O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti qo`lyozma xuquqida



Download 1,15 Mb.
bet4/18
Sana17.07.2022
Hajmi1,15 Mb.
#813391
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
badiiy adabiyotda leksik birliklar talqini va tarjimada qayta yaratish muammolari (1)

Tadqiqotda qo’llanilgan uslublar: Dissertatsiyani yozishda analiz, sintez, tasniflash, ta’riflash, tavsiflash usullaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Dissertatsiya materiallari, ishning nazariy xulosalari ingliz va o’zbek adabiyotshunosligiga hamda tarjimashunoslikka leksik birliklar bo’yicha yondashuvlarni nazariy boyitishga hissa qo’shadi. Dissertatsiya natijalari tarjima jarayonida uchraydigan leksik masalalarga oydinlik kiritadi. Asarlar va boshqa manbalarda uchraydigan leksik birliklarni tarjima qilishda va ularni o’zbek tilidagi muqobillarini aniqlashda tayyor manba sifatida foydalanish mumkin. Shuningdek, dissertatsiya materiallari tarjimonlik, ayniqsa, sinhron tarjimonlikda katta ahamiyatga ega.
Tadqiqot ilmiy yangiligi: Mazkur dissertatsiya ishida J.Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asaridagi leksik birliklarning tahlili ilk bor amalga oshirilmoqda hamda ushbu leksik birliklarni tarjimon S.Yo’ldashev tomonidan qilingan tarjimasi bilan qiyoslandi va yutuq va kamchilik tomonlari yoritildi.
MDIning tuzilishi: Ushbu badiiy adabiyotda leksik birliklarning talqini va tarjimada qayta yaratish muammolari tahliliga oid ishimiz kirish qismi, 3 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. Birinchi bobda 3 ta fasl, ikkinchi bobda 3 ta fasl va oxirgi uchinchi bobda 2 ta fasldan tashkil topgan.
I Bob. Badiiy adabiyotdagi leksik birliklarning nazariy asoslari
1.1. Leksik birlik tushunchasi va uning ahamiyati
O‘zbek tilida, avvalo, uning boy lug‘at tarkibida o‘zbek xalqining ilm-u madaniyati, san’ati aks etgan, insonning bilish faoliyati jarayoni va uning natijalari ifodalangan. Til orqali kishilik jamiyatining madaniy-tarixiy qadriyatlari, to‘plangan tushuncha va bilimlar avloddan avlodga yetkaziladi. Leksik birliklar esa mazkur tilga “asos” vazifasini o’taydi. Ularning badiiy adabiyotdagi talqini haqida so’z yuritishdan oldin leksik birlik tushunchasi nimani ifodalashini aniqlab olmoq zarur. Leksik birliklar tilshunoslikning alohida bo’limlaridan biri hisoblangan leksikologiyaning asosiy masalalaridan biri bo’lib, ular quyidagilardan tashkil topgan:

  1. Tilning lug’at tarkibidagi jamiki so’zlar;

  2. Barqaror birikmalar.20

Leksik birlik deganda biz so’z va so’z birikmasi, hatto bitta so’zga teng keladigan frazeologik birlikni ham tushunishimiz mumkin. Bunda ikki yoki undan ortiq so’zdan iborat bo’lgan frazeologik birlik bitta so’z ma’nosiga to’g’ri kelgan bo’lishi lozim.21 Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, leksik birlik deganda asosan so’z tushunamiz. So’z nima va u qanday tushunchalarini anglatishini quyida ko’rib chiqamiz.
So‘z shakl va mazmun yaxlitligiga ega bo‘lib, ma’no va grammatik jihatdan shakllangan til birligidir. So‘zning shakli, ya’ni tashqi tomoni tovush (harf) lardan iborat bo‘lib, bu xususiyatlari fonetikada o‘rganiladi. So‘zning ichki tomoni esa unda ifodalangan ma’nolar bilan tavsiflanadi. So‘zlar bir ma’noli yoki ko‘p ma’noli bo‘lishi mumkin. Ko‘p ma’noli so‘zlar til taraqqiyoti natijasida paydo bo‘ladi. So‘zning bir narsa hodisani bildirishi uning lug‘aviy (leksik) ma’nosi sanaladi. Ana shu lug‘aviy ma’no asosida boshqa ma’nolar ham ifodalansa, u yasama (ko‘chma) hisoblanadi. Badiiy nutqda so‘zning yasama ma’nolaridan keng foydalaniladi.
So’z tushunchasi til tarixida asosiy o’rinni egallaydi. Shunday bo’lishiga qaramasdan so’z tushunchasi masalasida shu kunga qadar turli fikrlar mavjud.
Tilning leksik birligi bo’lmish so’zga O’zbek tilining izohli lug’atida “o’z tovush qobig’iga ega bo’lgan, narsa-hodisalar, jarayonlar, shaxslar, belgi va miqdorlarni, xususiyatlarni, harakat va holatni, aloqa va munosabatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan, mustaqil lug’aviy ma’noga ega bo’lgan, shuningdek, turli grammatik ma’no va vazifalarda qo’llaniladigan eng muhim til birligi; gapning qurilish materiali22” deya ta’rif etilsa, yana bir manbada “ so’z – asosiy, birlamchi til birligi bo’lib, til qurilishining lug’at boyligiga mansub; shunga ko’ra lug’at birligi, leksik birlik deb ham yuritiladi23. Lug’at boyligidagi leksemalar qatlamini o’rganuvchi sohaga leksemika deyiladi. Adabiyotlarda leksikologiya termini ham ishlatiladi.
Shuningdek, so’z adabiyotshunoslikda eng noaniq tushunchalardan biri ekanligi, u turli tillarda turlicha bo’lishini e’tiborga olib, ayrim adabiyotshunoslar so’z tushunchasidan, umuman, voz kechishni taklif qiladilar. Masalan, Sh.Balli shunday deb yozadi: ” Birinchi qarashda so’z tushunchasi aniqqa o’xshab ko’rinadi. Aslida bu tushuncha eng noaniq tushunchalardan biridir. So’z tushunchasi noaniq ekan, undan voz kechmoq kerak”24.
Leksikologiyaga ko’ra so’zning ikki xil - grammatik va leksik ma’nolari bo’ladi. Jumladan, “Olma gulladi” gapining grammatik ma’nosi deganda, “Olma” turdosh ot, bosh kelishik shaklida kelgan, son jihatdan birlikdir. “gulladi” fe’l so’z turkumiga oid, o’tgan zamon, uchinchi shaxs, birlik, o’timsiz, aniqlik mayli bildirishini bildiradi; leksik ma’nosi deganda, “olma” – meva daraxtining bir turini, “gulladi” so’zi esa olmaning gul ochishga kirishganligini bildiradi.
So’zning faqat leksik jihatini ko’zdan kechirganimizda ham, u o’ta murakkabdir, ya’ni so’z har qanday ma’noga ega bo’lsa-da, uning ma’no darajasi bir xil emas, ularning hammasi ham muayyan tushunchani bir xilda ifoda qila olmaydi. Masalan, “ barno, zebo, go’zal, malak” sinonimlari- “ chiroyli” tushunchasini beradi, lekin “malak” so’zi o’z sinonimlaridan ifodadagi belgi (“chiroylilik”) darajasining judayam ortiqligini, undan pastrog’ini “barno”, “barno”dan pastrog’ini “go’zal” ifoda qiladi. Chunonchi, H.Olimjonning “Oygul va Bahtiyor” dostonida husnda tengi yo’q Oygulni ko’rgan podshohning aqli shoshadi, chunki u:
Bunday go’zal yulduzni,
Bunchalik barno qizni,
Aslo ko’rmagan edi,
Ishrat surmagan edi.25
Bu tasvirda “go’zal”ga nisbatan “barno” so’zi “chiroylilik” tushunchasini bir qadar balandlatadi va shu insoniylashgan xislati bilan kitobxonda hissiy tuyg’u uyg’otadi.
Demak, adabiyot uchun so’zning asl va ko’chma ma’nolari, ya’ni leksik ma’nosi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Aniqrog’i, tasavvur qilishingiz uchun shuni aytish yetarlidir: “anor, shirin, yemoq” kabi so’zlar pretmed, belgi, harakat va holat haqida ma’lumot beradi, asl ma’nosini bildiradi. Bu so’zlardagi ma’no xususiyatlarini odamga ko’chirilsa, ko’chma ma’noda ishlatilsa- “Anor yuzli, shirin so’zli Oybek yemoqqa kirishdi”, desak, “Oybek” degan odamning ko’rinishini, sifatini, holatini ongimizda anglaymiz va aniq tasavvur qilamiz .
Shuningdek, badiiy adabiyotda leksik birliklar obraz, manzara yaratishning o’ziga xos libosi, materialidir. Talantli yozuvchilarning qalami sehri ostida so’zlar hayotdagi narsa va hodisalarni inson ongida aniq tiklaydigan, gavdalantiradigan vosita vazifasini bajaradi. Badiiy nutq faqat ko’chma ma’nodagi so’zlarning qo’llanilishidan iborat matn bo’lmay, majoziy vositalar badiiy nutqning o’ziga xos yordamchi vositasidir. Badiiy asarda leksik va frazeologik vositalarning obrazlar xatti-harakatini, ularning boshqa obrazlar bilan munosabatini ko’rsatishda asosiy rol o’ynaydi.
Yozuvchi Aleksey Maksimovich Gorkiy “... badiiy adabiyot qanday elementlardan iborat?” - degan savolga javobini shunday boshlaydi:
“Adabiyotning birinchi elementi - tildir. Til – adabiyotning asosiy qurolidir, hayot hodisalari, faktlari bilan birga uning materialidir... So’z-barcha faktlar, barcha fikrlar libosidir.Ammo har bir fakt zamirida ijtimoiy ma’no bor, har bir  ma’no zamirida esa, bir yoki ikkinchi fikr nega bunday-u, nega unday emas, degan sabab bor. Faktlar zamirida yashiringan ijtimoiy hayot ma’nosini uning muhimligi, to’laligi va yorqinligicha tasvirlashni o’z oldiga vazifa qilib qo’ygan badiiy adabiyotdan ravon, tushunarli til, puxta tanlangan so’zlar talab qilinadi”26.
Adabiy asarni yaxlit, jonli qiluvchi asosiy kuch - badiiy tildir. U shuning uchun ham badiiy asarning hamma hujayralarida yashaydi, shu hujayralarning tirikligini ta’minlaydi. Agar asarni millionlab so’z - hujayralardan tashkil topishini ko’z o’ngimizga keltira olsak, g’oya va mavzu ham, obraz va xarakter ham, syujet va kompozisiya ham, qo’yingki, badiiy asarning hamma unsurlari ham ana shu asosdan bunyod bo’ladi, ayni paytda, ularsiz badiiy til yashay olmaydi. Asarni jonli vujudga o’xshatsak, shu vujudning mohiyatini ifodalovchi badiiy til jon, har bir so’z esa ana shu jonning tomirlaridir. Adabiy jarayonda so’zning qanchalik ahamiyat kasb etishini yozuvchi O’tkir Hoshimov shunday ifodalaydi:
“Maktab o’quvchisining So’zi o’ttiz bolaga yetib boradi.
Dorilfunun domlasining So’zi yuz talabaga yetib boradi.
Notiqning So’zi ming tinglovchiga yetib boradi.
Qalamkashning So’zi bir yo’la o’n ming, yuz ming kitobxonga yetib boradi. Demak, uning so’z ma’suliyati ham boshqalarnikidan ming hissa ortiqroqdir27”.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, leksik birlik hisoblangan so’z o’zining xususiyatlari bilan adabiyotda muhim o’rin tutadi. Adabiyot- so’z san’ati ekan, demak, har bir so’z obrazlilik xususiyati bilan namoyon bo’ladi. San’atkor tasvirlayotgan voqea-hodisaning, narsa-pretmatning, tug’yon kechinmaning yaqqol qiyofasi, holatini kitobxon ko’z o’ngida jonli qilib gavdalantiradi. Oddiy kitobxon ham uni ko’radi, his etadi va shu orqali tirik tuyg’ularni qalban va aqlan sezadi, anglaydi.



Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish