Guruhiy birdamlik - shaxslararo aloqalarning guruh hayotiy
faoliyatining vorisiyligini va barqarorligini ta‘minlashga xizmat qiluvchi
mustahkamligi.
Guruh ishlab chiqarishi — yakka shaxs emas, kichik guruhlar
qatnashadigan ishlab chiqarish.
Guruhiy mutanosiblik - guruh hamjihatligining ijtimoiy-ruhiy
ko‗rsatgichi bo‗lib, unda guruh a‘zolarining o‗zaro nizolarsiz muomala
qilishi va muvofiqlik imkoniyatlari aks etadi.
Guruh me‘yorlari - har bir guruh joriy etgan amaldagi tartib-qoida va
talablar majmui bo‗lib, u guruh a‘zolari xatti-harakatlarini tashkil etishda,
ularning o‗zaro munosabatlari, harakatlari va muomalasida muhim axamiyat
kasb etadi.
Guruh tuzilmasi - o‗zaro faoliyat qatnashchilarining mustahkam
ravishda qaytadan vujudga kelishining tartiblangan tizimi.
Gurvich Georgiy Davidovich(1894-1965) – fransuz va rus sotsiologi,
faylasuf. Rossiya va G‗arbiy Yevropa oliy o‗quv yurtlarida tahsil ko‗rdi.
Petrograd, Tomsk, Praga un-tlarida dars berdi. Germaniyada ishladi, so‗ng
61
Fransiyaning Bordo, Strastburg un-tlarida kafedrani boshqardi, N.Gartman,
Sheler, Gusserl va boshqa fay.lar b-n hamkorlik qildi. Ikkinchi jahon urushi
yillari AQSHning Garvard va Kolumbiya un-tlarida dars berdi, Nyu-Yorkda
Fransuz sotsiologiya in-tining direktori bo‗ldi. Moreno, Sorokin, R.Patsid b-n
ilmiy muloqotda bo‗ldi. G. 1949 yildan umrining oxirigacha Sarbonnada
E.Dyurkgeym asos solgan sotsiologiya kafedrasini boshqardi, ―Sotsiologik
tadqiqotlar‖ markaziga, ―Bilish va axloq sotsiologiyasi‖ laboratoriyasiga,
―Sotsiologiya bo‗yicha xalqaro daftarlar‖ jurnaliga asos soldi. G.ning
mashhur asarlari: ―Hozirgi nemis fal.sining an‘analari: Gusserl, Sheler,
E.Losk, N.Gartman, Xaydegger‖ (1930), ―Fransiyada va AQSHda
sotsiometriya‖ (1950), ―Sotsiologiya bo‗yicha risola‖ (1-2 t. 1962),
―Sotsiologiya to‗g‗risida esse‖ (1938), ―Huquq sotsiologiyasi‖ (1942),
―Sotsial huquqlar deklaratsiyasi‖ (1944), ―Bilish sotsiologiyasini tadqiq
etishga kirish‖ (1948), ―Sotsial determinizm va inson erkinligi‖ (1955),
―K.Marks sotsiologiyasi‖ (1959), ―Prudon. Uning hayoti, uning ishi‖ (1965)
―Dialektika va sotsiologiya‖ (1962), ―Sotsial sinflar to‗g‗risida tadqiqot.
K.Marksning sotsial sinflar g‗oyasi va hozirgi davr‖ (1966) va b. G. fal. va
sotsiologiya tarixi, sotsiologik bilish nazariyasi va metodologiyasi, huquq,
axloq, bilish sotsiologiyasi muammolari b-n shug‗ullandi. Sotsiologiyadagi
turli nazariya va oqimlarni bir-biri b-n uyg‗unlashtirishga harakat qildi. Shu
boisdan ham zamondoshlari uning nazariyasini ―Sotsiologiyadagi permanent
revolyusiya doktrinasi‖deb atagan edilar. Uning fikricha, sotsiologiya
makroguruh ichidagi kishilarning ijtimoiy mikromunosabatlarini o‗rganish b-
n shug‗ullanishi kerak. Bunday ikkiyoqlama yo‗nalish materializm b-n
idealizm o‗rtasidagi qarama-qarshilikni bartaraf etadi, deb hisobladi. G.ning
ta‘kidlashicha, dialektika bilish vositasidir. U empirik ma‘lumotlar b-n
bog‗lanishi, empirik-real dialektika bo‗lishi lozim. Dialektika bilish vositasi
sifatida avvalo regulyativ funksiyani bajaradi, inson oldiga vazifalar qo‗yadi,
kelajakka xavf-xatar soladigan qiyinchiliklardan ogohlantiradi, biroq tayyor
javoblar bermaydi. Inson faolligini tushunishda ―fatalizm‖, ―determinizm‖,
―erkinlik‖ tushunchalari muhim o‗rin tutadi. G. erkinlikni hech bir
cheklashlarsiz ixtiyoriy va spontan harakat sifatida tushundi, fatalizmning har
qanday ko‗rinishini keskin tanqid qildi. Biroq, inson erkinligi real sotsiumda
cheksiz emas, u hamisha shartlangandir. G. marksizmni deterministik
konsepsiyaning bir ko‗rinishi sifatida tahlil qildi, o‗zini marksizmning
bilimdoni va tanqidchisi deb hisobladi. Uning fikricha, Marks Gegelning
spekulyativ idealizmiga zid ravishda o‗zining ―real gumanistik dialektikasini
yaratdi‖. Biroq, Marks o‗z ijodining oxirlarida materialistik monizm
tamoyilini kuchaytirdi, bu esa yo‗l qo‗yib bo‗lmaydigan fatalizmga olib
keldi. G. odamlar xulq-atvorini universal determinlashtiradigan sabablar
yo‗q, real harakatdagi determinizm to‗g‗risida fikr yuritish kerak, deb
62
ta‘kidladi. G.ning ijtimoiy-fal-iy va axloqiy qarashlari hozirgi zamon fal.si
rivojida alohida o‗rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |