O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/293
Sana24.08.2021
Hajmi1,63 Mb.
#155158
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   293
Bog'liq
sotsiologiya fanidan izohli lugat

Kuzatish  –  ilmiy  bilishning  amaliy  metodlari  turkumidan  biri.  U  eng 
qad. tadqiqot vositasi hisoblanib, uzoq o‗tmishdan to hozirgi davrgacha ilmiy 
izlanuvchilarning  asosiy  tekshiruv  qurollaridan  biri  sifatida  xizmat  qilib 
kelmoqda.  Mazkur  metodning  ob‘ektiv  (tashqi)  va  sub‘ektiv  (ichki,  o‗zini-
o‗zi,  ya‘ni  introspeksiya  yo‗nalish)  K.  turlari  mavjud.  K.  orqali  tabiat 
hodisalari,  odamlarning  diqqati,  his-tuyg‗ulari,  asab  tizimining  tashqi 
ifodalari,  temperament  xususiyatlari,  imo-ishoralari,  sezgirligi,  xulq-atvori, 
nutq faoliyati va h.k. o‗rganiladi. Hatto tashqi K.da: ish ustidagi kayfiyatini, 
fikrning muayyan ob‘ektga yo‗naltirilganini, tashqi qo‗zg‗atuvchilar ta‘siriga 
berilmaslikni,  qiyofadagi  o‗zgarishlarni,  ko‗zdagi  g‗ayritabiiylikni, 
shuningdek  sinchkovlik,  teranlik,  termulish  kabi  ruhiy  holatlarni  kuzatib, 
tafakkur  jarayonidagi  o‗zgarishni  aniqlash  mumkin.  Bundan  tashqari, 
qo‗lning 
titrashi, 
asabiylashish, 
nutqning 
buzilishi, 
hissiyotning 
beqarorlashuvi  ham  inson  ruhiyatidagi  o‗zgarishlardan  ma‘lumot  beradi. 
Psixologiya  fanida  o‗zini  o‗zi  K.dan  (introspeksiyadan)  ham  foydalaniladi. 
CHet  el  psixologiyasida  o‗zini  o‗zi  K.ning  inson  ruhiyatini  o‗rganishdagi 
rolini  ifodalovchi  ilmiy-amaliy  materiallar  to‗plangan.  Lekin  inson  turli 
vaziyatlarda  o‗zini  o‗zi  bir  xil  boshqara  olmaganligi  tufayli  bu  metodning 
ilmiy ahamiyati ma‘lum darajada pasayadi. K. metodining texnologiyasi: 1) 
voqelik sodir bo‗lishini, atrof-muhitni, inson shaxsini K. muayyan qismlarga, 
yo‗nalishlarga  ajratish;  2)  K.ning  ko‗lami,  xususiyati  va  o‗ziga  xosligini 
aniqlash, ya‘ni uning nimalarga qaratilishini belgilab olish; 3) K. jarayonida 
barcha  holat,  alomat  va  tashqi  qiyofa,  ko‗rinishining  o‗ziga  xosligini  qayd 
qilish; 4) K. davomida to‗plangan omillar, ma‘lumotlarni matematik statistika 
metodlari  yordami  b-n  hisoblab  chiqish.  K.ning  maqsadi  (kuzatiluvchi 
vaziyatga  ishonch  hosil  qilish),  ob‘ekti  (guruh,  tabiat,  hayvonot  olami, 
muomala  jarayoni,  shaxsning  faoliyati),  predmeti  (ruhiy  holat,  hodisa, 


 
97 
jarayon,  sifat,  fazilat,  xislat),  nutq  aktlari,  noverbal  nutq  ifodasi,  vegetativ 
reaksiyaning  ko‗rinishi  o‗rganishning  asosiy  tarkiblaridir.  K.ning  turlari 
(sistemali,  epizodli,  dala  sharoitli,  laboratoriyaviy,  tabiiy,  xronologiyali, 
davriy,  bir  martali)  vositalari  (F.Gilbertning  ―Ish  kuni  fotografiyasi‖, 
A.K.Gostev xronokartasi), shakllari (aralashib yashirish K., kuzatiluvchining 
psixologik  qiyofasini  yaratish,  aralashib  oshkora  K.,  xulq-atvor  portretini 
tahlil  qilish  va  h.k.)  mavjud.  K.  jarayonida  R.Beylzaning  intreaksiya 
metodikasini  (bahs,  munozara  kezida  o‗zaro  ta‘sir  o‗tkakzish  imkoniyatini 
aniqlash  uchun)  qo‗llash  ijobiy  natijalar  beradi.  K.  tabiiy  jarayonlarni 
o‗rganishda  narsalar  mohiyati,  K.  maqsadiga  ko‗ra  oddiy,  vizual  va  ilmiy, 
muayyan texnik vositalar ko‗magida amalga oshiriladi.  

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish