partiyalar o‗rtasida kelib chiqishi ham mumkin.
Nolegal — qonunsiz, qonun taqiqlab qo‗ygan, qonunni cheklab
qilingan, yashirin.
Noosfera – aql-idrok sohasi yoki biosferaning shunday bir holatiki,
bunda odamlarning oqilona faoliyati biosfera rivojlanishining muhim omiliga
aylanadi.
Noumen – mushohada yo‗li bilan anglash mumkin bo‗lgan mohiyat.
Noverbal muloqot — individlar o‗rtasida nutq va tildan umuman
foydalanmay, yuz mimikasi, tana a‘zolari harakati va holati vositasida
muloqotga kirishish.
Nodavlat tuzilmalar — dunyo tizimida muhim rol o‗ynayotgan
xalqaro (nodavlat) agentliklar.
Noformal iqtisodiyot — pul muomalasining rasmiy doirasidan chetda
bajariladigan iqtisodiy operatsiya.
Nufus (aholi) — muayyan hudud, mintaqa, mamlakat yoki
sayyoramizda yashayotgan odamlarning yig‗indisi (insoniyat). N. alohida fan
132
sohasi bo‗lgan demografiyaning tadqiqot ob‘ekti, predmetidir. (qar.
Demografiya). Demografiya tushunchasi aholining joylashishi, miqdoriy
o‗sishi, tarkibiy o‗zgarishlarining qonuniyatlarini tadqiq qilish uchun 1855
y.da Fransuz olimi A.Giyar tomonidan muomalaga kiritildi. Shuningdek, bu
fan aholining miqdoriy va sifat jihatidan o‗zgarishlarni muayyan siyosiy
maqsadlar b-n muvofiqlashtiruvchi demografik siyosatning nazariy
asoslarini, aholining miqdoriy o‗sishi va o‗zgarishlari to‗g‗risidagi ilmiy
bashorat qilish usullari va h.k.larni ham o‗z ichiga oladi. Demografiya
tug‗ilish va o‗lim, nikoh va ajralishni, savodxonlik darajasi, ijtimoiy-sinfiy
struktura, aholining milliy, irqiy tarkibi, tili, aholi migratsiyasi, urbanizatsiya
va deurbanizatsiya jarayonlarining tub sabablarini o‗rganishni ham o‗z oldiga
vazifa qilib qo‗yadi. G‗arbda aholishunoslik fani N. o‗zgarishlarini asosan
biologik yoki geografik omillar b-n bog‗lab tushuntirishga urinadilar. Eng
ko‗p tarqalgan qarashlardan biri maltuschilik bo‗lib, unda aholi turmush
darajasi pastligining tub sababi sifatida aholining tug‗ilishi hisobiga stixiyali
tarzdagi
ko‗payishi
ko‗rsatiladi.
Shuningdek,
geografik
muhit
(Sh.Monteskyo), ya‘ni aholi ko‗payishiga hal etuvchi ta‘sir o‗tkazadigan
mo‗‗tadil tabiiy shart-sharoit deb hisoblaydigan qarashlar ham keng
tarqalgan.Keyingi paytlarda er shari N.ining o‗zgarishida ijtimoiy omilning
hal qiluvchi roli to‗g‗risidagi qarashlar keng yoyilmoqda. Xususan, Rim
klubi a‘zolari (J.Forrester, D. Medous, Mesorovich-Pestel, Yan Tinbergen,
A.King va b.lar) ilgari tabiiy omillar deb tushunilgan faktorlarning ham tub
asosida ijtimoiy omillar yotishini ko‗rsatib berdilar. Mas.: kishilar tomonidan
ishlab chiqarish sohasi doirasiga kiritilgan jo‗g‗rofiy maydon kengayishining
asosida, birinchi navbatda, miqdoriy jihatdan tobora ko‗payib borayotgan
aholi ehtiyojlarini to‗laroq qondirishga bo‗lgan intilish yotadi. o‗z navbatida,
aholining ko‗payishi esa sun‘iy (ijtimoiy) muhitning yanada mo‗‗tadillashuvi,
qulayligi asosida ham yuz beradi. Yer yuzi aholisining ko‗payishi har doim
ham bir xil suratda kechmagan. Agar yer yuzida ilk sivilizatsiyalar davrida
mil.av. oldingi 5-4 ming y.liklarda 25 mln. kishi yashagan bo‗lsa, mil. I-a.i
boshlarida bu ko‗rsatkich 230 mln.ga etgan. Mil. 2-ming y.ligi boshlarida 305
mln. kishini tashkil etgan bo‗lsa, (1800 y.) da esa bu miqdor 911 mln. kishini
tashkil etdi. XX-a.ning eng muhim belgilaridan biri, shubhasiz, ―demografik
portlash‖ hodisasidir. XX-a. o‗zidan oldingi asrlardan aholi miqdorining o‗ta
tez sur‘atlar b-n ko‗payishi b-n ajralib turadi. Agar 1900 y.da yer yuzi aholisi
1652 mln. bo‗lgan bo‗lsa, bu ko‗rsatkich 1999 y. (13 oktyabr) 6 mlrd.
kishidan oshib ketdi. XXI-a.ga kelib barcha mamlakatlarda aholining o‗sish
darajalarini o‗rganishni o‗zida mujassamlashtiruvchi demografik siyosat olib
borilmoqda. Chunki, mamlakatlarning taraqqiyotiga ta‘sir etayotgan asosiy
omillardan biri aynan, aholining tabiiy ko‗payishining yuqori sur‘ati
hisoblanadi. SHuning uchun aholining tabiiy o‗sishini mo‗‗tadillashtirishga
133
qaratilgan BMT qoshidagi maxsus oilani rejalashtirish qo‗mitasi bir necha
o‗n yillardan buyon faoliyat ko‗rsatmoqda. 1992 y.dan boshlab BMTning
teng huquqli a‘zosi sifatida e‘tirof etilgan mamlakatimiz ham oilani
rejalashtirish qo‗mitasiga a‘zo bo‗ldi. o‗zbekistonda o‗tkazilayotgan
demografik siyosatning tub maqsadi aholining ma‘naviy va jismoniy
barkamol bo‗lishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |