Madaniy meros – avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajriba,
axloqiy, ilmiy, tafakkuriy, diniy va ruhiy qarashlarda xalq madaniyati va ijodi
kabi moddiy hamda ma‘naviy boyliklar majmui.
Har bir davr o‗ziga xos
bo‗lgan M.m.ni yaratadi va kelajak avlodga qoldiradi. Mas., qad.yunon
madaniyatini oladigan bo‗lsak, o‗sha davrning fani adabiyoti va san‘ati
sohasidagi nodir asarlari insoniyatni hozirgacha hayratga solib kelmoqda.
103
Yaqin va o‗rta Sharq mamlakatlari, xususan, Markaziy Osiyoda o‗rta asrlarda
Uyg‗onish davri boshlanadi, dunyoviy va ilohiy ilmlar rivoj topdi. Fanning
turli sohalarida ulkan ishlar qilindi. Jahonga dong‗ti ketgan allomalar
Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon beruniy.
Hakim at-Termiziy, imom Buxoriy, Zamaxshariy, Marg‗inoniy, Motrudiy,
Ulug‗bek, Navoiy, Behzodlar tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-fal-iy va diniy qarashlari,
badiiy ijodlari b-n tarixda chuqur iz qoldirdilar. Markaziy Osiyo, xususan,
o‗zbekiston hududidan moddiy boylik bo‗lmish osori-atiqalar, yodgorliklar,
madaniy obidalar ko‗plab topiladi. Samarqand, Buxoro, qo‗qon, Termiz,
Xiva, Shahrisabz shaharlarida saqlanayotgan yodgorliklar, masjidu-
madrasalar,
maqbaralar
jahonning
ko‗p
mamlakatlaridan
kelgan
sayohatchilarni lol qoldirmoqda. Har bir davrning ma‘naviy va moddiy
madaniyati o‗sha tuzumdagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy ahvolini belgilaydi.
Madaniyat sohasida qo‗lga kiritilgan yutuqlar keyingi davrda yangi jamiyat
tomonidan o‗zlashtiriladi qayta ishlanadi va yangi mazmun b-n to‗ldiriladi,
sharoitga to‗g‗ri kelmaydigani inkor qilinadi. Madaniy
merosni
to‗g‗ri
tushunishda tadrijiylik, vorischilik qonuni muhim ahamiyatga ega. Zeroki,
tadrijiyliksiz turli bosqichlardagi taraqqiyotni, ular orasidagi aloqadorlikni
tushunish qiyin. Muayyan davrdagi madaniyat va uning yutuqlari to‗g‗ridan–
to‗g‗ri o‗zlashtirilmaydi, balki uni o‗rganib keraklisi saqlanib qolinadi va uni
rivojlantiriladi, keyingi avlod uchun avaylab saqlanadi. Lekin, ikkinchi
tomondan har bir ijtimoiy tuzumdan keyingisiga faqat madaniy merosning
ijobiylari o‗tadi, deyish ham bir yoqlamalikka olib keladi. Uning keyingi
davrlarga to‗g‗ri kelmaydigan, ijtimoiy taraqqiyotga to‗sqinlik qiluvchi
tomonlari ham o‗tishi mumkin. Bunda eskilik b-n yangilik, turg‗unlik b-n
taraqqiyot o‗rtasidagi ziddiyat paydo bo‗ladi. shunday qilib, har bir tarixiy
davrning madaniyati o‗tgan davrlar madaniy merosini o‗zlashtiradi, ya‘ni
vorislik aloqasida bo‗ladi. lekin ana shu M.m.ning hamma sohalari ham
yangi ijtimoiy tuzumga hamma vaqt to‗g‗ri kelavermaydi. Bu holda o‗tmish
madaniy boyliklari tanqidiy o‗rganilib, yangi jamiyatda yanada
rivojlantiriladi. Sho‗rolar istibdodi davrida madaniy merosga, ayniqsa,
milliy respublikalar M.m.siga, umuman olganda, salbiy munosabatda
bo‗lindi. Madaniyat va M.m.ga faqat sinfiy va partiyaviy tamoyillar nuqtai
nazaridan qaraldi. o‗tmishda yashab ijod etgan mutafakkirlarning ijodi va
dunyoqarashi ateizm mezonlari b-n o‗lchandi va diniylikda ayblandi, Ahmad
Yassaviy, buyuk davlat arbobi va madaniyat homiysi Amir Temur,
jadidchilarning tarix oldidagi xizmatlari qoralandi va ularning madaniyat,
ilm-fan sohasidagi ulkan ishlari tan olinmadi. Asrimizning 30-40 y.larida
milliy
madaniyatmiz
va
merosimizni
tiklashga
uringan
buyuk
vatandoshlarimz ta‘qibga uchradi, qatag‗on qilinib, surgun qilindi, ularning
talaygina qismi shohid bo‗ldilar.
Respublikamiz mustaqillika erishgach,
104
bunday nohaqsizliklarga chek qo‗yildi. Hoz. vaqtda Sho‗rolar davrida
taqiqlab qo‗yilgan urf-odat, marosim va an‘analar, milliy bayramlar qayta
tiklandi, o‗zbek tili davlat tili maqomini oldi, islom dini madaniyatimizning
tarkibiy qismiga aylandi, tariximiz qayta o‗rganilib chiqilmoqda. o‗tmishda
milliy madaniyatimiz ravnaqiga qayta katta hissa qo‗shgan buyuk
siymolarning
nomlari
tiklanib,
abadiylashtirilmoqda,
yubileylar
o‗tkazilmoqda. Xullas, milliy madaniy merosimizni xalq mulkiga aylantirish
borasida xalq ko‗p xayrli ishlar qilinmoqda. Bularning hammasi mustaqillik
sharofati tufaylidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |