarishi.
Muddatiga etmay tug‘ilgan bolalar anatomo – fiziologik xususiyatlari.
1). Termoregulatsiya.
Tana yuzasining kattaligi va termoregulyatsiyani etarlicha rivojlanmasligi natijasida, tashqi muxit ta’sirida, bola tanasi xarorati osongina tushib ketadi yoki ko‘tariladi. Bundan tashqari teri ajratish faoliyatini etarlicha rivojlanmasligi natijasida, teri ajralishi etarlicha bo‘lmaydi va tana xarorati ko‘tarilib ketadi.
2). Nafas.
Gestatsiya yoshining 22 chi xaftasigacha to‘qima va kapilyarlar etarlicha shakllanmagan, shuning uchun xomila o‘pkasi gaz almashinuvini etarlicha amalcha oshirish xolatida bo‘lmaydi. Gestasiya yoshining 22 chi – 24 chi xaftasidan boshlab xujayralarning shakllanadi, lekin surfaktant ishlab chiqarishning etishmasligi natijasida apnoe kelib chiqish mumkin.
3) Ovqat xazm bo‘lish.
Hazm qilish faoliyatini etarlicha rivojlanmasligi va xazm qilish qilish komponentlarini miqdorini kamligi natijasida, doimo regulyar ravishda uglevodlar, aminokislotalar va vitaminlar, boshqa ovqat komponentlari bilan bolani o‘sishi va rivojlanishi, shuningdek suv elektrolit bolasini etarlicha ta’minlash maqsadida etkazib berish kerak. So‘rish va yutish reflekslari gestasiya yoshining 33-34 chi xaftasidan rivojlanadi, shuning uchun bolani ovqatlantirayotganda aspiratsiyani oldini olish kerak.
4) Immunitet.
Onadan immunitet tanachalari bolaga xomiladorlikning oxirgi bosqichlarida, yo‘ldosh orqali xomilaga o‘tadi, shuning uchun chala tug‘ilgan chaqaloqlarda qondagi immunologlobulin miqdori kam, shuningdek mustaqil ravishda anti tanachalar ishlab chiqarish kam, bundan tashqari leykotsitlar xemotaksisi darajasi va fagositozi xam sust, bu esa bola axvolining yomonlashishiga va infeksiya yuqishga olib keladi. Teri shox qavatining etarlicha rivojlanmasligi natijasida terining ximoya qilish funksiyasi yaxshi faoliyat ko‘rsatmaydi.
5) Jigar faoliyati.
Jigar faoliyatining etarli emasligi natijasida bog‘lanmagan bilirubinni bog‘lagan bilirubinga o‘tishi va uni organizmdan chiqib ketishi pasaygan, bu bilirubinni to‘planishiga va giperbilirubinemiya rivojlanishiga olib keladi. Dori preparatlarini metabolizmi ham kam va asoratlar kelib chiqishi oson.
6) Buyraklar faoliyati.
Koptokchalar filtrasiyasi faoliyati, buyrak kanalchalari va bouyraklarda qon aylanishi juda sust, ularning etishmovchiligi kuzatiladi.
Siydikni konsistensiya qilish xususiyati kam, shuning uchu tezda suvsizlanish va uremiya rivojlanadi.
Muddatiga etmay tug‘ilgan bolalarni morfologik belgilari.
Kam bo‘y bilan chala tug‘ilgan bolalarda , boshlari tanasidan katta va kindigi kamroqda joylashgan. Terisi nozik, jelatinsimon, tarang, xech qanday burmalarsiz. Birlamchi sochlar ko‘p miqdorda teri osti yog‘ qavati etarlicha rivojlanmagan, ko‘krak va bosh suyaklari yumshoq. o‘g‘il bolalarda tuxumlar etarlicha pastga tushmagan, qizlarda esa katta jinsiy lablar tashqarigacha chiqib turadi.
Muddatiga etmay tug‘ilgan bolalar nevrologik belgilari normal tug‘ilgan bolalarda bukuvchi mushaklar aktivligi yuqori, bu esa oyoq – qo‘llarni bukilib turishiga sabab bo‘ladi. chala tug‘ilgan bollarda mushaklar tonusi past va oyoq – qo‘llar yarim bukilgan xolatda bo‘ladi. Mushaklar tonusini rivojlanishini pastdan boshga qaragan yo‘nalishida bo‘ladi. Gestatsiya yoshining 32 xaftasigacha bukuvchi mushaklar tonusi, yani oyoqlar tonusi ishga turadi va son bilan tizzani buklash mumkin bo‘ladi. Gestatsiya yoshining 36 chi xaftasidan oyoqlarni bukuvchi mushaklar faoliyati yaqqol bo‘ladi, bundan tashqari qo‘llar aktivligi kuzatiladi. chaqaloq qaysi gestatsiya yoshida bo‘lmasin, mushaklar tonusini simmetrikligi, chap va o‘ng tomon mustaqil harakatlarining mutanosibligi, bolaning sog‘lomligidan darak beradi. Tremor, ta’sirchanlik mushaklar atrofiyasi, mushaklar regidligi, talvasa va boshqalar nevrologik o‘zgarishlardan darak beradi.
Muddatiga etmay tug‘ilgan bolalarda chegara fiziologik xolatlari.
Tana aznini kamayishi.
Getsasiya yoshining 24-27 xaftasida xomila tana vazni kuniga 15-20 gr, xaftasiga 100-150 gr ga ko‘payadi. xar bir bola tug‘ilganidan so‘ng tana vaznini fiziologik miqdorda kamaytiriladi, natijada bola tana vazni tug‘ilgandagi tana vaznidan farq qiladi. 1500 –2000 gr tug‘ilgan bolalarda tana vazni 10-15x ga, 2000-2500 gr tug‘ilgan bolalarda 5-10x kamayadi. Tana vaznining kamayishi 4-6 kunga borib eng yuqori cho‘qqiga etadi.
Sariqlik.
qondagi bilirubin miqdori 5-7 ml/gl dan yuqori bo‘lsa kuzatiladi. chaqaloqlarni 2/3 qismida kuzatiladi, bu esa fiziologik polisitemiya, eritrositlarni qisqa muddat yashashi, bilirubin metabolizmini etarlicha rivojlanmasligi va organizmdan chiqib ketmasligi tufayli sodir bo‘ladi.
Markaziy nerv sistemasini faoliyatini buzilish xollari xam kuzatilishi mumkin, bilirubin konsentrasiyasini yuqoriligi xisobiga (bilirubin ensefalopatiyasi, kuchli sariqlik). Ba’zan sariqlikni kuchayishiga boshqa faktorlar xam ta’sir qilishi mumkin.
Bola tug‘ilganidan keyin 24 soatgacha paydo bo‘luvchi sariqlik (patologik xolat xisoblanadi, darxol chora – tadbirlar qo‘llash lozim. qon guruxlarining nomutanosibligi kasalliklari, tug‘ma anomaliyalar, infeksion kasalliklar.
Tug‘ilgandan 24 soat keyin 14 kungacha paydo bo‘lgan sariqlik. Fiziologik sariqlik, ona suti bilan bog‘liq sariqlik. Fiziologik sariqlik, ona suti bilan bog‘liq sariqlik, infeksion kasalliklar, gemolitik kasalliklar, polisitemiya xazm trakti o‘tkazuvchanligini buzilishi, nekrotik enterkolit, qon dimlanishlari, gematoma.
14 kundan keyin paydo bo‘lgan sariqlik ko‘krak suti bilan bog‘liq sariqlik, gigant xujayrali gepatit, bimear atreziya.
Do'stlaringiz bilan baham: |