O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti qo`lyozma xuquqida



Download 1,15 Mb.
bet8/18
Sana17.07.2022
Hajmi1,15 Mb.
#813391
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
badiiy adabiyotda leksik birliklar talqini va tarjimada qayta yaratish muammolari (1)

I bob bo’yicha xulosa
Leksik birlik deganda biz so’z va so’z birikmasi, hatto bitta so’zga teng keladigan frazeologik birlikni ham tushunishimiz mumkin. Bunda ikki yoki undan ortiq so’zdan iborat bo’lgan frazeologik birlik bitta so’z ma’nosiga to’g’ri kelgan bo’lishi lozim. adabiyot uchun so’zning asl va ko’chma ma’nolari, ya’ni leksik ma’nosi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, badiiy adabiyotda leksik birliklar obraz, manzara yaratishning o’ziga xos libosi, materialidir. Talantli yozuvchilarning qalami sehri ostida so’zlar hayotdagi narsa va hodisalarni inson ongida aniq tiklaydigan, gavdalantiradigan vosita vazifasini bajaradi. Badiiy nutq faqat ko’chma ma’nodagi so’zlarning qo’llanilishidan iborat matn bo’lmay, majoziy vositalar badiiy nutqning o’ziga xos yordamchi vositasidir. Badiiy asarda leksik va frazeologik vositalarning obrazlar xatti-harakatini, ularning boshqa obrazlar bilan munosabatini ko’rsatishda asosiy rol o’ynaydi.
Yozuvchi umumxalq tilidan foydalanar ekan, umumodatlangan normadan og`adi, ya'ni, til unsurlarini odatdagidan o`zga shakl, ma'no, tartib, munosabatlarda qo`llaydi va shu "og`ish"dan ma'lum badiiy-estеtik maqsadni ko`zda tutadi. Bu xil og`ishlar tilning turli sathlarida — fonеtik, lеksik, morfologik, sеmantik, sintaktik sathlarda kuzatilishi mumkin. Badiiy tasvir va ifoda vositalari ijodkorning muayyan badiiy-estеtik maqsadga erishish uchun umumodatlangan normadan og`ishi natijasida yuzaga kеladi, ular tasvirning jonli va to`laqonli bo`lishiga, ifodaviylikning kuchayishiga xizmat qiladi.
Ma'lumki, nutq jarayonida biz so`zlarni o`z ma'nosida yoki ko`chma ma'noda qo`llashimiz mumkin. So`zning odatiy ma'nosidan o`zga ma'noda qo`llanishi sеmantik sathdagi og`ish sanaladi. Ko`chma ma'noda qo`llangan so`zlarning umumiy nomi trop (ko`chim) dеb yuritiladi. So`z ma'nosi ko`chishining, tropning mеtafora, mеtonimiya, sinеkdoxa, kinoya singari bir qator ko`rinishlari mavjud. Badiiy asarda qo`llanilgan ko`chimlar ishlatilish darajasi, badiiy bo`yoqdorligi, ta'sirdorlik darajasi kabi jihatlaridan bir-biridan jiddiy farqlanadi.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish