O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti qo`lyozma xuquqida


III Bob. Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asaridagi leksik birliklar tarjimasi tahlili



Download 1,15 Mb.
bet12/18
Sana17.07.2022
Hajmi1,15 Mb.
#813391
TuriReferat
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
badiiy adabiyotda leksik birliklar talqini va tarjimada qayta yaratish muammolari (1)

III Bob. Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asaridagi leksik birliklar tarjimasi tahlili
3.1. “Gulliverning sayohatlari” asari tarjimasidagi leksik muammolar
Tarjima – bir tilda yaratilgan muayyan asarning о`zga bir xalq ma`naviy ehtiyojiga xizmat qildiradigan, undan badiiy zavq olishi uchun imkoniyat yaratib beradigan kommunikativ vositadir. Bir til ichidagi nutq muloqoti jarayonida muayyan matn gapiruvchiga ham, eshituvchiga ham teng tushunarli bо`lganidek, badiiy asar muallifi va uning о`quvchisi о`rtasida ham о`zaro ta`sirlanish nuqtai nazaridan kommunikativ tenglik vujudga keladi. Tarjima matni ham asliyat matniga teng bо`lib, u bilan bir yaxlitlik tasavvurini uyg`otishi kerak. Shunga binoan, tarjima vazifalaridan biri – tarjima matn asliyatning tо`liq kommunikativ о`rnini egallashi va asliyat о`quvchisi imkoniyatiga teng darajadagi badiiy zavq, mazmuniy va mundarijaviy uyg`un muvozanatni tarjima о`quvchisiga taqdim etishdir.
Bizning e’tiborimizni xalqiga ko’prik ortayotgan mamlakat qalam ahllari, chunonchi, G’arbiy Yevropa mamlakatlari adabiyotining ajralmas bo’lagi hisoblanmish Angliya adabiyoti va inglizzabon ijodkorlar sanalmish Amerika adabiyoti vakillarining o’zbek tiliga tarjimalari haqida gap ketadigan bo’lsa, shuni alohida qayd etish lozimki, bunday tarjima asarlari o’zbek kitobxonlarini e’tiborini darhol xalqiga tortdi va tez orada ularning ko’pchiligi xalqimizning sevimli asarlariga aylanib, kitob javonlaridan o’rin oldi.
Ingliz tilida qalam tebratgan yozuvchilar ijodidan amalga oshirilgan tarjimalar tarixiga nazar tashlar ekanmiz, 20 dan ortiq ingliz yozuvchilari va shoirlari kitoblari jumladan, Shekspir sonetlari, Bayron she’rlari, Konan Doylning “Sherlok Holms haqida hikoyalar” va Daniel Defoning “Robinzo Kruzo” asarlarining o’zbekchaga o’girganligiga guvoh bo’lamiz.
O’zbek adabiyotida badiiy tarjimachilikdagi ilk yorqin misollar Xamza Xakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhhor, Oybek, Mirtemir, Zulfiya va boshqa ko’plab ijod ahllarining qalamiga mansubdir.
G’arbiy Yevropa yozuvchilarining ijodiga mansub nasriy asarlarni tarjima qilishga Vatanimizda 30-yillardayoq jiddiy e’tibor bera boshlagan edi. Bu jarayon keying o’n yilliklar mobaynida ancha jadallashib ketdi.
Shu jumladan, tarjimonlar e’tiborini takror va takror tortgan badiiy yodgorliklar sirasiga Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asari ham kiradi. Asar 1944-yilda S. Yo’ldashev, 1945-yilda va 1952-yillarda A.Ho’jaxonov tomonlaridan o’zbek kitobxonlariga tortiq etildi.
Ammo, afsus bilan qayd etish lozimki, ingliz tilidan o’zbekchaga bevosita tarjima qila oladiga haqiqiy mutaxasis san’atkorlarning yo’qligi sababli ingliz tilida ijod qilgan mualliflar asarlari o’zbek tiliga asosan rus tili orqali o’girilgan. Bu tarjima jarayonida muqarrar yo’l qo’yiladiga nuqsonlar miqdorining ikki barobar oshib ketishiga olib kelgan. Biroq ko’pchilik mohir tarjimonlarimiz asarlar ruhiga chuqurroq kirib borish va bu ruhiyatni o’zbek tiliga yuqori mahorat bilan talqin etish vositasida tarjimai qusurlar oldiga ma’lum darajada parda tutishdi.
Mazkur bobda Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asarining S. Yo’ldashev tomonidan qilingan tarjimasi asosida leksik birliklar tahlil qilinadi. Tarjima mobaynida yuzaga kelgan leksik muammolar, ularni hal qilish yo’llari ko’rib chiqiladi. Leksik birliklarni tarjima qilishda erishilgan yutuq va kamchiliklar asl va tarjima matnlarini qiyoslash va solishtirish yordamida o’rganib chiqiladi.
Tarjimon asliyatdagi birliklar va nutq bо`laklarini о`rganar ekan tarjima uchun ekvivalent variantlarni tanlaydi. Ularni asliyat bilan qiyoslab, oxirgi qarorga keladi. Tanlangan tarjima varianti ustida ishlab, uni kommunikativ jihatdan tenglik holatga keltiradi. Ushbu jarayon tarjimondan tegishli bilim va mahoratni talab qilishi tayin. Asliyat va tarjima mazmuni orasidagi real munosabatlarni qaror toptirish tarjimonga ikki matn о`rtasiga umumiylik chizig`ini tortishga, maksimal darajada turli tildagi matnlarning ma`noviy yaqinligini ta`minlashga imkon beradi. Shu orqali tarjima sifatiga erishiladi.
Shuningdek, tarjima teksida so’zning ma’nosini to’la yoritib beradigan leksik birlikni tanlash tarjimon oldidagi eng asosiy va murakkab vazifalardan biridir. Buning uchun tarjimon har ikki tilning leksikologiyasi bilan chuqur tanish bo’lmog’i va tarjima qilayotgan asar muallifini ko’zda tutgan fikrini o’z bilim va salohiyati asosida to’liq namoyish qilmo’gi lozim. Lekin tarjima jarayonida shunday qiyinchiliklar uchramoqdaki, ular tarjimonning yuksak zukkoligini talab etadi. Ulardan biri leksik birliklarning ma’nosini tarjimada qayta yaratish muammosidir. So’zning murakkab tabiati, ko’p ma’noligi va semantik boyligi bu masalada qiyinchilik tug’ilishiga sabab bo’ladi. Masalan, “Gulliverning sayohatlari” asari tarjimasidagi leksik birliklarni olib ko’rsak:
Avtor o’zi hamda o’z oilasi haqida ba’zi bir ma’lumotlarni ma’lum qiladi. Sayohatga bo’lgan dastlabki mayl. U kema halokatiga duch keladi. Suzib o’zini qutqaradi va liliputlat mamlakati sohiliga eson-omon yetib oladi. Uni asr qilib mamlakat ichkarisiga olib ketishadi65.
Asarning inglizcha matni quyidagicha:
The author gives some account of himself and his family: his first inducements to travel. He is shipwrecked, and swims for his life; gets safe ashore in the country of Liliput; is made a prison, and carried up the country”.66
Yuqorida keltirilgan tarjima va asl matnlardan dastlab shunisi ayonki, asl matn tuzilish jihatidan tarjima jarayonida o’zgartirilgan, ya’ni murakkab qo’shma gaplar tarjimada sodda gaplar bilan almashtirilgan. Bizga ma’lumki, tarjimada ingliz tilidagi so’zni so’zga, gapni gapga tarjima qilish bilan kitobxonga yozuvchi ko’zlagan maqsadni yetkazib bo’lmaydi yoki bu turli xil g’alizliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Shu sababli ikki murakkab gap o’rnini beshta sodda gap egallagan.
Tarjimada so’z tanlash va izlashda aniqlik me’zoniga amal qilishning e’tibori juda katta. Tanlangan so’z nafaqat ma’no jihatidan to’g’ri kelmog’i, tarjima qilinayotgan “to’g’ri” til badiiyatiga mos tushmog’i zarur. Asl matndagi “ author” so’zi tarjimada “avtor” shaklida beriladi. Bu bir tomondan to’g’ri ekvivalent. Chunki “author” so’zini o’zbekchaga “avtor”, “muallif” deb tarjima qilinadi, lekin o’zbek tilida “avtor” so’ziga qaraganda “muallif” so’zi ko’proq ishlatiladi va tabiiyroq jaranglaydi. Shu sababli tarjimon asarni o’zbekchaga tarjima qilayotgani uchun “avtor” so’zi o’rniga xalqqa yaqinroq bo’lgan “muallif” so’zini qo’llaganda maqsadga muvofiq kelardi. Mening o’ylashimcha, bunga sabab inglizcha asar rus tili orqali tarjima qilinganligi va tarjima qilinayotgan davrda rus tilining ta’siri kuchli ekanligidan dalolatdir. Yuqoridagi “gives some account” birikmasi esa o’zbekchaga “biroz ma’lumot bermoq”, “ bir qadar tafsilot bermoq”,
“xisobot bermoq” deb tarjima qilinadi. Lekin tarjimon bu jumlani “ba’zi bir ma’lumotlarni ma’lum qiladi” deyish orqali birikmani juda chiroyli ifodalaydi.
Asar tarjimasida ba’zan ma’lumotlarlarning tushib yohud qo’shilib qolish xollariga ham duch kelish mumkin. Buni quyidagi misolda ko’rishimiz mumkin:
“Men Nottingempshirda tug’ilganman, u yerda otamning uncha katta bo’lmagan mulki bor edi. Yoshim o’n to’rtga to’lganda otam meni Kembrij shahridagi Imanyuel kollejiga o’qishga yubordi. U yerda bilimlarni zo’r hafsala bilan o’rgandim, biroq kollejda o’qishim uchun mablag’ yetkazib berishga otamning qudrati yetmay qoldi, shuning uchun u meni u yerdan olib, Londondagi mashhur vrach Jems Betsga shogirdlikka berdi, undan to’rt yil ta’lim oldim. Otam har zamonda yuborgan pullarning hammasini navigatsiya hamda matematikaning boshqa sohalarini o’rganishga sarfladim. Bu fanlar hamma sayohatda qo’l kelishi mumkin, men esa, taqdir meni sayohatchi qiladi, degan fikrga qattiq ishongandim. Mister Betsnikidan ketib, uyga Nottingempshirga qaytib keldim. Otam, tog’am Jons va boshqa qarindosh-urug’larimizning qo’llab-quvvatlashi tufayli qirq funt to’plashga muvaffaq bo’ldim…. Leyden shahrida, uzoq sayohatlarda asqatib qolishini bilib, ikki yil-u yeti oy meditsinani o’rgandim”.67
Asarning inglizcha matni quyidagicha:
“My father had a small estate in Nottinghamshire; I was the third of five sons. He sent me to Emmanuel College in Cambridge at fourteen years old, where I resided three years, and applied myself close to my studies; but the charge of maintaining me, although I had a very scanty allowance, being too great for a narrow fortune, I was bound apprentice to Mr. James Bates, an eminent surgeon in London, with whom I continued four years; and my father now and then sending me small sums of money, I laid them out in learning navigation, and other parts of the mathematics useful to those who intend to travel, as I always believed it would be, some time or other, my fortune to do. When I left Mr. Bates, I went down to my father, where, by the assistance of him, and my uncle John and some other relations, I got forty pounds, and a promise of thirty pounds a year, to maintain me at Leyden. There I studied physic two years and seven months, knowing it would be useful in long voyages”.68
Ko’rib turganingizdek, tarjimon asliyatda mavjud bo’lmagan “Men Nottingempshirda tug’ilganman” gapini qo’shadi. Tarjimon buni matndan kelib chiqib kiritgan bo’lishi mumkin, lekin asliyatda bo’lmagan ma’lumotlarni berish tarjimada ziddir. “I was the third of five sons” ( “Men besh o’g’ilning uchinchisi edim”) gapi aksincha , tarjimada tushib qoladi. Tarjimon bunga ehtiyoj yo’q, deb biladi.
Shuningdek, yuqorida tarjimonga muammo tug’diradigan birlik “apply” ko’p ma’noli so’zidir. Chunki bu so’zni o’zbek tiliga “yozma ravishda talab qilmoq”, “diqqatini qaratmoq”, “…uchun muhim bo’lmoq”, “..ga tegishli bo’lmoq”, “ifodalamoq”, “qo’ymoq”, “surtmoq” degan ma’nolarni beradi.69 Biroq bu leksik birlik o’zlik olmoshlari bilan qo’llanganda “bor kuch bilan ishlamoq” ma’nosini bildiradi.70 Tarjimon bu ko’p ma’noli so’zning boshqa ma’nolari bilan adashtirib yubormagan holda “zo’r hafsala bilan o’rgandim” deya juda chiroyli ekvivalent tanlaydi.
Tarjimonda muammo tug’diruvchi yana bir so’zlardan biri asliyatdagi “uncle” leksik birligidir. Chunki bu so’zning o’zbek tilidagi muqobillari ikkita bo’lib, ular “tog’a” va “amaki”dir. Tarjima jarayonida bu so’zlarni “tog’a” yoki “amaki” deb tarjima qilish konteksga bo’g’liq. Biroq yuqoridagi konteksda bunga aniqlik kirituvchi leksik birliklar yo’qligi sababli tarjimon “uncle John” ni “tog’am Jons” bilan beradi va bu asar so’nggiga qadar hech qanday chalkashlik tug’dirmaydi.
Tarjimon asliyatda ikki o’rinda kelgan “useful” so’zini har ikki o’rinda ikki xil talqin etadi. Muallif o’rgangan navigatsiya hamda matematika fanlari unga hamma sayohatlarda qo’l kelishi (usefull) mumkinligi yoki meditsinani o’rganish uzoq sayohatlarda asqotib qolishini (usefull) aytgan. Tarjimon ikki o’rinda qo’llangan bir so’zning ikki xil muqobilini berib, so’z takrorini oldini olgan.
Biroq, tarjimon asliyatdagi “surgeon” so’zini tarjima qilishda xatolikka yo’l qo’yadi, ya’ni bu so’zga muqobil qilib “vrach” so’zini tanlaydi. Birinchidan, “vrach” so’zi rus rili ta’sirida kirib kelgan so’zdir. Ikkinchidan, “vrach” so’zi ingliz tilida “doctor” bo’lib, bu so’z barcha vazifadagi shifokorlar uchun ishlatiladi. Svift bu o’rinda buni nazarda tutmagan, Jems Betsni “jarroh”, “xirurg” ekanini yozgan. Tarjimon keying o’rilarda xatosini tushunganday “surgeon”so’zini “xirurg” deya tarjima qiladi.
Asliyatdagi ba’zi bir leksik birliklarni qanday bo’lsa shunday tarjima qilish o’rinli bo’lmaydi. Chunki tarjimaga tanlanayotgan leksik birliklar milliylikka ham mos kelishi lozim. Buni quyidagi misol orqali ko’rib chiqamiz:
“Leydendan qaytgach, saxovatli ustozim mister Betsning yordamida kapitan Eybregem Pennel qo’mondonlik qilayotgan “Qaldirg’och” kemasida xirurg bo’lib ishga kirdim…. Mister Bets bu fikrimni judayam ma’qulladi va meni bir qancha patientlarga tavsiya etdi. Men Old-Juridagi uncha katta bo’lmagan uyning bir qismini ijaraga oldim, Nyugetstritdagi yashovchi paypoqfurush mister Edmond Bertonning qizi miss Meri Bertonga uylanib, to’rt yuz funt pul oldim”.
Asarning inglizcha matni quyidagicha:
“Soon after my return from Leyden, I was recommended by my good master, Mr. Bates, to be surgeon to the "Swallow," Captain Abraham Pannell, commander; with whom I continued three years and a half, making a voyage or two into the Levant, and some other parts. When I came back I resolved to settle in London; to which Mr. Bates, my master, encouraged me, and by him I was recommended to several patients. I took part of a small house in the Old Jewry; and, being advised to alter my condition, I married Mrs. Mary Burton, second daughter to Mr. Edmund Burton, hosier in Newgate Street, with whom I received four hundred pounds for a portion”.
Yuqorida tarjimon inglizlarda iltifotli so’zlashish maqsadida erkaklarga nisbatan ishlatiluvchi “MR.”so’zini tarjimada “mister” so’zi bilan beradi. Biroq o’zbek tilida bu so’zga ekvivalent keluvchi “janob” so’zi ham mavjud. Tarjimon “janob”so’ziga qarganda “mister” so’zini tanlaydi. Mening fikrimcha “mister” so’zi chet tilidan kirib kelgani uchun va milliyligimizga yod bo’lgani uchun “janob” so’zi qo’llanganda o’rinli bo’lardi. Tarjima jarayonida ilog’i boricha ona tilidagi so’zlardan foydalanish, juda extiyoj tug’ilgandagina chet so’zlarga murojat qilish kerak.
Yana bir bunga o’xshash holat asliyatdagi “patient” so’zini tarjima qilishda uchraydi, ya’ni mister Bets muallifning Londonga ko’chish fikrini judayam ma’qullab, uni bir qancha patientlarga tavsiya etadi. Inglizcha “patient” shakldosh so’z bo’lib, 1. Bemor 2. Sabrli deb tarjima qilinadi. Mazkur so’zni asliyat matnidan kelib chiqqan holda “… bemorlarga tavsiya etdi” deb tarjima qilinganda kitobxonga yanada tushunarli bo’lardi.
Tarjimondagi bir yutuq shundaki, asliyatdagi “Mrs. Mary Berton” ni garchi ona tilimizga to’g’ri kelmasa-da, “miss Meri Berton” deya tarjima qiladi. Muammo shundaki, ingliz tilida “Mrs” (“Honim”) turmushga chiqqan ayollarga nisbatan ishlatiladi. Tarjimada keltirilgan “miss” so’zining inglizcha ekvivalenti “Miss” bo’lib, uni turmush qurmagan ayollarga nisbatan ishlatiladi. Bunday bo’lsa, tarjimonni asliyatdagi “Mrs” so’zini “miss” deb tarjima qilishiga nima sabab bo’ldi, degan haqli bir savol tug’iladi. E’tibor qilsak, kitob so’nggida berilgan izohlardan birining aytishicha, sobiq davrlarda turmushga chiqmagan ayollarga nisbatan “Mrs” (“Honim”) nomi qo’shib aytilgan. Bugungi kunga kelib, “Mrs” turmushga chiqqan ayollarga nisbatan ishlatiladi.
“…my good master” birikmasini tarjimasi tahsinga loyiq. “Good” so’zi ingliz tilidan “yaxshi”, “biror narsaga usta”, “yoqimli”, “rohatbaxsh”, “tarbiyali”, mehribon”, “ma’qul” deya tarjima qilinadi.71 Biroq tarjimonni bu muqobil so’zlar qoniqtirmaydi. U konteksdan kelib chiqib “sahovatli ustozim” deb tarjima qiladi. Bu bilan Svift aytmoqchi bo’lgan fikr kitobxonga to’g’ri yetkaziladi. Shuni qayd etish lozimki, tarjimon asl matndagi leksik birliklarni ifodali ibora va jumlarani juda chiroyli tarjima qila olgan. Quyida ulardan qisqacha namuna ko’rsak:
Asl matnda: “…I swam as fortune directed me…”
So’zma-so’z: “…qismatim meni yo’naltirganidek suzaverdim…”
S.Yo’ldashev tarjimasida: “…boshim oqqan tomonga qarab suzaverdim…”
Asl matnda: “…astonishment at my bulk and appetite…”
So’zma-so’z: “…ishtaham va katta gavdamdan hayron bo’lib…”
S.Yo’ldashev tarjimasida: “…ishtahamni karnayligidan mamnun bo’lishib..”
Asl matnda: “…he shook his head by way of disapprobation and held his hand in a posture to show…”
So’zma-so’z: “…u rad etishni ko’rsatish uchun qo’llarini ushlab boshini silkitdi…”
S.Yo’ldashev tarjimasida: “…u yo’q degan ishorani bildirib bosh chayqadi”.
Asl matnda: “In the midst of this consultations…”
So’zma-so’z: “Kengashning eng o’rtasida…”
S.Yo’ldashev tarjimasida: “Kengash avji qizib turgan paytda…”
Asl matnda: “…seldom, except upon great occasions…”
So’zma-so’z: “…ba’zan, qiyin vaziyatlardan tashqari…”
S.Yo’ldashev tarjimasida: “…faqat do’ppi tor kelib qolgan paytlardagina…”
Yuqoridagi misollardan shuni bilish mumkinki, tarjimon S.Yo’ldashev tarjimada turli so’zma-so’z, g’aliz birikmalarni qo’llashdan qochib, uning o’rniga adabiy, hamma tushunadigan, yorqin so’zlardan foydalangan. O’zbek tilidagi ko’plab ekvivalentlar ichidan eng munosibini tanlay bilgan. Shu bilan birga yuqorida ko’rib o’tganimizdek, ba’zi bir leksik birliklarni tarjimada qayta yaratishda ayrim nuqsonlar yo’l qo’ygan. Ularni tarjima qilishda garchi o’zbek tilida muqobil variantlar borligiga qaramasdan rus tilining kuchli ta’siri ostida kirib kelgan so’zlarni tanlaydi. Tarjimon S. Yo’ldashevning bu ishini asarni ruschadan tarjima qilganligi va asosan, rus tilini davlat tili darajasi maqomiga ko’tarilganligi bilan izohlash mumkin. Shunday bo’lsa-da, asar qiziqarli voqealarga boy ekanligi bois ko’plab kitobxonlar ko’nglini rom eta oldi.

    1. Gulliverning sayohatlari” asaridagi muqobilsiz so’zlarning tarjimasi

Tarjimon oldida eng katta muammolardan biri muqobili bo’lmagan so’zlarni tarjima qilishdir. Ingliz tili o’zbek tilida muqobilini topib bo’lmaydigan ko’p sonli leksik birliklarga ega. Muqobili bo’lmagan so’zlarga kishi ismlarini, joy nomlarini, geografik nomlarni, lavozimlarni, gazeta va jurnallar, ya’ni davriy nashr nomlarini, korxona, tashkilot, firma, kompaniya nomlarini, kema hamda mehmonxona nomlari, bino nomlari, voqea-hodisa, tushuncha nomlari va ma’lum bir millat hamda xalqqa tegishli bo’lgan realiyalarni kiritish mumkin. Tarjima nazariyasiga ko’ra, ana shunday muqobili bo’lmagan so’zlarning tarjima qilishning beshta usuli mavjud:

  1. Transliteratsiya

  2. Sarlavha osti izohlari va tushuntirish

  3. Kalkalash

  4. O’xshash so’zlar bilan tarjima qilish

  5. Tasviriy tarjima72

M.D.Gutner bunday turdagi so’zlarni “ekvivalentsiz leksika” deb ataydi va ularni tarjima qilishda quyidagilarni ko’rsatib o’tadi:

  • Transliteratsiya va transkripsiya

  • Kalkalash

  • Tasviriy tarjima73

Tarjimon S.Yo’ldashev “Gulliverning sayohatlari” asarini tarjima qilar ekan, ko’plab muqobilsiz so’zlarga duch keladi. U bunday leksik birliklarni tarjimashunoslik an’analariga asoslangan holda tarjima qiladi. Quyida asar boshidan to so’nggiga qadar mavjud bo’lgan, muqobilsiz so’zlarning asosiy qismini tashkil etuvchi kishi va joy nomlari, ya’ni atoqli otlarning tarjimalarini tahlil qilinadi. Masalan, tarjimon S.Yo’ldashev asarning nomi “Gulliver’s travels” ni “Gulliverning sayohatlari” deb tarjima qiladi. Tarjimon “Gulliver” atoqli otini tarjima qilishda transliteratsiya usulidan foydalangan, ya’ni asliyatdagi so’zning talaffuz shaklini berib, uning grafik jihatini hisobga olgan.
“James Bates” atoqli otini tarjima qilishda aksincha transkripsiyadan foydalangan, ya’ni bu birlikni “Jems Bets” bilan beradi. Bundan kelib chiqib shuni ma’lum qilish mumkinki, tajimon S.Yo’ldashev atoqli otlarni tarjima qilishda transliteratsiya- atoqli otlarning grafikasini hisobga olgan holda talaffuz shaklini berish va transkripsiya-atoqli otlarni talaffuziga ko’ra berishdan foydalangan. Biroq ingliz tilidagi ba’zi tovushlar o’zbek tiliga ikki xil usul bilan beridadi. Chunonchi, ingliz tilidagi [h] tovushi o’zbek tiliga [h] va [g]; [th] tovush birikmasi esa [s] va [t] usulida beriladi. S. Yo’ldashev “Houyhnhnms” joy nomini ikkinchi usuldan foydalanib, “Guigngnmlar” deb bergan. Quyida tarjimon S.Yo’ldashev tomonidan qilingan asarda eng ko’p uchrovchi atoqli otlarning tarjimalari beriladi:

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish