Tr-
amecksan
Sl-
Ko’rib turganingizdek, bir qarashda birliklar qofiyadosh so’zlarga o’xshab ketadi, lekin yozuvchi ularni yasash uchun harflar almashuvidan foydalangan holos. Shu bilan birga muallif yangi bir so’z hosil qilishda bir tovushdan (ayniqsa, undosh tovushlardan) bir necha marta foydalangan. Bu bilan so’z go’yo talaffuzi qiyin tuyulsa-da, boshqa so’zlarga nisbatan yanada jarangli va g’ayrioddiy chiqqan. Bunday yasalishdagi leksik birliklar asarni fantastikligi va dabdabaliligini boyitgan. Masalan:
“Houyhnmhnm”- 3 ta “h”, 2ta “n”, 2ta “m” tovushlari;
"Brobdingnagian"- 2 ta “b”, 3 ta “n”, 2 ta “a”, 2 ta “g”, 2ta “i” tovushlari;
“Glubbdubdrib”- 4 ta “b”, 2 ta “u”, 2 ta “d” tovushlari;
”Struldbrugg”- 2 ta “u”, 2 ta “r”, 2 ta “g” tovushlari.
Quyida Svift tomonidan yaratilgan yana bir so’z- “Yahoo”(“yohu”) ni tahlilini ko’rib chiqsak:
“For as to those filthy Yahoos, although there were few greater lovers of mankind, at that time, than myself; yet I confess I never saw any sensitive being so detestable on all accounts; and the more I came near them, the more hateful they grew, while I stayed in that country”.
Miriam-webster lug’atiga ko’ra “yahoo” so’zi quyidagicha izoh beriladi:
1 (capitalized): a member of a race of brutes in Swift’s Gulliver’s Travels who havethe form and all the vices of humans.
2 (influenced by yahoo): a boorish, crass, or stupid person.
Asarda “yahoo” Guigngnmlar mamlakatidagi yarim inson, yarim hayvon qiyofasidagi jonzodlarni bildirgan. Svift “yahoo” so’zi orqali o’sha jonzodlardagi o’ta qo’pol, tajovuzkor, zo’ravon hislatlarni aks ettirgan. Keling, biroz ortga qaytib “yahoo” so’zini boshqalar bilan solishtirsak. Fransuz faylasufi Rossi yozishiga dastlabki insoniyat oliiyjanob xususiyatlarga ega bo’lgan. Biz amal qiladigan tabiiy instinktlarimiz Rossi uchun yaxshi fazilatdir. Bularga sivilizatsiyadagi tajovuzlar orqali zarar yetqaziladi. Sviftning aytishicha, inson shunchaki yomon emas, barcha mavjudotlar ichida eng daxshatlisidir, deydi. Bizni ilondan ham chayondan ham daxshatliroq qilgan narsa bizni o’ylay, fikrlay olishimizdir. Bu yomon xulqlarni u “yahoo” so’zida jamlaydi.
“Glubbdubdrib, as nearly as I can interpret the word, signifies the island of sorcerers or magicians. It is about one-third as large as the isle of wight, and extreamly fruitful: It is governed by the head of a certain tribe, who are all magicians.”
“Glubbdubdrib” sehrgarlar oroli nomi. Sehrgarlar tomonidan boshqariladigan bu orol juda ham hosildor. Asardagi bu epizod o’zining boy adabiy tarixiga ega. Uning dastlabki namunalari “Odissey” (XI kitobda) va “Anid” (VI kitobda) kabi butun dunyoga sayohat mavsusidagi asarlarda uchraydi.64
Yuqorilardan tashqari Svift “Laputa”, “Balnibarbi”, “Luggnagg”, “Brobdingnag”, “Lorbrulgrud”, “Brobdingnagian” kabi to’qima so’zlardan foydalangan va bu so’zlar asarni yanada jonli bo’lishini ta’minlagan. Eng qizig’i shuki, bu so’zlarning ba’zilari asar chop etilganidan biroz vaqt o’tib ingliz lug’at hazinasiga ham kirib bordi. Misol uchun:
Lilliputian- o’ta kichkina,
Brobdingnagian-o’ta katta,
Yahoo- qo’pol, tajovuzkor ma’nolarini bildiradi.
Jonatan Svift bu ishi bilan ingliz adabiyotiga va tiliga ulkan hissasini qo’shdi va butun dunyo kitobxonlar o’rtasida ulkan shuhrat qozondi.
Do'stlaringiz bilan baham: |