Rivojlanish — olamdagi ilgarilanma harakatni, ob‘ektlardagi sifatiy
o‗zgarishlarni, borliqdagi yangi shakllarning vujudga kelishini ifodalovchi
fal-iy kategoriya. R. eng avvalo o‗zgarish b-n bog‗liq, biroq har qanday
o‗zgarishni ham R. deb bo‗lmaydi. Faqat eskidan keyin yangi sifatning
yuzaga kelishi b-n bog‗liq o‗zgarishgina R. bo‗lishi mumkin. R. olamning
umumiy tavsifi emas, balki olamdagi moddiy va ma‘naviy sistemalarning
xususiyatidir. Konkret sistemalardan tashqarida R. yo‗q va bo‗lishi ham
mumkin emas. SHu bois olam haqida gap borganida undagi konkret
sistemalarning cheksiz taraqqiyoti nazarda tutiladi. Antik fal.da R. g‗oyalari
uchramaydi. CHunki R.ning muhim tomoni shundaki, u zamon b-n bog‗liq.
Zero, har qanday R. ma‘lum vaqt davomida sodir bo‗ladi. Antik fal. esa
zamonni siklli jarayon sifatida tasavvur etardi. Ushbu tasavvurga muvofiq,
barcha hodisalar takrorlanib turadi, borliq o‗zining ma‘lum bir holatiga
151
qaytaveradi. Albatta, bunday tasavvur R. g‗oyalariga o‗rin qoldirmasdi.
Xristian dinining vujudga kelishi vaqtning kelajakka qarab yo‗nalganligi
haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirdi. Fanning taraqqiy etishi esa ushbu
tasavvurlarni tabiat va jamiyatdagi o‗zgarishlarning yo‗nalganligi va
kaytmasligi haqidagi mulohazalar b-n boyitdi. Buning natijasida R.ga doir
qator konsepsiyalar yuzaga keldi. G.Spenser R.ni butun tabiatning tadrijiy
evolyusiyasi b-n bog‗ladi. Uning fikricha, R. bir xillikdan ko‗p xillikka,
oddiydan murakkabga qarab boruvchi jarayondir. XIX a.ning ikkinchi
yarmidan R.ning naturalistik konsepsiyasi shakllana boshladi. CH.Darvin
R.ni universal metodologik prinsip sifatida emas, juz‘iy ilmiy tushuncha
sifatida talqin etdi. R.ning antropologik konsepsiyasiga ko‗ra, R.ni ―inson-
tabiat‖ va ―inson-inson‖ munosabatlaridan izlamoq lozim. R.ning yana bir
konsepsiyasi — ijodiy evolyusionizmda (emerjentizm) R. yangi sifatning
vujudga kelishi tarzida tasavvur etiladi. Bu konsepsiya tarafdorlaridan biri
bo‗lgan L.Morgan o‗zining 1922 y.da chop etilgan ―Emerjent evolyusiya‖
nomli asarida yangi sifat sistemaning ichki ijodiy qudrati sharofati b-n
vujudga kelishini asoslab berdi. 20-a.da esa R.ning yangi konsepsiyalari
rivojlandi. Ulardan biri – muvozanat naz-yasida R. quyidagi prinsiplar
asosida sodir bo‗lishi bayon etiladi. 1) R. ―muvozanat-buzilish-muvozanat‖
tarzida sodir bo‗ladi; 2) muvozanatning eng asosiy xususiyati unda
ziddiyatlarning yo‗qligidir; 3) muvozanat tashqi ta‘sir ostida buziladi; 4)
muvozanat tashqi ta‘sirga moslashish orqali tiklanadi; 5) muvozanat mutlaq,
buzilish esa nisbiydir. Bu konsepsiya asosan L.F.Uord va Le Dantek
tomonidan rivojlantirildi. Konflikt naz-yasida R.ning asosiy manbai kishilar,
avlodlar, ijtimoiy guruhlar va millatlar o‗rtasida sodir bo‗ladigan konflikt b-n
bog‗lanadi. Ushbu konfliktning bartaraf etilishi R.ga olib keladi, deb
hisoblanadi. R.ning eng muhim konsepsiyasi dialektikadir. Unga ko‗ra,
R.sifatiy o‗zgarish b-n bog‗liq bo‗lib, uning uch asosiy xususiyati mavjud: 1)
R. orqaga qaytmaydi; 2) R. faqat kelajakka yo‗nalgandir; 3) R. zaruriylik b-n
bog‗liq. Ushbu uch xususiyat mavjud bo‗lganidagina o‗zgarish R. darajasiga
ko‗tariladi. Birinchi xususiyat bo‗lmasa o‗zgarish har qanday faoliyat
ko‗rsatish jarayoni b-n, ikkinchi xususiyat bo‗lmasa – vorisiylik va
aloqadorlikka ega bo‗lmagan jarayon b-n, uchinchi xususiyat bo‗lmasa –
tasodifiy jarayon b-n cheklanib qoladi. R. sistemalarda mavjud bo‗lgan
qarama-qarshiliklar birligi va kurashi jarayonida, miqdor o‗zgarishlarining
sifat o‗zgarishiga aylanishi, yangi sifat tomonidan eski sifatning inkor etilishi
orqali yuz beradi. Ushbu jarayonning birinchi xususiyati dialektik ziddiyat
qonunida, ikkinchi xususiyati miqdorning sifatga o‗tishi qonunida, uchinchi
xususiyati dialektik inkor qonunida o‗z ifodasini topadi. R. davomida yangi
sifatning vujudga kelishi asta-sekinlik b-n tadrijiy ravishda yoki birdan, qisqa
muddatda yuz berishi mumkin. R.ning birinchi tipini evolyusion R., ikkinchi
152
tipini revolyusion R. dey.adi. R.ning har qanday tipida ijobiy, progressiv
sifatlar jamlanib boradi. Biroq ayrim hollarda yangi vujudga kelgan sifat
regressiv xarakterda bo‗lishi ham mumkin, shunga qaramasdan R.da umumiy
progressiv yo‗nalish saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |