O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

Ek = E/YaIM x 100%

bu yerda 
Ek
- eksport kvotasi, 
E
- eksport hajmi. 
Agar 
Ek
10% bo’lsa, iqtisodiyotning ochiqligi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Iqtisodiyot ochiqligining boshqa ko’rsatkichi import bilan YaIM munosabatidan 
kelib chiquvchi import kvotasi ko’rsatkichidir: 
Ik = I/YaIM x 100%

bu yerda 
Ik
- import kvotasi, 
I
- import hajmi. 
Ochiqlikning kompleks ko’rsatkichlaridan biri deb odatda tashqi savdo kvotasi 
ko’rsatiladi: 
TSk = TS/YaIM x 100%

bu yerda 
TSk 
-tashqi savdo kvotasi, 
TS 
- tashqi savdo aylanmasining hajmi. 
Bu ko’rsatkichning kamchiligi unda kapital eksporti kattaligining hisobga 
olinmaganligidir. 
SHuni ta’kidlash lozimki, ko’rsatib berilgan koeffitsient va ko’rsatkichlar har 


doim ham iqtisodiyot Ochiqligining holatini to’liq ko’rsata olmaydi. Masalan, tashqi 
savdo kvotasi ma’lum ma’noda iqtisodiyot ochiqligini namoyish qilsa ham, uning 
sintetik ko’rsatkichi bo’la olmaydi. Tashqi savdo kvotasi asosan davlatning xalqaro 
mehnat taqsimotidagi ishtirokini ko’rsatadi. Bu esa ochiq iqtisodiyot 
tushunchasining bir qismi xolos. Iqtisodiyot ochiqligi ko’rsatkichi esa murakkabrok 
kompleks ko’rsatkichdir. 
 1.3. Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish 
xususiyatlari 
Intensiv davlatlararo iqtisodiy aloqalarning hozirgi darajasi quyidagilarni 
ko’rsatadi: 
-
jahon xo’jaligida xalqaro mehnat taqsimoti darajasining chuqurligini; 
-
an’anaviy xalqaro tayyor mahsulotlar savdosi miqyoslarining kengayishi va 
xarakterining o’zgarganligini (u ko’p jihatdan milliy ishlab chiqarish jarayonlariga 
to’g’ridan-to’g’ri xizmat qila boshlaydi); 
-
kapital migratsiyasining intensivlashganligini; 
-
ilmiy-texnik bilimlar almashuvining tezlashganligi va shuningdek xizmatlar 
sohasining rivojlanganligini; 
-
ishchi kuchi migratsiyasining sezilarli darajada o’sganligini (xalqaro ishchi 
kuchi migratsiyasi xalqaro xo’jalikning baynalminallashuvining muhim qismi bo’lib 
qolmoqda); 
-
davlatlar 
va 
mintaqalar 
o’rtasidagi iqtisodiy integratsiyalashuv 
jarayonlarining tezlashishi va kengayishini. Sanoati rivojlangan davlatlarning 
savdo, ishlab chiqarish va kredit-moliya sohasida erishilgan yutuqlar darajasi jahon 
xo’jaligining shakllanishini ko’rinishi bo’lib xizmat qiladi. Uning ishtirokchilari 
davlat chegaralarining mavjudligiga qaramay umumiy xo’jalik tizimining tarkibiy 
qismi sifatida faoliyat ko’rsatadilar. Xo’jalik hayotining baynalminallashuvi 
tushunchasi ortida alohida davlatlarni global jahon majmuiga birlashtiruvchi ko’p 
darajali jahon xo’jalik aloqalari tizimining samarali ishlashi turadi. 
Baynalminallashuv alohida milliy iqtisodiy tizimlarning o’sib borayotgan 
o’zaro aloqa va o’zaro bog’liqligini xarakterlaydi. XX asrda ayirboshlashning 
baynalminallashuvi kapital va ishlab chiqarishning baynalminallashuviga aylanadi, 
ITI ta’sirida rivojlanishda sezilarli turtki oladi (XX asr 50-yillarining o’rtalari). 
Xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasi keskin o’sdi. Yirik 
miqyosdagi ixtisoslashgan ishlab chiqarish uchun ichki bozorlar doirasi torlik qila 
boshlab, u ob’ektiv ravishda milliy chegaralardan chiqa boshlaydi. 
ITI ta’sirida ishlab chiqarishning baynalminallashuvi shunday holatni yuzaga 
keltiradiki, u har qanday mamlakat uchun “shaxsiy ishlab chiqarishga” ega bo’lish 
foydasiz bo’lib alohida milliy iqtisodiyotlar esa yanada ko’proq jahon xo’jaligiga 
integratsiyalashadilar. Ishchi kuchi harakati, kadrlar tayyorlash, mutaxassislar bilan 
almashish yanada baynalminal xarakterga ega bo’ladi. 
Ushbu aloqalar va rivojlanishining istiqboli shakllanish qonuniyatlarini 
tekshirish shuni ko’rsatmoqdaki, jahon xo’jaligini rivojlanishining asosiy 
tendentsiyasi bo’lib kapital, tovar va xizmatlarning yagona planetar bozorini tashkil 
qilish va alohida davlatlarni yagona jahon xo’jaligi majmuiga birlashtirishga 


bo’lgan harakat hisoblanadi. Bu esa global iqtisodiyot masalalarini xalqaro 
iqtisodiyot munosabatlar tizimi majmui sifatida o’rganish zaruriyatini keltirib 
chiqaradi. Bu esa xalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqacha qilib aytganda 
yuqorirok darajasidir. 
Jahon iqtisodiyoti va XIMda globalizatsiya fenomenini ikki tomonlama, ya’ni 
makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajada ko’rib chiqish mumkin. Makroiqtisodiy 
darajada globalizatsiya – bu, davlatlar va alohida mintaqalarning chegaralaridan 
tashqarida iqtisodiy faoliyat ko’rsatishga bo’lgan umumiy intilishlari tushiniladi. 
Bunday intilishlarning ko’rinishlari - liberalizatsiya, savdo va investitsion 
to’siqlarning olib tashlanishi, erkin tadbirkorlik zonalari tashkil etish va h.k.lar 
hisoblanadi. Mikroiqtisodiy darajadagi globalizatsiya esa korxona faoliyatining 
ichki bozor chegaralaridan tashqarida kengayishi tushiniladi. Tadbirkorlik 
faoliyatining millatlararo yoki ko’pmilliy yo’nalganligidan farqli ravishda
globalizatsiya jahon bozori yoki “jahon uchligi” (SHimoliy Amerika, g’arbiy 
Yevropa, Yaponiya) bozorlarini o’zlashtirishda yagona yondashishni tushiniladi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish