174
hisobga olishi bilan ajralib turadi. Bu nazariyaga ko'ra, jamiyatni mutaxassis
boshqaruvchilar, menejerlar idora etishlari lozim (ko'pincha amalda ham shular
boshqaradilar). Aynan ular jamiyatning haqiqiy ehtiyojlarini, uning eng maqbul
rivojlanish yo'llarini, buning uchun zarur vositalarni aniqlashga qodir. Bu
boshqarishni ilmiy asosda olib borish imkonini beradi hamda jamiyatning ildam
rivojlanishini ta'minlaydi. Mazkur ta'limot g'oyalaridan nafaqat davlatning
mohiyati balki uning boshqa jihatlariga tegishli bo'lgan boshqa nazariyalarda
ham foydalanilmoqda.
Texnokratiya (yun.
techne san'at, hunar, mahorat va ...
kratiya) — 1)
ijtimoiy tafakkurdagi oqim, unga ko'ra, jamiyat butunlay ilmiy-texnika tafakkuri
printsiplari bilan boshqarilishi mumkin; texniklar, muhandislar va olimlar
(texnokratlar) ilmiy-texnika tafakkurining namoyandalari bo'lib, korxonalar va
umuman jamiyatdagi barcha hokimiyat tadbirkorlar va siyosatchilardan ularga
o‘tishi kerak. Texnokratik kontseptsiyalar hozirda ijtimoiy ishlab chiqarishda
fan va mutaxassislar mavqeining oshib borayotganligini aks ettiradi. T.ning
barcha ko'rinishlariga xos bo'lgan belgi ijtimoiy jarayonlarni texnika va boshqa
tor ixtisoslashgan mezonlar asotsida boshqarishga e'tiborni kuchaytirib,
siyosatning qadriyatli-axloqiy o'lchovlariga kam ahamiyat berishdir; 2)
monopoliyalashtirilgan ishlab chiqarish. va davlat apparatining yuqori
mulozimlari - mutaxassislar qatlamini bildiradi; 3) XX-asrning 30-yillarida
AQShda vujudga kelgan ijtimoiy harakat. U milliy miqyosda ishlab chiqarishni
ilmiy rejalashtirish natijasida sanoat to'ntarishi yordami bilan umumiy
farovonlikka erishishni maqsad qilib qo'ygan (rahbarlari G. Loeb, G. Skot).
Harakat 40-yillar boshida barbod bo'lgan.
Texnokratizm (yun. texnika - san'at, ustalik va kratos - hokimiyat
so'zlaridan olingan) — texnik mutaxassislarning ilmiy bilimi asotsida butun
jamiyatning manfaatlarini himoya qiluvchi, siyosiy hokimiyatni o'rnatilishi
haqidagi sotsiologik kontseptsiya. Dastavval, T. g'oyasi amerikalik iqtisodchi va
sotsiolog Torsteyn Veblenning, "Muhandislar va baholar sistemasi" ("The
engineers and the price system") deb nomlangan asarida ilgari surilgan. Uning
fikricha, XX-asrda sodir bo'layotgan, ishlab chiqarishdagi inqilobiy o'zgarishlar
jamiyat hayotida muhim o'rin tutadi va shuning uchun butun xalq xo'jaligini va
umuman jamiyat boshqaruvini kelajakda texnik ziyolilar qo'liga berish kerak.
Texnologiya — moddiy ishlab chiqarishda bilimlardan foydalanish.
Texnologiya inson foydalanishi uchun moddiy vositalar (masalan mashinalar,
avtomatlar) yaratishni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: