rayon kombinatlari
to`g‘risida
nazariyasini yaratdi. 30-yillarda esa bu muhim masalani chuqur o`rganib, rayon ishlab chiqarish
kombinatlarini (RICHK) barpo etish lozimligini ta‘kidladi. Keyinchalik N.N. Kolosovskiy
I.G.Aleksandrovning
rayon ishlab chiqarish kombinatlari
to`g‘risidagi nazariy ishidan Ural,
Sibir‘, va Qozog‘iston kabi sobiq Ittifoqning yirik rayonlar misolida amaliy foydalandi, uni
boyitdi va shu asosda o`zining rayon komplekslari to`g‘risidagi ilmiy g‘oyasini yaratdi.
N.N. Kolosovskiy 1947 yilda
hududiy ishlab chiqarish
(aniqrog‘i ishlab chiqarishning
hududiy birikmalari yoki komplekslari) mavzusida o`z maqolasini chop ettirdi. Uning fikricha,
bu nazariyaning asosiy mohiyatini ma‘lum bir hududa yoki iqtisodiy rayonda ishlab chiqarish
korxonalari va aholi punktlarini bir biri bilan bog‘liq holda rivojlanishi va joylanishi tashkil
etildi. U ishlab chiqarishning hududiy majmuasini iqtisodiy geografiya fanining tarkibiy qismi
ekanligini ta‘kidlab, ayni paytda ma‘lum hududda o`rnashgan ishlab chiqarish korxonalarning
yig‘indisi har doim ham majmua hosil qilmaydi, deb uqtiradi. Bunday holda korxonalarning
oddiy hududiy guruxi tashkil bo`ladi xolos. Demak, har qanday hududiy majmua bu korxonalar
guruxi, ammo har qanday gurux majmua bo`la olmaydi.
Keyinchalik hududiy ishlab chiqarish majmualari nazariyasini rivojlantirishda
N.T.Agafanov,
M.K.Bandman,
T.M.Kalashnikova,
A.T.Xrushev,
M.D.SHarigin,
Z.M.Akramov, O.Abdullaev, K.Abirqulov, A.Ro`ziev, K.N.Bedrintsev, O.B. Otamirzaev,
A.S.Soliev, A.M.Sodiqov kabi qator olimlar o`z xissalarini qo`shganlar.
Ma‘lumki, hududiy mehnat taqsimoti iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy
tushunchasi bo`lib, uning zaminida iqtisodiy rayonlar va hududiy ishlab chiqarish majmualari
vujudga keladi. Boshqacha aytganda, hududiy mehnat taqsimoti birlamchi qolgan ikkitasi esa
uning natijasi, xosilasidir.
N.N.
Kolosovskiy ishlab chiqarishning hududiy majmualari yoki tushunchasi iqtisodiy
rayonlar o`rnini egallamasligi kerak, ular iqtisodiy rayonlarning asosini tashkil etadi xolos, deb
ta‘kidlagan edi. Darxaqiqat, hududiy ishlab chiqarish majmualari o`zining mazmun va mohiyati
jihatidan, korxonalarning ma‘lum bir nuqtadagi yoki joydagi turg‘un birikmasi sifatida iqtisodiy
rayondan sezilarli darajada farq qiladi.
Biroq turli bosqichdagi iqtisodiy rayonlar ham hududiy ishlab chiqarish majmualari
tarzida ko`rilsa bo`ladi. Masalan, O`zbekiston Rspublikasida Farg‘ona vodiysi, Toshkent viloyati
hududiy ishlab chiqarish majmualari va xokazo. Savol tug‘ilishi mumkin: xaqiqatda yoki real
59
vaqelikda hududiy ishlab chiqarish majmualari qaerda vujudga keladi va har qanday joyning
ishlab chiqarish korxonalar birlashmasini hududiy majmua deb atash mumkinmi? Bu erda
bizning fikrimizcha, masalaga har tomonlama yondashish kerak va hududiy ishlab chiqarish
majmualarning mohiyatiga ko`ra har hil bo`lishni o`quvchilarga yaxshilab tushuntirilishi zarur.
Aks holda, chalkashliklar vujudga kelishi muqarrar.
Har qanday iqtisodiy rayon xo`jaligi o`zining mazmuni va maqsadiga muvofiq har
tomonlama rivojlanishi lozim. Ana shu nuqtai nazardan iqtisodiy rayonlar xo`jaligining
potentsial hududiy ishlab chiqarish majmualari sifatida ko`rish mumkin. Bu erda
tushunmovchilikka imkoniyat qoldirmaslik uchun bunday hududiy ishlab chiqarish majmualarini
- rayonlar darajasidagi majmualar deb yuritishni taklif etamiz. Ma‘lum bir joyda ishlab chiqarish
korxonalarning o`zaro bog‘liq holda joylanishidan vujudga kelgan majmualar esa tom
ma‘nodagi hududiy ishlab chiqarish majmualari hisoblanadi.
Iqtisodiy geografiya asoschisi N.N.Baranskiy shogirdlaridan biri M.K.Bandman bunday
hududiy ishlab chiqarish majmualarini «dasturli» yoki mamlakat ahamiyatiga ega bo`lgan
muhim bir muammoni hal etishga, bir maqsadga qaratilgan majmualar qatoriga kiritilgan.
SHu bilan birga bunday majmualar har doim ham ma‘muriy chegaralarga mos kelmaydi,
ular bu darajadan keng yoki tor bo`lishi mumkin. Masalan, Qashqadaryoda vujudga kelayotgan
hududiy ishlab chiqarish majmualari ikki yo`nalishda bo`lib (agrosanoat va yoqilg‘i
energetika), u butun viloyat hududini egallamaydi, majmua asosan viloyatning quyi qismida,
Qarshi dashti doirasida shakllanmoqda.
Hududiy ishlab chiqarish majmualari qaysi ma‘noda tushunilmasin, ular iqtisodiy
geografiyaning o`rganishda muhim va unumli g‘oyadir. Bu o`quvchilardan rayon xo`jaligini
alohida tizim sifatida yondashishni va tarkib bo`yicha tahlil qilish, ishlab chiqarish korxonalari
orasidagi aloqadorlikni bilishni talab etadi.
Tom ma‘noda hududiy ishlab chiqarish majmualari odatda, yangi o`zlashtirilayotgan
rayonlarda, ulkan tabiiy boylik va ayniqsa yoqilg‘i-energetika asosida shakllanadi. Bunga misol
qilib Angren - Olmaliq, Qarshi yoki Mirzacho`l, Buxoro, Navoiy majmualarini ko`rsatish o`rinli.
Albatta, tarixiy rivojlanish davomida avval o`zlashtirilgan yerlarda vujudga kelgan
xo`jalikning hududiy to‘zilmasini takomillashgan majmuaga aylantirishga qaraganda, yangi
joyda bu maqsadga erishish osonroqdir. Majmua yaratuvchi tarmoq sifatida esa ko`proq yoqilg‘i
- energetika sanoati asos bo`lib xizmat qilishi tabiiydir. Hududiy ishlab chiqarish majmualarda
arzon elektroenergiya ko`p ist‘emol qiluvchi tarmoqlarni o`ziga «tortadi». Masalan, bu erda
alyuminiy zavodi barpo etilishi mumkin.
Markaziy Osiyo va ayniqsa, O`zbekiston Respbulikasida hududiy ishlab chiqarish
majmualari o`ziga xos mintaqaviy xususiyatlarga ega. Jumladan, bunday hududiy majmualar
respublikada qo`lay tabiiy sharoitida, aholi va mehnat resurslari bilan yaxshi ta‘minlangan
rayonda va faqatgina energetika emas, balki agrosanoat asosida ham vujudga kelmoqda. Demak,
O`zbekiston hududiy ishlab chiqarish majmualari sug‘orilgan dexqonchilik, agrosanoat
tarmoqlari va mehnatni ko`p talab qiluvchi korxonalarni o`z ichiga olar ekan. Bunga yaqqol
misol bo`lib Farg‘ona majmuasi xizmat qiladi.
Keng ma‘noda yoki xaqiqiy hududiy ishlab chiqarish majmualar ham turli bosqichda
bo`ladi. CHunonchi, xatto oddiy sanoat agrosanoat tuguni ham bunday majmua sifatida
ko`rinishi mumkin. Bu shubxasiz, ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishida nihoyatda
ilg‘or va iqtisodiy jihatdan samarador bo`lib, viloyatlar yoki rayonlarning mamlakatimiz mehnat
taqsimotida tutgan o`rnini belgilab beradi.
60
Ushbu g‘oyani axamiyati milliy iqtisodiyotini davlat tomonidan boshqarishda katta
mazmunga ega. Ayniqsa, mustaqil mamlakatning izchil hududiy siyosatni amalga oshirishda
hududiy ishlab chiqarish majmualari g‘oyasini tadbik etish juda qo`l keladi. Biroq bunday
majmualarni katta hududlardan ko`ra kichik joyda ixcham qilib yaratish ko`proq samara beradi
va ularni boshqarish ham qo`lay bo`ladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi kichik hududiy
ishlab chiqarish majmualari aynan shuni isbotlaydi.
Nazariy jihatdan to`g‘ri bo`lgan bu g‘oyani amaliyotda (masalan sobiq ittifoq sharoitida)
yaxshi natijalar bermaganligi asosiy sababi ham eng avvalo o`ta katta hududlarda bunday
majmualarni yaratishga intilish bo`ldi. Turi yo`nalishdagi hududiy ishlab chiqarish majmualar
G‘arbiy Sibir, Janubiy YOqutiston kabi ulkan hududlarda ko`zda tutilgan edi, biroq amalda ular
shakllanmadi. CHunki hudud benixoya katta, ishlab chiqarish esa faqat bir tomonlama, asosan
xom-ashyoni qazib olishga ixtisoslashgan xo`jalik turkumi vujudga keldi xolos. Boshqa
tarmoqlar va ular uchun umumiy bo`lgan infrasturktura tizimi ham deyarli barpo etilmadi,
ijtimoiy sohalar, ekologik muammolari esa butunlay inobatga olinmadi. Bundan tashqari
majmualarni boshqaruvchi tashkilot ham bo`lmadi. Xullas, xaqiqiy hududiy ishlab chiqarish
majmualari vujudga kelmadi. Yuqoridagi fikr shundan dalolat beradiki, bunday majmualarni
kichik joyda yaratish ma‘qul. Chunonchi, O`zbekiston sharoitida paxta tozalash zavodi bilan
yonma - yon yoki uning yaqiniga yog‘ zavodi qurish maqsadga muvofiq bo`ladi. Agar ular
yaqinida paxtazorlar va chorvachilik fermalari bo`lsa ayni muddao bo`lar edi.
Hududiy ishlab chiqarish majmualar iqtisodiy geografiyaning boshqa bir muhim ilmiy -
amaliy g‘oyasidan farq qiladi. Bu ham bo`lsa energiya ishlab chiqarish tsikllari nazariyasidir.
Energiya ishlab chiqarish tsikllari ma‘lum bir ishlab chiqarish jarayoni atrofida muayan xom -
ashyo va energiya negizida vujudga kelgan, texnologik jihatdan bir biri bilan bog‘liq bo`lgan
ishlab chiqarish turkumining turg‘un birligidir. Demak, bu erda asosiy e‘tibor ishlab
chiqarishning texnologik aloqadorligiga beriladi, vaxolanki, hududiy ishlab chiqarish
majmualarida esa bu vazifani hududiy birlik o`taydi. Ayni shu jihatdan energiya ishlab chiqish
tsikllari hududiylik xususiyatiga ega emas; tsikllar ma‘lum darajada mavxum ishlab
chiqarishning turkum yoki tartib birligini anglatadi. Binobarin muayyan energiya ishlab
chiqarish tsikllariga kiruvchi korxonalar yoki «zanjirchalar» mamlakat hududining turli joylarida
mavjud bo`lishi mumkin. Masalan, Rossiya Federatsiyasi, Markaziy iqtisodiy rayonidagi
to`qimachilik sanoat tsiklining dastlabki (xom - ashyo va uni qayta ishlash bo`limi) shu
mintaqada emas, balki O`rta Osiyo Respublikalarida joylashgan.
SHu bilan birga, energiya ishlab chiqarish tsikli bu xalq xo`jalik tarmog‘i emas, xatto
tarmoqlar birikmasi ham emas, balki u umuman ishlab chiqarishning texnologik birligidir. Biroq
bu erda ham xuddi hududiy ishlab chiqarish majmualari uchun o‘zak (bosh) majmua xosil
qiluvchi omil yoki tarmoq bo`lganidek, energiya ishlab chiqarish tsiklida asosiy ishlab chiqarish
jarayoni mavjud bo`ladi. Jumladan, qora metallurgiyaning pirometallurgiya tsikli uchun metall
(cho`yan, po`lat va prokat) ishlab chiqarish, respublikamizdagi agrosanoat tsikli uchun esa
sug‘oriladigan yerlarda paxta etishtirish, uni qayta ishlash, to`qimachilikni rivojlantirish asosiy
jarayon hisoblanadi.
Energiya ishlab chiqarish tsikli tasvirini daraxt shaklida tasavvur qilish qo`lay. Bunda
daraxt tanasi asosiy ishlab chiqarish jarayoni, uning shox va shoxchalari esa ushbu jarayon
atrofidagi texnologik jihatdan aloqador ishlab chiqarish korxonalarini anglatadi. SHu nuqtai
nazardan energiya ishlab chiqarish tsikli xuduiy ishlab chiqarish majmualari va iqtisodiy
rayonlar ichki to‘zilishini, tarkibini tahlil etishda aniq va samarali uslub bo`lib xizmat qiladi.
61
Bundan tashqari, mazkur tsiklning ekologik axamiyati ham beqiyos, chunki u mohiyatdan
chiqindisiz, o‘zluksiz texnologik jarayonga asoslangan.
Hududiy ishlab chiqarish majmualari eng avvalo iqtisodiy geografiyaning tadqiqot
ob‘ekti hisoblanadi. SHu bilan birga iqtisodiy va ijtimoiy geografiya faqatgina iqtisodiy
qismdan iborat emas. Mualliflarning fikricha, bu fan doirasida uch asosiy blok ajratiladi,
iqtisodiy geografiya, sotsial - iqtisodiy geografiya va sotsial geografiya. Ularning har biriga mos
ravishda hududiy majmualar turkumi mavjud.
Hududiy iqtisodiy yoki ishlab chiqarish majmuasi, hududiy sotsial-iqtisodiy majmua va
xuduiy sotsial majmualaridir. Biroq, ularning hududiy to`plami bir xil emas - birinchisi
ikkinchisidan, ikkinchisi uchinchisidan kattaroq bo`ladi. Sotsial - iqtisodiy majmualarga shahar
yoki shahar aglomeratsiyalarni, hududiy sotsial majmualarga esa kichik aholi punktlari, turli
kasb yoki millat vakillari yashaydigan hududiy birlik, maishiy xizmat ko‘rsatish kombinatlari,
maxalla va xokazolarni kiritish mumkin. Tabiiyki, ularni faoliyat doirasi chegarasi har xil.
Yuqoridagi uch turdagi majmualar birligi umumiy yoki hududiy ijtimoiy tizimlarni
shakllantiradi. Bu esa iqtisodiy geografiyaning ob‘ekti hisoblanadiki, unga ko`rilgandan tashqari
siyosiy geografik (xuduiy-siyosiy), geosiyosiy birliklar kiradi. SHunday qilib, ijtimoiy
geografiyaning asosiy tarkibiy qismlariga muvofiq ravishda hududiy majmualarni ko‘rsatish
mumkin.
Fanning bosh masalalaridan biri ana shu turli funktsional turdagi va yiriklikdagi
majmualarning shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini, ularning o`zaro hududiy munosabatini
keng va chuqur o`rganishdan iborat, bu esa ma‘lum maqsadga yo`naltirilgan dasturga yondashuv
bo`lib, u tizim - tarkib, muammo-majmua uslubiga to`g‘ri keladi va bunday mukammal hududiy
birikmalarni boshqarishda katta axamiyatga ega bo`ladi.
N.N.Kolosovskiy har qanday fanning eng muhim va murakkab masalasi bu uning bosh
tushunchasi deb uqtirgan edi. Masalan, biologiya uchun xuddi shunday tushuncha sifatida
xujayra, ximiya uchun molekula, fizika uchun zaryad va xokazo. Geografiyada esa bunday
tushuncha «rayondir». Darxaqiqat, turli sohadagi mutaxassis olimlar fan cho`qqilari tomon
doimo izlanishda va intilishda bo`lib, ayni paytda, o`z fanlarining bosh tushunchasi, uning
poydevoriga kamroq e‘tibor berib qolishlari ham mumkin.
Biz yuqorida geografiya uchun hudud naqadar muhimligini ko`rsatgan edik. SHu bilan
birga bu hudud hamma joyda ham bir xilda emasligi, aksincha, turli rangda «bo`yalganini» ya‘ni
bir joydan ikkinchi joyning farq qilishni ham aytib o`tdik. Xuddi ana shunday hududiy
strukturaviy birliklar, geografik elementlarning bir-biriga o`xshashligi va uyg‘unlashuvi ma‘lum
bir rayonni tashkil etadi. SHunday qilib, rayon ham hudud kabi geografiyaning juda ko`p
qo`llanadigan so`zi hisoblanadi.
Biz «rayon» deganda sinfda o`tirgan barcha o`quvchilar uni har qanday ma‘noda,
hududiy ko`lamda tushunishlari mumkinligini bilamiz. CHunki shu maktab joylashgan joy ham,
qishloq yoki shahar ham, ma‘muriy - administrativ rayon, oblast‘ yoki respublika, yirik iqtisodiy
rayon va xatto mamlakatning katta bir qismi, qit‘alar ham bir so‘z bilan «rayon» deyilishi
mumkin. Biz geograflar har xil masshtabda fikrlash qobiliyatiga egamiz va «rayon ichida» yoki
«rayon rayonda»ligini yaxshi tushunamiz.
Ko`pincha «rayon» so`zini ishlatganda o`quvchilar ko`z o`ngida o`zlari yashab turgan
ma‘muriy rayon paydo bo`ladi, vaxolanki, bu rayon faqatgina ma‘muriy - hududiy birlikgina
emas, balki jamiyatni hududiy tashkil etilishdagi, jahon miqyosidagi turli xil yaxlit, real geologik
bo`laklar va ob‘ektlarni o`z ichiga oladi. Bu erda rayonning ma‘muriy va tom ma‘noda real
geografik bo`lishini tushuntirib berish maqsadga muvofiqdir.
62
Xar qaysi rayon ichki jihatdan bir-birini to`ldirib, yaxlit hududiy-iqtisodiy kompleksni
tashkil etishi lozim. Ammo, real hayotda hamma rayonlar ham shunday emas.
Iqtisodiy rayonlar yoki zonalar geografik jihatdan quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |