H
Hayotiy sikllar — individ hayotidagi turli bosqichlar: tug‗ilish,
yoshlik, yetuklik va keksalik mavsumlari.
Hayot tarzi – falsafiy sotsiologik kategoriya sifatida jamiyat, millat,
sinf, ijtimoiy guruhlar, shaxsning yashash uslubini ijtimoiy-iqtisodiy shart-
sharoitlar bilan bir butunlikda olib qaraydi. Bu ma‘noda hayot tarzi falsafa,
sotsiologiya, kulturologiya, iqtisodiy va b. ijtimoiy fanlarning alohida
tadqiqot predmeti hisoblanadi. Hozirgi sharoitda amaliyotida «hayot tarzi»
kategoriyasi kishilarning asosiy hayot sohalari – mehnat, oila va turmush,
ta‘lim va madaniyat, ijtimoiy hayotga bir butun yondashuviga imkon
yaratadi.H.t. birinchidan, ma‘lum bir sivilizatsiyaga xos tipik jihat va
normalarni ifodalaydi. Bu nuqtai nazardan hayot tarzini fermachilik,
dehqonchilik, sanoat va ilmiy-texnologik sivilizatsiyasi kabi turlari
farqlanadi. Ikkinchidan, h.t. ma‘lum bir rivojlanish bosqichida turgan
jamiyatdagi millat, sinf, ijtimoiy guruh, shaxsning konkret hayot tarzini
ifodalaydi.
Hayot darajasi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida kishilarning
moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirish me‘yorini, iste‘mol boyliklari
(mehnatga haq to‗lash hajmi, real kirimlar, iste‘mol boylik va xizmatlari
hajmi, oziq-ovqat va b. tovarlarni iste‘mol me‘yori, bo‗sh vaqt va ish
vaqtining davomiyligi, yashash sharoitlari, ta‘lim darajasi sog‗liqni saqlash,
madaniyat va sh.k.lar) bilan ta‘minlanganligini ifodalaydi. Bu kategoriyaning
mohiyati, u yashash shart-sharoitini muhim tomoni hisoblangan ishlab
chiqarish kuchlarini rivojlanganligi darajasi bilan bog‗liq bo‗lgan kishilarni
farovonligi (ularni moddiy va ma‘naviy boyliklar bilan ta‘minlanganligi)
tushunchasiga bir butun yondashishga imkon yaratadi. Yashash sifati –
sotsiologik kategoriya sifatida kishilarni moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini
qondirish (oziqlanish sifati, kiyimlarni sifati va ularni modaga muvofiq
kelishi, turar joyining qulayligi, sog‗liqni saqlash sohasini sifatiy
xususiyatlari, ta‘lim, aholiga xizmat ko‗rsatish, atrof-muhit, bo‗sh vaqtning
sifati, axloqiy muhit, kishilarning kayfiyati, sermazmun muloqotda
ehtiyojlarni qondirish darajasi, bilimlar, ijodiy mehnatda, turar joylarni
strukturasi va b.) sifatini ifodalaydi.H.t.ni izohlashda birinchi o‗rinda,
shubhasiz, sifatiy aniqlik turadi.
Yashash uslubi – kundalik hayotning hatti–harakatlar jihatini, xususan
ritmika, intensivlik, hayot tempi, shuningdek, turmushning ijtimoiy-
63
psixologik jihatlari va kishilar o‗rtasidagi munosabatlari bo‗lib, bular
ko‗pincha ijtimoiy munosabatlarni milliy-etnik va ijtimoiy-professional
jihatlarini ifodalaydi.
Ijtimoiy guruhlarda turli xil hayot uslubini shakllantishining asosiy
sababi – ularning kundalik faoliyati kechadigan hayotiy shart-sharoitlardagi
farq, aniqrog‗i faoliyatining asosiy turlarida zo‗riqish, ritmiklik, keng
jamoatchilik bilan muloqotning davomiyligi yoki nodavomiyligi, shuningdek,
aholining turli qatlam va guruhlariga taalluqli (ijtimoiy-professional, o‗rta
yoshlilik, hududiy).
Do'stlaringiz bilan baham: |