Kontent taxlil - sotsiologik axborot mazmunini xujjatlar asosida
miqdoriy va sifat jihatida o‗rganish uslubi.
Korrelyasiya (correlation) — ikki kattalik yoki o‗zgaruvchanlik ora-
sidagi statistik shaklda ifodalanadigan barqaror munosabat. Korrelyasiya
ijobiy bo‗lishi ham, salbiy bo‗lishi ham mumkin.
Korrelyasiyali taxlil - o‗rganilayotgan ob‘ektlar belgilari orasidagi
statistik aloqalarni o‗rganishda qo‗llaniladitan matematik tartib-qoidalar.
Kreatsionizm – butun borliqni Xudo yaratgan deb hisoblaydigan diniy
ta‘limot.
Kommunizm — Marks tomonidan olg‗a surilgan, Lenin tomonidan
rivojlantirilgan, mafkura darajasiga ko‗tarilgan, Sovet Ittifoqi, Sharqiy
Evropa va uchinchi dunyodagi ba‘zi mamlakatlarda amalga oshirish uchun
harakat qilingan siyosiy g‗oyalar tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |