O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/293
Sana24.08.2021
Hajmi1,63 Mb.
#155158
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   293
Bog'liq
sotsiologiya fanidan izohli lugat

Gipotetik  –  ehtimol  tutilgan,  faraz  qilingan,  taxmin  (gipoteza)ga 
asoslangan.  
Global (fr. global - umumiy, lot. globus - shar) — 1) butun yer sharini 
qamrab oluvchi; 2) har tomonlama, to'liq, yalpi, universal. 
Global  inqiroz  —  globallashuvning  salbiy  jarayonlari  sistemasi. 
Globallashuv  jarayoni  o'ziga  xos  xususiyati  shundaki,  dunyoning  qaysi 
chekkasida qanday bir voqea-hodisa yuz bersa, bu ob'ekiv jarayon jahonning 
boshqa chekkasida ham tezda aks sado beradi . 
Global  muammolar  —  umumbashariy  hayot  va  taraqqiyot  bilan 


 
58 
bog'liq hoz. zamon muammolari.Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining 
oldini  olish,  xalqaro  terrorchilikka  qarshi  kurash  va  barcha  xalqlar  uchun 
tinchlikni  ta'minlash;  rivojlangan  va  rivojlanayotgan  mamlakatlar  o'rtasida 
ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  darajasidagi  tafovutni  bartaraf  etish,  ochlik, 
qashshoqlik  va  savodsizlikni  tugatish,  rivojlanayotgan  mamlakatlarda 
aholining  tez  sur'atlar  bilan  ko'payayotganligini  tartibga  solish,  atrof  muhit 
halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli 
resurslar  -  oziq-ovqat,  sanoat  xom  ashyosi,  energiya  manbalari  bilan 
ta'minlash,  fan  va  texnika  taraqqiyoti  salbiy  oqibatlarga  olib  kelishiga  yo'l 
qo'ymaslik  kabilar  kiradi.  G.m.  avvalo  jahonda  kechayotgan  iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy,  harbiy,  ilmiy-texnologik,  ijtimoiy-madaniy  jarayonlarning 
umumbashariy  ahamiyat  kasb  etishi  natijasida  yuzaga  keldi.  G.m.larni  4 
guruhga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan 
G.m. - jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning 
mavjudligi.  Hozirgi  kunda  jahon  siyosiy  tartibotini  belgilashda  dunyodagi  7 
rivojlangan  mamlakatning  mavqei  katta.  Bu  mamlakatlar  bilan  qoloq 
mamlakatlar 
orasidagi 
tafovut 
g'oyat 
kuchaydi. 
Taraqqiy 
qilgan 
mamlakatlarda 
demokratik 
qadriyatlar 
rivojlangan 
bo'lsa, 
qoloq 
mamlakatlarda 
avtoritarizm, 
demokratiyaga 
zid 
bo'lgan 
ijtimoiy 
munosabatlar  avj  oldi,  xalqaro  xavfsizlikka  qarshi  tahdidlar  paydo  bo'ldi. 
Buni terrorchilik, ekstremizm ko'rinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) 
xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarda  paydo  bulgan  G.m.  -  jahon  xo'jalik  tizimi 
vujudga  kelib,  unda  asosan  iqtisodiyoti  rivojlangan  mamlakatlar  ustunligi 
qaror  topdi.  Iqtisodiyoti  haddan  tashqari  rivojlangan  mamlakatlar, 
transnasional  korporasiyalar  jahon  iqtisodiyotini  boshqarayotgan  bir  paytda, 
ikkinchi  tomonda  ularga  qaram,  iqtisodiyoti  juda  ham  past  darajadagi 
mamlakatlar  mavjuddir.  Jahonda  iqtisodiy  va  ilmiy-texnikaviy  taraqqiyot 
yutuqlariga  qaramasdan  boy  va  kambag'al  mamlakatlar  o'rtasidagi  farq  o'sib 
bormoqda.  20-asr  oxirida  rivojlangan  mamlakatlar  jahon  yalpi  milliy 
mahsulotining 86%ini ishlab chiqargan bo'lsa, kambag'al davlatlar atigi 1%ni 
ishlab  chiqardi.  Ayrim  mamlakatlar  rivojlangan  davlatlardan  juda  katta 
miqdorda  qarzga  botdi.  Natijada  ular  siyosiy  jihatdan  mustaqil  bo'lsada, 
iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan  mamlakatlarga  qaramdir.  Jahon  iqtisodiy 
munosabatlaridagi  globallashuvning  salbiy  oqibatlari  ham  mavjud.  Masalan, 
milliy bozorni siqib qo'yadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. 
Bu  globallashuvga  qarshi  harakatni  keltirib  chiqardi  Yevropaning  bir  necha 
shaharlarida  norozilik  namoyishlari  bo'lib  o'tdi.  Global  iqtisodiy  jarayonlar 
jahon  miqyosida  harakat  qiluvchi  moliyaviy-iqtisodiy  jinoyat  guruhlarini 
vujudga  keltirdi;  3)  ijtimoiy  sohada  vujudga  kelgan  G.m.  -  jahon  aholisi 
muttasil  ko'payib  borishi  natijasida  Osiyo  va  Afrika  mamlakatlarida  oziq-
ovqat,  ichimlik  suv  tanqisligi  kuchayib,  bu  hol  boshqa  mamlakatlarda  ham 


 
59 
kuzatilayotgani,  jahon  aholisining  muayyan  qismi  ocharchilikni  boshdan 
kechirayotgani,  savodsiz  ekanligi,  axborot-texnologiya  va  umuman  fan-
texnika  inqilobi  samaralaridan  bahramand  emasligi,  butun  insoniyatga  xavf 
tug'diruvchi  kasalliklar  (masalan,  OITS)  tez  tarqalayotganligi  shunday 
muammolar  sirasiga  kiradi;  4)  inson  va  tabiat  o'rtasidagi  munosabatarning 
buzilishi  natijasida  vujudga  kelgan  G.m.  -  ular  katoriga  dengiz  va  suv 
havzalarining  bulg'anishi,  o'rmon  maydonlarining  tobora  qisqarishi, 
atmosfera ozon qatlamining yo'qolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy 
moddalarning  haddan  tashqari  ko'p  ishlatilishi  natijasida  q.x.da  ekin 
ekiladigan  erlarning  katta  qismi  yaroqsiz  holatga  kelish  xavfi  kuchaydi. 
Sobiq  SSSRda  qishloq  xo‘jaligi  sohasida  texnokratik  siyosat  yuritilishi 
oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, g'oyat mushkul ekologik muammolarni 
keltirib  chiqardi.  G.m.ga  qarshi  kurashda  jahon  hamjamiyatini  birlashtirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov 
o'z  asarlarida,  turli  xalqaro  anjumanlarda  so'zlagan  nutqlarida  Markaziy 
Osiyoda  G.m.ning  kelib  chiqish  sabablari  va  ularni  bartaraf  etish  yo'llarini 
ko'rsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni 
ta'minlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi e'tiborini karatdi. 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish