Eksrapoyatsiya (lot. ekstra-tez, polio-to‗g‗rilayman) -Biror hodisaning
bir hismini kuzatish natijasida olingan xulosani shu qodisaning boshha
hismiga, boshha territoriyaga va kelgusiga tadbih etishni anglatadi.
Ekstemizm (lot. – o‗ta, so‗nggi) — siyosatda ashaddiy, favqulodda
tadbirlar va qarashlarga tarafdorlik ma‘nolarini bildiradi. Dunyodagi bir qator
mamlakatlarda 20-a. boshlarida turli ekstremistik guruhlar maydonga keldi.
Ular goh siyosiy, goh diniy, goh hududiy masalani bahona qilib turli
jinoyatlarni sodir etadilar. o‗z maqsadlariga erishish uchun davlat
rahbarlariga suiqasd uyushtirish, o‗g‗irlash, tuhmat, odam o‗ldirish,
bosqinchilik kabi razil illatlardan aslo qaytmaydilar. E.ning siyosiy, terror,
diniy, milliy va boshqa guruhlari mavjud. 20-a. oxirida diniy E. faoliyati juda
zo‗rayib ketdi. Bunga Afg‗oniston, Tojikiston, Checheniston, Kosovodagi
mudhish voqealar misol bo‗la oladi. Diniy E. — diniy tashkilotlardagi o‗ta
mutaassib guruhlarning ashaddiy reaksion faoliyati bo‗lib, xatto dinga ham
zarar keltiradi. Ularning asosiy maqsadi dinni niqob qilib, hokimiyatni qo‗lga
olish, diniy talablarning ilk darajasiga xos ―sofligi‖ni qayta tiklash, diniy
talablarga mos siyosiy tuzumni barpo etishdan iborat. Shu maqsadda diniy
tashviqot olib borib, qurol kuchi va zo‗ravonlik b-n davlatni egallashdir.
E.ning milliy ko‗rinishi esa, millatlararo nizolarni keltirib chiqaruvchi
millatchilik va shovinizmdir. E.ning barcha ko‗rinishlari insoniyatning
ijtimoiy, barqaror taraqqiyoti uchun katta xavfdir.
Elat — kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan
tarkib topgan birligi. E.ga ko‗p jihatdan bir-biriga yaqin qabilalar birlashadi.
E. millat shakllanishining uchinchi bosqichi, belgisi. qadimda kishilarning E.
bo‗lib, bir hududda yashashlari ular orasida umumiy manfaatdorlik, qon-
qarindoshlik his-tuyg‗ularini kuchaytirgan. E.lar, kuchli qabilalarning
kuchsiz qabilalarni o‗ziga bo‗ysundirishi va ular b-n aralashib ketishi
natijasida ham shakllangan. E o‗z qiyofasini saqlab qolishi, rivojlanib millat
darajasiga ko‗tarilishi uchun o‗z davlatiga ega bo‗lishi kerak.
Elita (fr. elite - eng yaxshi, saralangan) — jamiyatda boshqaruv
vazifalarini bajaruvchi, fan va madaniyatni rivojlantiruvchi oliy imtiyozli
ijtimoiy qatlamni anglatadi. E. nazariyasi Platon, Karleyl, Nitsshe tomonidan
olg‗a surilgan bo‗lsa ham, qarashlar tizimi sifatida XX asrda V.Pareto,
G.Mosko, Ch.Mills va boshqalar tomonidan ta‘riflab berildi. Italiyalik olim
V.Pareto fikriga ko‗ra, elita terminining bosh g‗oyasi ustunlikdir. Ya‘ni aql,
xarakter, chaqqonlik singari xilma-xil qobiliyatlarga oliy darajada ega
odamlar - elita deyiladi. Ushbu nazariyaga qo‗ra, E. tug‗ma iste‘dodli
odamlar orasidan paydo bo‗ladi. E.ning 5 toifasi - siyosiy, iqtisodiy,
ma‘muriy, harbiy va mafkuraviy E. ajratib ko‗rsatiladi. Ular bir-biriga
38
moslashadi va totalitarizm vujudga kelishining oldi olinadi. Iqtisodiy E.ga,
jumladan, yirik biznesmenlar, sanoatning yetakchilari, moliya magnatlari
kiritiladi, ular oldindan ko‗ra bilish, tashabbuskorlik va ishbilarmonlik
iste‘dodi bo‗lgan shaxslar hisoblanadi. E. nazariyasiga ko‗ra, tashabbuskor va
ishchan har qanday odam, ishi yurishib ketsa, E.ga kirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |