Mardlik — muayyan madaniyat doirasida erkaklardan kutiladigan
xulq-atvor shakllari.
Marginal (lot. chet, chekka) — shaxs, ijtimoiy qatlam yoki guruh
muayyan jamiyat uchun xos tuzilmalar, ijtimoiy-madaniy me'yorlar, siyosiy
an'analar, xususiyatlarining ayrimlarini yoki barchasini yo‘qotish. U aholi va
individlarning jamiyat tarkibida gorizontal va vertikal ko‘chishi imkonyatlari
kengayishi bilan bog'liq.
Marginal guruh — barqaror yashash muhtiga ega bo‘lmagan, madaniy
va ijtimoiy-etnik birhilligini yo‘qotgan oraliq qatlamlar.
Marginal guruh — bir-birini istisno qiluvchi qadriyatlar, me'yorlar
ta'siridagi, turli ijtimoiy guruhlar, tizimlar, madaniyatlar chegarasidagi
odamlar guruhi.
Do'stlaringiz bilan baham: |