O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kafedrasi


Mavzu: Sanoat korxonalari, aholi punktlarini iqtisodiy geografik jihatdan o’rganish



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/156
Sana28.01.2023
Hajmi3,22 Mb.
#904767
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   156
Bog'liq
O`UM Amaliy geografiya

 
Mavzu: Sanoat korxonalari, aholi punktlarini iqtisodiy geografik jihatdan o’rganish
 
Reja.
1. Sanoatni tadqiq qilishdagi geografik yo`nalishlar.
2. Sanoatni hududiy tashkil etish. 
3. Aholi geografiyasining nazariy-uslubiy asosi 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
iqtisodiy salohiyat, iqtisodiy geografik tadqiqotlar, 
tarmoqlararo balans, ixtisoslashuv, geografik siljishlar, sanoat rivojlanishi.
 
Mamlakat iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishda sanoat korxonalarini roli. Sanoat ishlab 
chiqarishning vujudga kelishi, tarixiy, an`anaviy rivojlanish yo`llari. To‘qimachilik sanoatini 
milliy iqtisodiyotning rivojlanishidagi ahamiyati. Sanoatni tadqiq qilishdagi geografik 
yo`nalishlar. Sanoatni hududiy tashkil etish. 
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining salohiyati, avvalo, uning tarkibidagi sanoat ishlab 
chiqarishining rivojlanganligi bilan belgilanadi. SHu sababdan ham iqtisodiy geografik 
tadqiqotlarda sanoatni o‘rganish alohida o‘rin tutadi o‘z navbatida, sanoat shaharlarning vujudga
kelishi va rivojlanishi, urbanizatsiya jarayoni, transport hamda hududiy ishlab chiqarish 
majmualarining shakllanishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilish ushbu tadqiqot yo‘nalishining 
ahamiyatidan darak beradi. 


51 
Industriya tarmoqlari geografiyasida ularni joylashtirish omillari tahliliga alohida urg‘u
beriladi. U xususda tadqiqotchining mamlakatlar tajribasiga ularda ishlab chiqilgan va
amaliyotda sinab ko‘rilgani ilmiy g‘oyalardan xabardor bo‘lmog‘i kerak. Bular jumlasiga 
L.Veber, A.Lyosh va boshqa nemis iqtisodchilari tomonidan yaratilgan shtandort va iqtisodiy 
landshaft nazariyasidan, frantsuz iqtisodchilari va ayniqsa F.Perruning qutbiy rivojlanish g‘oyasi 
Amerikalik olimlarning xududiy iqtisod va tarmoqlararo balans (V.Leontev) ilmiy ishlanmalari 
kiradi. 
Gap shundaki, endigi sharoiqda an‘anaviy sotsialistik dunyoqarash, barcha sohalar va 
hududlarni tenglikka erishish, ishlab chiqarishni rejali lropotsnonal joyla;ptirish, hududlar 
rivojlanish darajasini barobarlashtnrish, sotsialistik musobaqa va qo‘shimcha majburiyat, 
erishilgan natijadak kelib chiqib planlashtirish kabi tushunchalar o‘z sifatini yo‘qotdi. Ularning 
o‘rniga kun tabakali iqtisodiyot, mulkchilikning turli shakllari va uni davlat tassarufidan 
chiqarish, yakka monopoliyalikka qarshi kurash, sog‘lom raqobat muhitini yaratish, erkin 
iqtisodiyot mintaqalarini shakllantirishga o‘xshash biz uchun yangi bo‘lgan masalalar dolzarb 
bo‘lib qolmoqda. Agar avvallari sanoat korxonalarining joylashtirilishi va rivojlantirilishini 
bevosita davdat rejalashtirgan bo‘lsa, eidi esa bu muammolar davlat tomonidan maxsus 
mexanizmlar asosida bevosita boshqarilib, tartibga solib boriladi. 
Sanoat tarmoqlarining rivojlanish va joylanish xususiyatlarini o‘rganishda uning ijtimoiy 
tashkil etish shakllari, mujassamlashuv, ixtisoslashuv, koopertsiya va kombinatlashni, ularning 
turli sanoat tarmoqlaridagi o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur anglab olmoq zarur. SHu maqsadda 
mujassamlashuvning korxona, shahar va hudud darajasidagi ko‘rsatkichlari, uning bir shaklini 
qolganlari bilan munosabati va muvofiqlashuvini, ushbu ob‘ektiv jarayoning ijobiy va salbiy 
tomonlarini bilish talab etiladi. Ixtisoslashuvining uch ko‘rinishi, uning kooperatsiya va 
kombinatlash bilan aloqadorligi hamda sanoat ishlab chiqarishining texnik-iqtisodiy asoslarini 
ham o‘rganish lozim. Bu xususda tor ixtisoslashuv, «yakka hokimlikning» kamchiliklari, turli 
xududiy ko‘lamda kompleks (har tomonlama) rivojlanish qonuniyatlari va afzalliklarini farq qila 
olish zarur. 
Sanoat tarmog‘ini iqtisodiy geografik o‘rganishning asosiy maqsadi turli tarmoqlarning 
o‘ziga xos xususiyat hamda ularni hududiy tashkil etishdagi iqtisodiy, tabiiy, ekologik va texnik 
omillar, qonuniyatlarni aniqlashdan iboratdir. Masalan, elektroenergetikaning eng muxim 
xususiyati uning mahsulotini jamg‘arib, to‘plab bo‘lmasligi, ushbu tarmoqning majmua xosil 
qilish (boshqa sanoat korxonalarini «o‘ziga tortish») qobiliyatida o‘z ifodasini topadi. 
shuningdek, qora metallurgiya sanoatini xom ashyo temir rudasining mkqdoriga qarab turlicha 
joylashtirilishini, rangli metallurgiyaning elektr energiyasini ko‘p talab qilishini, mashinasozlik 
sanoatini qora metallurgiya bazasi, malakali ishchilar va rayon ishlab chiqarish ixtisoslashuviga 
ko‘ra turlanishini, ximiya sanoat korxonalarini boshqa tarmoqlardan farqli o‘laroq erkin 
joylashtirish xususiyatiga ega ekanligini va ayni naytda uning ekologik omil bilan 
«hisoblashuvini» unutmaslik kerak. 
Hozirgi paytda sanoat ishlab chiqarishini hududiy tashkil etishdagi an‘anaviy omillarning 
ta‘siri sezilarli darajada susayadi va buning evaziga infrastruklura, ekologiya va, ayniqsa, 
iste‘mol omilining ahamiyatini oshiradi. Binobarin, u yoki bu joyda ma‘lum sanoat korxonasini 
joylashtirish faqatgina mavjud sharoitlar bilangina emas, balki ularning mahsulotiga erkin 
bozordagi talab bilan beligilaiadi. 
Tarmoqlar tarkibini o‘rganish tarmoqlararo majmualarni aniqlash va tavsiflash bilan 
nihoyasiga yetadi. Masalan, agrosanoat, mashinasozlik, yoqilg‘i-energetika kabi majmualar 
tahlil etiladi. Maxsus chizma (sxema) lar yordamida ularning texnologik jarayoni va aloqadorligi 


52 
ko‘rsatiladi. SHu maqsadda ilgari ta‘kidlab o‘tgan N.N.Kolosovskiyning energiya ishlab 
chiqarish tsikllari va I.V.Komarning resurs tsiyullar g‘oyasini amalla qo‘llash yaxshi natijalarga 
olib keladi va sanoat tarmoqlarini hududni tashkil etish qonuniyatini aniqlashga imkon beradi. 
Geografik tadqiqot ob‘ekti sanoat tarmoqlaridan tashqari. alohnda sanoat korxonalarini 
ham o‘rganish mumkin. Bunda asosiy e‘tibor mazkur korxonanipg nima uchun aynan shu joyda 
qurilishi, uning xom ashyo va tayyor mahsulotni tarqatish geografiyasiga qaratiladi. Shuningdek, 
korxonaning kadrlar bo‘limidagi ma‘lumotlariga asoslanib, uning ishchi xodimlarini 
shakllanishi, ularning sotsial-demografik tarkibi taxlil etiladi. Albatta, bunday tadqiqoglar uchun 
rayon va mamlakat ahamiyatiga molik yirik korxonalarni tanlash maьqulroq. CHunonchi, xorijiy 
davlatlar bilan hamkorlikda barpo etilayotgan qo‘shma korxonalar ham o‘rganilsa ayni muddao 
bo‘ladi. 
Sanoat ishlab chiqarishi geografiyasi tom ma‘noda uning hududiy tarkibi va 
to‘zilmasidir. SHuning uchun sanoat ishlab chiqarishnipg hududiy tashkil etilishini, rayon va 
shaharlar bo‘yicha taqsimlanishini o‘rganish izlanuvchi faoliyatining markaziy o‘rinlaridan joy 
oladi. Agar ob‘ekt mamlakat bo‘lsa, sanoatning hududiy tarkibi viloyatlar kesimida, agar u 
viloyat bo‘lsa-tuman va shaharlar darajasida tahlil olib boriladi. 
Sanoatning hududiy tizimi uning joylashtirilishini natijasidir. U tarmoqlar tarkibiga 
nisbatai biroz inert, barqaror va kam o‘zgaruvchai, ammo tarmoqlar tizimidagi yangiliklar ertami 
kech hududiy, geografik siljishlarga olib keladi va aksincha. 
Tadqiqotning ushbu bandida ham statistik ma‘lumotlar o‘rganilib chiqiladi, maxsus 
jadval va xaritalar to‘ziladi, mintaqaviy iqtisodga oid har xil raqamlar, boshqa hudud va 
mamlakat (viloyat, rayon) ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi va shu asosda ichki iqtisodiy 
tafovutlar, sanoat tugunlari va markazlari aniqlanadi, sanoat geografiyasidagi qonuniyatlar ilmiy 
izohlab beriladi. 
Hududiy taxlilda sanoatning urbanistik tarkibiga alohida e‘tibor beriladi. Sababi-
sanoatning hududiy tarkibi bu, eng avvalo, uning turli yiriklikdagi shaharlarda mujassamlashuvi 
demakdir. SHuning uchun shaharlarning sanoati, ulardagi sanoat tarmog‘ining turlanishni 
(diversifikatsiyasi), ixtisoslashuvi, iqtisodiy samaradorligi va boshqa masalalar o‘rganiladi. 
Har qanday geografik tadqiqotda bo‘lganidek, sanoat geografiyasini o‘rganish ham uni 
rayonlashtirish, sanoatda shakllangan ishlab chiqarish majmualari-sanoat tuguni va sanoat 
aglomeratsiyalarining taxlili bilan yakunlanadi. Bu yerda sanoat rayonlashtirilishi ikki 
yo‘nalishda olib boriladi. Birinchisi - uning oddiy hududiy (ma‘muriy) tarkibi bo‘lsa, ikkinchisi 
sanoat tarmoqlari va ularning birikmalarini mavjud hududiy tashkil etilish shak,llari bo‘yicha 
rayonlashtirishdir. Abatta, ana shu ikkinchi yo‘nalish haqiqiy, real rayonlashtirish hisoblanadi. 
Industrial rayonlar ichida sapoat tugun va majmualari ajratiladi. Ular ko‘proq shahar 
aglomeratsiyalariga hududiy jihatdan muvofiq keladi.
Ammo, shu bilan birga, alohida 
shaharlar tarkibidagi sanoat tugunlarini ajratish ham muximdir. 
Aytish joizki, xorijiy mamlaktlardagi tadqiqotlarning yutug‘i, ahamiyati va amaliyligi 
ham ana shunday mikroiqtisodiy taxlillarni olib borishidadir. 
Sanoat goegrafiyasida uning yirik markazlariga alohida ta‘rif berish talab etiladi. Sir 
emaski, barcha shaharlar, eng avvalo, sanoat markazlaridir. Binobarin, ularni umuman sanoat 
nuqtai nazaridan emas, balki muayyan sanoat tarmoqlari bo‘yicha tavsiflash lozim. Masalan, 
Angren, Olmaliq, Marg‘ilon, Namangan, Asaka va boshqa shaharlar sanoat markazi hisoblanadi. 
Biroq bunday baholash ilmiy tadqiqotni to‘la qanoatlantirmaydi. SHuning uchun ularni muayyan 
sanoat tarmog‘i bo‘yicha tariflash ma‘qul: Angrenni yoqilki (ko‘mir), Asakani mashinasozlik 


53 
(avtomobilsozlik) sanoatining markazi sigfatida ko‘rsatish to‘g‘riroqdir. Ana shunday geografik 
vaziyat maxsus iqtisodiy xaritada tasvirlansa, yanada yaxshiroq bo‘ladi. 
Sanoat rivojlanishi va joylanishini geografik o‘rganish ushbu sohadagi mavjud 
muammolarni aniqlash va ularni ilmiy asoslash bilan to‘ldiriladi. Bu sohadagi muammolar 
turlicha bo‘lishi mumkin. CHunonchi, ular tabiiy hamda mehnat resurslaridan foydalanish, 
xorijiy sarmoyadorlar bilan qo‘shma korxonalar barpo etish, erkin iqtisodiy mintaqalarni 
shakllantirish masalalaridan kelib chiqadi. Xususan, sanoat rivojlanishi va hududiy tashkil 
etilishidagi ekologik muammolar, o‘sish qutbi va markazlarini aniqlash, ustuvor yo‘nalish va 
tarmoqlarni belgilash, o‘tish davrida sanoat joylashtirilishini davlat tomonidan tartibga solib 
borish, sanoat tarmoq tarkibini faollashtirish muammolari nihoyatda dolzarb hisoblanadi. 
Aholi – bu ma‘lum hududda yashayotgan kishilar guruxidir. Kishilar guruxi, ya‘ni aholi 
jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqada rivojlanishining asosini tashkil etib, ular o‘zlarining ongli 
mehnat faoliyati bilan tabiatning xo‘jalik «qobig‘i»ni hosil qiladilar. Xullas, aholi ijtimoiy ishlab 
chiqarishning sub‘ekti sifatida xar qanday jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi, jamiyat 
hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha boyliklarni yaratuvchisidir. SHuning uchun aholi va uning 
xo‘jalik faoliyati hamma davrlarda geografiya fanini qiziqtirib kelgan.
Geografiya fanining iqtisodiy va ijtimoiy geografiya tarmog‘i jamiyatning tabiatdagi 
xo‘jalik «kobig‘i»ni hududiy rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Tabiatning xo‘jalik
«qobig‘i»ni barpo qiluvchi aholi esa aholi geografiyasi (demografiya)ning o‘rganish ob‘ektidir. 
Binobarin, aholi geografiyasi va demografiya asoslari* iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining 
muhim tarmog‘i bo‘lib, uning o‘rganish predmeti ma‘lum hudud aholisi, soni, o‘sish sur‘ati, 
tarkibi (yosh, jinsiy, milliy, ijtimoiy), ma‘lumot darajasi, mehnat resurslari va ulardan 
foydalanish, aholining joylashishi, migratsiyasi, aholi punktlari va ularning rivojlanish 
qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdi r. 
Aholi yaratuvchanlik, iste‘mol qilish va o‘zini takror barpo qilish qobiliyatiga ega. 
SHuning uchun aholini geografik jihatdan o‘rganishda quyidagilarga e‘tibor berilishi kerak: 
1. Aholi ijtimoiy ishlab chiqarishning bosh sub‘ekti va kuchi sifatida barcha moddiy hamda 
ma‘naviy boyliklarni yaratuvchisi. 
2. Aholi yaratilgan barcha moddiy hamda ma‘naviy boyliklarni bir qismini iste‘molchisi. 
3. Aholi butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini asosiy qismi bo‘lib, o‘zi ham 
takror barpo qilinishi zarur.
Har qanday iqtisodiy geografik muammolarni xal qilishda aholiga xos bo‘lgan yukoridagi 
xususiyatlarni o‘rganish zarur. SHuning uchun aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyaning
muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning boshqa tarmoqlari – sanoat geografiyasi, qishloq xo‘jalik 
geografiyasi, transport geografiyasi va tashqi aloqalar geografiyasi orasida alohida o‘rin tutadi. 
Aholiga doir ilmiy-nazariy g‘oyalarga asoslangan holda aholi geografiyasi va demografiya 
asoslari o‘zining quyidagi qonuniyatlari va tushunchalarini o‘rganishga katta e‘tibor beradi. Ular 
quyidagilar: 
1.Aholining o‘sishini ta‘minlovchi, uning o‘zini takror barpo qilishga doir qonuniyatlar va 
tushunchalar. 
2.Aholining ko‘chib yurishi, ya‘ni migratsiyasiga doir tushuncha va qonuniyatlar.
3.Aholining hududiy joylanish shakllari – aholinig hududiy tarqalishi va joylashishi, aholi 
punktlarining shakllanishi va ularning shakllari, aholining yangi yerlarni o‘zlashtirishga doir 
qonuniyat va tushunchalar.


54 
4.Aholining funktsional (bajargan vazifasiga ko‘ra) guruhlarga bo‘linishi, ya‘ni aholining 
moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va transport) tarmoqlarida 
ishlovchilari: 
b) aholining xizmat doirasi sohasida (savdo, fan va ma‘orif, sog‘likni saqlash, kommunal 
xo‘jalik, transport va aloqa xizmati, ijtimoiy ta‘minot, moliya va bank xizmati, boshqaruv va 
harbiy xizmatning ayrim qismlari, huquqni himoya qilish tashkilotlarida xizmat qiluvchi 
xodimlar); 
v) aholining ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan (bolalar, uy bekalari va 
qariyalar) qismi; 
5.Mehnat resurslari va ulardan foydalanish qonuniyatlari va tushunchalari.
6.Aholi soninig o‘sishi va oziq – ovqat hamda boshqa iste‘mol mollari ishlab chiqarish va 
aholinig turmush farovonligini oshirishga doir tushuncha va qonuniyatlar.
7.Aholini ijtimoiy himoyalash tushuncha va qonuniyatlari
Aholi geografiyasi quyidagi yo‘nalishlarga bo‘linadi: 
1. Aholining tarkibi va uning takror barpo qilishdagi geografik farqlar va bu tafovutlar 
sababini o‘rganish. 
2. Mehnat resurslari va ulardan foydalanishdagi geografik farqlarni tadqiq etish. 
3. Aholining hududiy taqsimlanishi va ularni xarakatini ochib berish. 
4. Aholi punktlari va ularning hududiy tizimini tahlil qilish. 
5. Aholi madaniyati va turmush sharoitidagi farqlar hamda ularning sababini o‘rganish. 
6. Tarixiy aholi geografiyasi. O‘tgan tarixiy davrlarning aholi geografiyasini o‘rganish. 
7. Aholini xaritaga tushurish masalalari va xokozo. 
Tadqiqot jarayonida aholi geografiyasi va demografiya asoslari quyidagi vazifalarni 
bajaradi. 
1.O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar aholisi haqida, ularning soni, o‘sishi, hududiy 
joylashuvi, migratsiyasi, shahar va qishloqlarning rivojlanish muammolari va boshqa 
ma‘lumotlar bilan keng kitobxonlarni ta‘minlash. 
2. Aholining nazariy masalalari ustida ishlashni davom ettirish. 
3. Aholining bevosita amaliy vazifalarni hal qilishga qaratilgan tadqiqot ishlarini 
kuchaytirish. 
4. O‘zbekistonning ijtimoiy – iqtisodiy va demografik taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan 
qishloq va shaharlarda xalq xo‘jaligi tarmoqlarini to‘g‘ri ilmiy joylashtirish. 
5. Aholiga moddiy va maishiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish. 
6. Respublika demografik vaziyatdan kelib chiqqan holda mehnat resurslaridan mumkin 
qadar to‘g‘ri va oqilona foydalanish. 
7. Yangi avlod uchun kerakli ishlab chiqarish muassasalarini to‘g‘ri joylashtirish va bunda 
mamlakatning har bir hududining geografik va demografik xususiyatlarini nazarda tutmoq 
lozim. 
SHuni ta‘kidlash kerakki, aholi juda ko‘p tabiiy va ijtimoiy fanlarining o‘rganish ob‘ekti 
hisoblanadi. SHuning uchun aholi geografiyasi va demografiya asoslari fani taraqqiyot 
jarayonida juda ko‘p fanlar bilan aloqa qiladi va ularni quyidagi uch guruxga bo‘lish mumkin: 
1.Geografiya fanlari tizimi – Tabiiy geografiya va uning tarmoqlari, tibbiy xizmat 
geografiyasi, xizmat doirasi geografiyasi, turizm yoki rekreatsion (dam olishni tashkil etish) 
geografiyasi, iste‘mol geografiyasi, tarixiy geografiya, rayon planirovkasi yoki mikrogeografiya 
va kartog‘rafiya. 


55 
2.Demografiya (demogeogrfiya) va etnografiya (etnogeografiya). 
3.Antropologiya, sotsiologiya, mehnat iqtisodiyoti va iqtisodiyot fanining xo‘jalik va 
uning tarmoqlarining rivojlanishini o‘rganishiga doir tarmoqlari, matematik statistika. 
Aholi geografiyasi va demografiya asoslari fani aholi va u bilan bog‘liq demografik 
masalalarni tadqiqot jarayonida statistik, matematik, iqtisodiy taxlil, taqqoslash, chizma-grafik, 
kartog‘rafik, kosmik surat, tarixiy – hududiy, tizim tarmoqlari majmui (kompleks), bashorat 
(prognoz) va boshqa tadqiqot usullaridan foydalanadi. 
Mehnat resurslari asosini mehnat yoshidagi aholi tashkil etadi. Mehnat yoshi, ya‘ni
mehnatga qobiliyatli yosh insonning ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishiga bog‘liq
bo‘lgan yosh. O‘zbekistonda mehnat qilish yoshi erkaklar uchun 16-59, ayollar uchun esa 
16-54 yosh hisoblanadi. Mehnat yoshidagi aholi soni tug‘ilish, o‘lim va migratsiya
jarayoniga bog‘liqdir. 
SHahar va qishloq hududlarida mehnat yoshidagi aholi dinamikasi, yosh va jinsiy
tarkibi o‘ziga xos xususiyatlariga egadir. Mehnat yoshidagi aholini mehnat resurslari
nuqtai nazaridan o‘rganilganda 2 guruhga ajratiladi.
-
40 yoshgacha bo‘lgan mehnat yoshidagi aholi. 
-
40 yoshdan keyingi mehnat yoshi guruhi. 
Ushbu yosh guruhlari ishlab chiqarishda qatnashishi darajasi, mehnatining
samaradorligi, o‘z kasbidagi malakasi bilan o‘zaro farq qiladi. ―Mehnat yoshi‖
tushunchasini demogrif olim B. TS. Urlanis tomonidan fanga kiritilgan. 
Mehnat resurslari – aholining kerakli fiziologik rivojlanishga va aqliy qobiliyatga ega
bo‘lgan va halq ho‘jaligida band (qatnashishga ega) bo‘lgan qismi mehnat resurslari
deyiladi. Umuman, mehnat resurslari mamlakat aholisining o‘z ruhiy, fiziologik va aqliy 
sifatlari bilan moddiy ne‘matlar ishlab chiqirishga yoki xizmatlar ko‘rsatishga qodir bo‘lgan 
mehnatga layoqatli qismidir. Mehnat resurslari soni jonli mehnatning mavjud imkoniyatini
ifodalaydi. Mehnat resurslari jamiyat bag‘rida ham miqdor ham sifat jihatdan rivojlanib
boradi. Mehnat resurslarining miqdoriy rivojlanishi aholining tabiiy o‘sishi va migratsion
harakatiga bog‘liqdir.
Mehnat resurslarining sifat taraqqiyoti esa jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot
darajasiga, davlatning aholining ishda bandligi bo‘yicha olib borayotgan siyosatiga
bog‘liqdir. 
Mehnat resurslaridan foydalanishda uning balansi ahamiyatlidir. Buning uchun butun 
mamlakat miqiyosida yoki uning ayrim bir mintaqasi, tuman va shahar va ho‘jaliklarida ma‘lum 
sanaga bag‘ishlab mehnat resurslari balansi to‘ziladi. Mehnat resurslari balansi ikki qismdan 
iborat bo‘ladi: Buni quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin. 
Mehnat resurslarining xisobot balansi 
Ko‘rsatkichlar 
Ja‘mi 
SHaxar 
Qishloq 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish