O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


-MAVZU. JAHON XO’JALIGI VA XALQARO IQTISODIY



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

1-MAVZU. JAHON XO’JALIGI VA XALQARO IQTISODIY 
MUNOSABATLAR: ASOSIY KO’RINISHLARI VA XUSUSIYaTLARI. 
XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI 
 
 1.1. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanining 
predmeti 
 
XX asrning ikkinchi yarmida jahon xo’jaligini faoliyatining o’ziga xos 
tomonlaridan biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning jadal ravishda rivojlanib 
borishidir. Jahon xo’jaligida davlatlar guruhlari va iqtisodiy guruhlar, alohida firma 
va tashkilotlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tobora kengayib, chuqurlashib 
bormoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va xo’jalik 
hayotining baynalminallashuvida, ularning bir-biriga bog’liqligi va yaqinlashuvida, 
mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon 
bo’lmoqda. 
SHunisi xarakterliki, o’zaro hamkorlik va yaqinlashish jarayonlari qarama-
qarshi, dialektik xarakterga ega. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning dialektikasi 
shundaki, ayrim mamlakatlarning iqtisodiy mustaqillikka, milliy xo’jalikni 
mustahkamlashga intilishi, oqibat natijada jahon xo’jaligini yanada ko’proq 
baynalminallashuviga, milliy iqtisodiyotning ochiqligiga, xalqaro mehnat 
taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar ikki asosiy qismdan, ya’ni, xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarning o’zi va uni amalga oshirish mexanizmidan iboratdir. Xalqaro 
iqtisodiy munosabatlar o’z ichiga alohida mamlakatlarni, ularning mintaqaviy 
birlashmalarini, shuningdek alohida korxonalarning (transmilliy, ko’pmilliy 
korporatsiyalarni) jahon xo’jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan 
iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
mexanizmi esa o’z ichiga huquqiy me’yorlarni va ularni amalga oshirish vositalarini 
(xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, “kodekslar”, hartiyalar va h.k.), xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida amalga oshirishga yo’naltirilgan 
xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
(XIM) tizimiga quyidagilar kiradi: 
1
Xalqaro mehnat taqsimoti. 
2
Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi. 
3
Xalqaro kapital va xorijiy investitsiyalar harakati. 
4
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi 
5
Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari. 
6
Xalqaro iqtisodiy integratsiya. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (asosan savdo) jahon xo’jaligi vujudga 
kelmasdan oldin ham mavjud bo’lgan. Masalan: Yevropa davlatlari o’rtasidagi XIM, 
mintaqalar (Evropa-SHimoliy Afrika, Yevropa-Yaqin SHarq va h.k.) o’rtasidagi 
xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Bu munosabatlar mintaqaviy xarakterga ega 
bo’lgan. Jahon xo’jaligining vujudga kelishi (XVIII asr oxiri va XIX asr boshlari) 
va rivojlanishi bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlar kengaydi va chuqurlashib, 
global xarakterga ega bo’ldi.


Zamonaviy jahon xo’jaligi bu - bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonunlariga 
bo’ysinuvchi, o’zaro bog’liq bo’lgan milliy iqtisodiyotlar birlashmasi, global 
iqtisodiy organizmdir.

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish