O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy viloyat kasb-hunar ta’lim xududiy boshqarmasi Navoiy tibbiyot kolleji


Mavzu: Bolalarda sil kasalliklarining kechish xususiyatlari



Download 1,06 Mb.
bet14/109
Sana30.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#159701
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109
Bog'liq
2.Pediatriya maruza matn

Mavzu: Bolalarda sil kasalliklarining kechish xususiyatlari

Reja:

1. Sil kasalliklari haqida tushinish.

2. . Sil bilan kasallangan bolalarga va ularning oilalarida hamshiralik parvarishi.

3. Sil bilan kasallangan bolalarga va ularning oilalarida hamshiralik parvarishi.



Ma`ruza matni:

Sil .Kasallikni qo’zg’tuvchisi grammusbat aerob mikobakteriya-Kox sil tayoqchasidir. Sil bilan yuqori nafas yo’llari orqali zararlanadi, organizmning a’zolariga tushib qo’zg’atuvchi sil bilan shikastlanisni chaqiradi. Birlamchi infeksiya havo tomchi yo’li orqali kirib o’pkalarda infeksiya o’chog’ini hosil qiladi, regionar limfa bezlarida sil zararlanishi paydo bo’ladi. Bu etapda 80% birlamchi infeksiya o’chogi kalsifikasiyalanadi va kasallik rivojlanmashdan sog’ayish sodir bo’ladi.

Birlamchi infeksiyalanishni musbat Mantu sinamasi yordamida aniqlash mumkin. Lekin sil mikobakteriyasining gematogen va limfogen tarqalishidan o’pka sili va silli meningit

paydo bo’lishi mumkin. Infeksiyalangandan so’ng 1 yil davomida kasallik yuzaga chiqishi kuzatiladi, lekin 10 yoki 20 yildan so’ng kasallikni yuzaga chiqishi bo’lishi mumkin. Bemorlarni ko’pchilik qismini qarilik oldi yoshidagi odamlar tashkil qiladi, lekin bolalar va yoshlar o’rtasida ham bemorlar soni kam emas. Butun dunyoda SPID bilan kasallangan bemorlar uchun ko’pgina dorilarga barqaror silning rivojlanishi katta muammo hisoblanadi.

2) Davolash.Simptomatik davolash va silga qarshi preparatlarni qabul qilinishni o'z ichiga oluvchi kombinirlangan davolash o’tkaziladi. Bakteriyalar ajralganida shifoxonaga yotqizish zarur.

3) Profilaktikasi.

Bemorlardan infeksiyani tarqalishini oldini olish o’tkazilishi kerak va BSJ qo’llaniladi (Kalmet-Geren basillasi). Birlamchi infeksiya kuzatilsa, Mantu sinamasini o’tkazib, silga qarshi bo’lgan preparat izoniazid bilan profilaktik davo o’tkaziladi.

4) Hamshiralik parvarishi.

1. Zararlanishni oldini olish bo’yicha choralar.

Sil kasalligi bilan havo orqali zararlanganligi va u yuqori kontagiozlikka ega kasallik bo’lgani uchun guruxli zararlanish bo’lishi mumkin. Shunga yarasha kasallikni kelib chiqishini oldi olinishi, bolalarda kasallik kelib chiqqanligini erta aniqlash va o’z vaqtida davolash muxim. Ko’krak yoshidagi bolalarda BSJ vaksinasiyasini iloji boricha erta ko’krak yoshida o’tkazish kerak.

2. Kasalxonaga joylashtirilgan vaqtda hamshiralik parvarishi.

Kasalxonaning umumiy bo’limlarga joylashtirilganida, qattiq nazoratli aloxidalash, davolash o’tkaziladi va zotiljam kasalligiga o’xshash hamshiralik parvarishi olib boriladi. Mikobakteriyalarni ajralishi manfiy bo’lsa ham bemorni aloxidalash rejimi davom ettiriladi. Ammo ko’pgina bemorlarda jismoniy qayg’urish kuzatilmaydi, balki aloxidalash va tinchlik stress holatiga olib keladi. Kun tartibi tuziladi (har kungi mashg’ulotlar) va qisman jismoniy aktivlik, erkinlikka yo’l berish kerak.

3. Tiklanish davrida hamshiralik parvarishi.

Birinchi boshlang’ich davo tugagandan so’ng, agar bemorda bakteriya ajralishi kuzatilmasa, bemor kasalxonadan chiqariladi. Kasallik yuzaga chiqqandan so’ng ko’pchilik holatlarda 1 yilgacha va kasalxonadan chiqarilgandan so’ng dori ichishni davom ettirilishi kerak. Dorilarni to’g’ri ichishni tashkil qilish, salomotlik holatini doimiy tekshirish kasallikni erta aniqlash va qaytalanishini oldini olishga imkon beradi. Kasalxonadan chiqarilgandan so’ng doimiy ishlash va toliqishni oldini olishga ahamiyat berish muxim.




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish