O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/293
Sana24.08.2021
Hajmi1,63 Mb.
#155158
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   293
Bog'liq
sotsiologiya fanidan izohli lugat

Ommaviy  axborot  vositalari  —  gazeta,  jurnal,  radio,  televedenie 
singari katta auditoriyalarga mo‗ljallangan kommunikatsiya turlari. 
Ommaviy  jamiyat  —  hozirgi  zamon  jamiyatining  qator  o‗ziga  xos 
tomonlarini  ifodalovchi  tushuncha.  Jamiyat  barcha  sohalarining  keng 
ommaviylashuv jarayoni tubdan yangi mehnat quroli – mashinalarning paydo 
bo‗lishidan boshlangan edi. Ommaviylashuv iqtisodiyot sohasida boshlanib, 
asta-sekinlik  b-n  jamiyatning  boshqa  sohalarini  ham  qamrab  oldi.  O.j.  naz-
yasi ildizlari o‗rta asrlardagi an‘anaviy ijtimoiy munosabatlarga zid ravishda 
shakllangan yangi munosabatlarga qarshi konservativ g‗oyalar b-n bog‗liqdir 
(E.Berk, J. De Mestr, A.Bonald). Yangi tartiblarning muqarrarligini anglagan 
fransuz mutafakkiri A.Tokvil (1805-1859) yangi jamiyatni undagi erkinlik va 
tenglik  munosabatlari  nuqtai  nazaridan  tavsiflaydi.  U  o‗zining  ―Amerikada 
demokratiya‖ asarida: ―Mening diqqatimni jalb qilgan yangiliklar ichida hech 
qaysisi  sharoitlarning  umumiy  tengligi  kabi  hayratlantirgan  emas‖,  —  deb 
yozdi.  U  demokratiyani  goh  jamiyat  barcha  tomonlarini  tenglashtirishga 
intilish,  goh  ―xalq‖,  goh  bevosita  boshqarish  shakli  sifatida  talqin  qildi, 
tenglikni  amalga  oshirish  uchun  markazlashtirish  va  byurokratlashtirish 
ijtimoiy hayotning barcha sohalari ustidan burjua nazoratini o‗rnatishga olib 
kelishini  ko‗rsatdi.  2-jahon  urushidan  so‗ng  O.j.  konsepsiyalarining  asosiy 
yo‗nalishi  avtoritar tendensiyalarni  tanqid  qilishga qaratildi.  O.j.ni  yangicha 
talqin  qilish  hoz.  zamon  jamiyatidagi  muhim  jarayonlarni  to‗g‗ri  tushunish 
imkonini  beradi.  Ommaviylashuv  jarayoni  jamiyatning  barcha  sohalarida 
katta  imkoniyatlar  ochib  berishi  b-n  bir  qatorda  ma‘naviyat  sohasida  qator 
muammolarni  keltirib  chiqarganligi  tufayli  O.j  konsepsiyalari  ham  ko‗pdir. 
Jamiyat hayotining turli sohalarida kechayotgan ommaviylashuv jarayonlari, 
shubhasiz, o‗zining miqyosi, mohiyati va namoyon bo‗lish shakliga ko‗ra bir-
biridan farq qiladi. Nomoddiy ishlab chiqarishning turli ko‗rinishlarida esa u 
yoki  bu  darajada  ommaviy  faoliyatning  texnologik,  tashkiliy  va  b.  tarkibiy 
qismini  yaratadi.  Mas.,  hozirgi  zamon  fani  minglab  odamlarni  birlashtirgan 
yirik  tashkilotlarni  qamrab  oladi.  Bu  haqiqatan  ham  axborotni  (bilimni) 
ommaviy,  industrial  shaklda  ishlab  chiqarishdir.  Iste‘mol,  insoniy 
munosabatlar,  maishiy  sohalarda  ahvol  boshqacha.  Ularda  ommaviylashuv 
kishilar  faoliyatini  qat‘iy  rasmiy  tashkil  etishni  talab  qilmaydi.  Lekin  bunda 
ham  o‗ziga  xos  ko‗rinishda  ommaviy  faoliyat  mavjuddir:  ishtirok  etadigan 
individlarning  ko‗pligi,  ular  faoliyatining  o‗xshashligi,  faoliyatni  tanlash 
imkoniyati  nuqtai  nazaridan  erkinligi  va  b.  Ommaviylashuv  jarayonining 
ham eniga, ham bo‗yiga (gorizontal va vertikal) chuqurlashib borishi jamiyat 


 
136 
taraqqiyotida  qonuniy,  zaruriy  hodisa  bo‗lib,  kelgusi  jamiyat  va  inson 
qiyofasini belgilashda turli imkoniyatlar yaratadi.  

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish