6-SINF ADABIYOT I-CHORAK
1.Adabiyot yashasa ,millat yashaydi- gapi qaysi shoirga tegishli?
A. Cho’lpon. B. Xamza. S. Abdulla Qahhor D. Xurshid Davron.
2.„Ishlarim yurishgandan yurishib ketdi, xursandman, kayfim chog', ashula aytganim aytgan". Nega Hoshimjonning kayfiyati chog' bo'ldi?
A.Oyisi maqtagani uchun. B. Uch olgani uchun.
S. Qalpoqcha topib olgani uchun. D. Agranom bo'lgani uchun.
3.,,Hatto nazarimda, ikki marta bo'ri ham ko'ringanday bo'ldi".
Ushbu parchada Hoshimjonga bo'ri bo'lib ko'ringan narsa nima edi?
A.Kuchuk. B. Echkicha. C. Mushuk. D. Katta-kichik tosh.
4. Hoshimjon nima uchun sinfko’mlikka saylanmadi?
A.Yolg'onchiligi uchun. B. Dangasaligi uchun.
S.So'zida turmagani uchun. D. O'zboshimchaligi uchun.
5. Shum bola qayerga borsa ham nimaga duch keladi?
A. Kattalarning o'ziga bepisand qarashiga B. Qo'pol muomalaga.
S. Yolg'onga D. A va B javoblar to'g'ri
6. Turob To'laning „Do'nan" asarida odam va otning bir-biriga bu qadar bog'lanib qolishiga sabab nima deb o'ylaysiz?
A. Mehr. B. Mas'uliyat. S. Manfaat. D. Ermak
7."Ehe,turbatliklar aytganicha bor ekan ,borakallo- borakallo,men bunaqasini ko’rmaganman!..." gapi obrazga tegishli?.
A. Hoshimjon B. Chorpo’latlik mehmon.
C. Shum bola. D. Omon.
8. Omonboy obrazi qaysi asarda berilgan?
A. „Shum bola" B. „Sariq devni minib"
S. „Bemor" D. „Dunyoning ishlari"
9;, Nega mening kuchugimni urding? Urgansan, mana bunday urgansan,
dedim-da, Orifning boshiga birmusht tushurdim ".
Bu parchada Hoshimjonning urushiga asosiy sabab nimada?
A.Uy vazifasini ko'chirtirmagani uchun.
B.Hoshimjonning sirini ochganida.
C.Kuchugini urgani uchun.
D.Matematikadan yordam bermaganida.
10. Quyida Hoshimjon tabiatiga xos bo'lmagan jihatni toping.
A. yolg'onchi B. dangasa S. uyquchi D. mag'rur
11. Sariboy bo'lis degan katta yer egasi qaysi asarda uchraydi?
A. "Tanobchilar" B. "Shum bola"
C. "Fonarchi ota" D. "Sariq devni minib"
12. "Shum bola" asarida Qoravoy yolg'nni qaysi habardan boshlaydi?
A. Tozi itning terisi shilinganidan
B. Otning go'shtini yeb it harom o'lganidan
C. To'riq qashqa xomlik qilib o'lganidan
D. Pichoq sinib qolganidan
13. Qaysi adib tarjimai holida “Ruhi pok bo’lgan, tarbiyaga quloq soladigan, bolalar dunyosida ishlasam qanday bo’lar ekan”, - deb o’ylay boshladim va qaror ham qabul qildim, bolalar, o’smirlar dunyosiga paqqos o’tib ketdim, deb ta’kidlaydi?
A) G’afur G’ulom B) Xudoyberdi To’xtaboyev C) Chingiz Aytmatov D) Jonatan Svift
14. Qaysi qatorda Xudoyberdi To’xtaboyevning bolalarga bag’ishlangan qissasi berilgan?
A) “Omonboy va Davronboy sarguzashti” B) “Jannati odamlar” C) “Qasoskorning oltin boshi” D) A va C
15. Xudoyberdi To’xtaboyevning qaysi asari ko’pgina jahon tillariga – jami 24 tilga tarjima qilingan va buyuk bolalar yozuvchisi Janni Rodari tahsiniga sazovar bo’lgan?
A) “Sariq devni minib” B) “Shirin qovunlar mamlakatida” C) “Qasoskorning oltin boshi” D) “Sariq devning o’limi”
16. Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” asarida Hoshimjon qalpoqchaning sehriga to’liq amin bo’lgach, uning sehrli kuchini dastlab nima maqsadda ishlatadi?
A) o’qituvchilarning konspektlarini ko’chirishda B) qishlog’idagi folbinning yolg’onchiligini fosh qilishda C) agranom bo’lish uchun ishlatadi D) o’rtoqlarini qo’rqitish uchun ishlatadi
17. Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” asaridagi “bolangni jin urgan”, “otaginam sizga dev hamla qilgan”, – deb odamlarni aldagan va dorixonada sotiladigan oddiy dorilarni “Xudoi taolo ato qilgan noyob dorilar” – deb pullagan persanajni aniqlang.
A) Mirobiddinxo’ja B) Soraxon C) Anorboy tog’a D) Hayitvoy
18. Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” asarida Hoshimjon qaysi cho’lning o’zlashtirilayotgan paytiga duch kelib qoladi?
A) Qarshi cho’li B) Mirzacho’l C) Jizzax cho’li D) Qizilqum cho’li
19. “Sariq devni minib” asarida Hoshimjonning qishlogidagi bo’lar-bo’lmasga ham baqiradigan savodsiz agranom kim edi?
A) Polvon tog’a B) O’rmon aka C) Anorboy tog’a D) Shokirjon
20. Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” asaridagi qaysi qahramoni jinday quv, ayyor, bir qadar lofchi bo’lsa-da, aslida sofdil, ko’ngli beg’araz inson sifatida tasvirlanadi?
A) Hoshimjon B) Shokirjon C) Hayitvoy D) Mirobiddinxo’ja
21. “Sariq devni minib” asarida Hoshimjon kimning yordami bilan agranom bo’ladi?
A) Akbar Nosirovich B) O’rmon aka C) Polvon tog’a D) Rahimjon
22. Qalami o’tkir jurnalist, jamiyatdagi illatlarni fosh etuvchi 300 dan ortiq feleton yozgan, bola va o’smir ruhidagi go’zallikni himoyalashga e’tibor beruvchi adib…
A) Jonatan Svift B) A.Qahhor C) Xudoyberdi To’xtaboyev D) O’.Hoshimov
23. “Sariq devni minib” asarining ikkinchi bobi qanday nomlanadi?
A) Shaytonning yelkasiga igna sanchdim. B) Hashoratni kaltaklashga buyurdim. C) Baxtim kulib boqqan edi. D) Barbod bo’lgan o’ylarim.
24. O’sha kuni ikkovimiz uning “Villis”iga o’tirib, dala aylandik, “Sariq devni minib” asaridagi Hoshimjonning hamrohi qaysi qatordab to’g’ri berilgan?
A) Polvon tog’a B) Hayitvoy C) Akbar aka Nosirov D) Xursanali Sharafiddinovich
25. 1936- yilda yaratilib, 60- yillarda mukammal holga kelgan, ko’plab xorijiy tillarga tarjima qilingan asar va muallifini aniqlang.
A) Said Ahmad “Ufq” B) A. Qahhor “Sarob” C) G’. G’ulom “Shum bola” D) X. To’xtaboyev “Sariq devni minib
Do'stlaringiz bilan baham: |