Suv sarfi sxemasi quyidagi tartibda hisoblanadi Dastlabki ko‘rsatkichlarning son qiymati belgilanadi.
YOrdamchi jadval tuziladi va sifat sxemasidan mahsulotlarning og‘irligi va dastlabki ko‘rsatgichlar yoziladi.
Wn=Rn Qn formula orqali dastlabki ko‘rsatgichlar bo‘yicha R ning qiymati, ma’lum mahsulotlar va operatsiyalar uchun suvning miqdori hisoblanadi va yordamchi jadvalga yoziladi.
Balans tenglamalari orqali alohida mahsulotlarga qo‘shiladigan suvning miqdori aniqlanadi va bir vaqtning o‘zida sxemaning barcha mahsulotlaridagi suvning miqdori aniqlanadi.
(9) formula orqali Rn ning qiymati aniqlanadi.
(12) formula orqali xamma mahsulotlar va operatsiyalar uchun bo‘tananing xajmi hisoblanadi.
Suv sarfi sxemasini hisoblashning natijalari jadval va grafik tarzida beriladi.