O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

 
 
 1.2. Jahon xo’jaligini rivojlanish bosqichlari va tendentsiyalari 
 
Jahon xo’jaligi o’zining vujudga kelishi va rivojlanishida uzoq va qiyin yo’l 
bosib o’tdi. Ayrim tadqiqotchilar uning vujudga kelishini Rim imperiyasi davri bilan 
bog’lashadi (er.avv.gi II va eramizning I asrlari). Bunda ular Rim imperiyasini o’sha 
vaqtdagi butunjahon xo’jalik tizimi deb baholaydilar. Boshqa olimlar jahon 
xo’jaligini faoliyat ko’rsata boshlagan davrni XV-XVI asrlar, ya’ni buyuk jug’rofiy 
kashfiyotlar davri bilan bog’laydilar. Aynan shu kashfiyotlar qimmatbaho toshlar, 
metallar, shirinliklar va qullar bilan xalqaro savdoning tez rivojlanishiga sabab 
bo’ldi. Ammo bu davrdagi jahon xo’jaligi cheklangan bo’lib, faqat savdogarlarning 
sarmoyalari ishlaydigan soha bo’lgan edi xalos. 
Zamonaviy jahon xo’jaligi sanoat inqilobidan keyin, kapitalning monopol 
bosqichiga o’tishi davomida vujudga keldi.
XXI asr bo’sag’asidagi jahon xo’jaligi - o’z miqyosiga ko’ra globaldir; u to’liq 
ravishda bozor iqtisodiyotining tamoyillari, xalqaro mehnat taqsimotining ob’ektiv 
qonuniyatlariga, ishlab chiqarishning baynalminallashuviga asoslanadi. Ikkinchi 
jaxon urushidan keyingi o’n yilliklarda jahon xo’jaligini rivojlanish yetakchi 
tendentsiyalaridan biri, bu ko’plab davlatlarning birin-ketin yopiq milliy xo’jalikdan 
tashqi bozorga yuz tutgan iqtisodiy ochiq tipdagi xo’jalikka o’tishidir. Aynan ana 
shu davrda AQSH olimlari “Ochiq savdo”, “Ochiq iqtisodiyot” degan tezislar bilan 
chiqdilar. Bu avvalo jahon bozorida o’z hukmronligini o’tkazish bilan bog’liq edi. 
Ikkinchi jahon urushidan g’olib va yanada boyib chiqqan AQSH hukumati 
tomonidan yangi iqtisodiy tartib qo’llanmalari taklif etildi. Bunday “erkin savdo” va 
“ochiq iqtisodiyot” tezislari hukmron iqtisodiyotning kamroq rivojlangan 
davlatlarga qarshi qaratilgan quroli, shuningdek amerika korporatsiyalarining tutib 
bo’lmas ekspansiyaga intilishlari edi.
Ammo urushdan keyingi yillarda dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy holatning o’zgara 
borishi bilan bog’liq holda “Ochiq iqtisodiyot” haqidagi tezis amerika 
ekspansionizmining manfaatlariga yo’naltirilganlikni yo’qota borib, jahon xo’jalik 
aloqalarining baynalminallashuvi ma’nosini ola boshladi. 
Jahon iqtisodiyotda ochiq iqtisodiyotni shakllanishida davlat muhim rol 
o’ynadi. Davlat tovar va xizmatlar olib chiqishni rag’batlantirib, xorijiy firmalar 
bilan kooperatsiyalarga, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlanishiga yordamlashib, 
o’ziga eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarishni rag’batlantirish funktsiyasini oldi. 
CHet eldan investitsiyalar, texnologiyalar, ishchi kuchi va axborot vositalarini oqib 
kelishini yengillashtiruvchi mustaxkam huquqiy asos yaratildi. 
Jahon iqtisodiyotida va XIMda “Erkin savdo” va “Ochiq iqtisodiyot” 
tushunchalarini farqlash lozim. “Erkin savdo” haqidagi kontseptsiya A.Smitning 
siyosiy iqtisodiyotidan boshlanib u va zamonaviy amerika iqtisodchilarining 
kashfiyoti emas. “Ochiq iqtisodiyot” tushunchasi aslida ishlab chiqarish omillari, 
axborot, milliy valyutalarning o’zaro almashuvining erkin harakatini o’z ichiga 


olgan tovarlar savdosi ko’rinishida bo’lib ,u “erkin savdo” tezisidan kengrok 
tushunchadir. 
Ochiq iqtisodiyotni avtarkiya, o’z-o’zini ta’minlash iqtisodiyoti, haddan 
tashqari o’z kuchiga suyanishning antipodi sifatida ham tushunish lozim. Ochiq 
iqtisodiyotning vujudga kelishi - bu jahon rivojlanishining ob’ektiv tendentsiyasidir. 
Ochiq iqtisodiyot tamoyillariga mos ravishda harakat qilish bu – jahon bozori 
standartlarini tan olish, uning qonunlari asosida harakat qilishdir. 
Ochiq iqtisodiyot ichki bozorning chet el kapitali, tovarlari, texnologiyalari, 
axborotlari, ishchi kuchining oqimi uchun aqlga to’g’ri keladigan darajada 
ochiqligini nazarda tutadi. 
Ochiq iqtisodiyotning afzalliklari quyidagilardir: 
-
ishlab 
chiqarishni 
ixtisoslashuvi 
va 
kooperatsiyalashuvining chuqurlashishi; 
-
resurslarni mulohazakorlik bilan samaradorlik 
darajasiga qarab taqsimlash; 
-
xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimi orqali jahon 
tajribasining tarqalishi; 
-
jahon 
bozoridagi 
raqobat 
tomonidan 
rag’batlantiriladigan milliy ishlab chiqaruvchilar orasida 
raqobatning kuchayishi. 
SHakllanib bo’lgan ochiq iqtisodiyot va ochiq iqtisodiyotga o’tish bir xil narsa 
emas. Ochiq iqtisodiyot davlatning tashqi iqtisodiy aloqalarida nazoratsizlik va 
hamma narsa mumkin, chegaralar ochiq degani emas. Ochiq iqtisodiyot uning aqlga 
sig’adigan darajada amalga oshirish mexanizmini shakllantirishda davlatning 
sezilarli aralashuvini talab qiladi. Hech bir mamlakatda iqtisodiyotning mutlak 
(absolyut) ochiqligi yo’q. 
Ochiqlik miqdorining birinchi darajali indiqatoriga eksport va importning yalpi 
ichki mahsulotdagi (YaIM) ulushini kiritish mumkin. Ularning kombinatsiyasi 
alohida milliy iqtisodiyotlarning jahon bozori bilan aloqalarining miqyosi haqida 
tushuncha beradi. SHunday qilib, eksportning YaIMga munosabati eksport kvotasi 
sifatida aniqlanadi: 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish