III. NATIJALAR TAHLILI
III.1. Olingan mahsulotning xossalarini tahlil qilish
Olingan mahsulotning xossalarini bilish uchun o’zimizda va chet etla ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan solishtirib ko’rildi.
Olingan mahsulot biroz quyuq ekanligi solishtirish natijasida ma’lum bo’ldi.
Mahsulot tarkibidagi komponentlarni xossalari ham o’rganildi. Emulsion bo’yoq ishlab chiqarishda komponentlarning dispersligiga ham bog’liq. Shuning uchun komponentlar mayinlik darajasiga alohida e’tibor berish kerak ekanligi ma’lum bo’ldi.
III.2. Emulsion bo’yoqlar uchun to’ldiruvchilar ahamiyati
Emulsion bo’yoqlar uchun to’ldiruvchilar sifatida ishlatilishi mumkin bo’r, talk, natriy polifosfat, oksidlar va boshqa misolar keltirish mumkin. To’ldiruvchi qo’shish pigment kam sarf bo’lishiga mahsulotning narxi arzonlashishiga, To’ldiruvchilar pigmentni asosga yaxshi shimilishini, tishlashishini, yani asosga mahkam ushlanib turish xususiyatini, lak-bo’yoq pardalarining mustahkamligi, chidamliligini oshiradi, ularni suv, o’t (yuqori harorat), kislotalar, ishqorlar hamda atmosfera ta’siriga chidamli qiladi, bo’yoq pardalarning yaltiroqligi yoki hiraligini ta’minlaydi, qurishini tezlashtiradi. Tiksotroplik xossasini oshirish uchun poliefir lak-bo’yoq materiallari tarkibiga qo’shilgan bunday to’ldiruvchilar bir marta surkashdayoq kerakli qalinlikdagi parda qatlamni hosil qilish imkonini beradi. Huddi shuningdek, diatomitli qumtuproqlar parda qatlamning metal bilan adgeziyasini (yopishuvchanligini) oshirish uchun xizmat qiladi. Tabiiy qumtuproqlar (kvarts, diatomit) metal buyumlarni tamirlash uchun g’ovak to’ldiruvchilar tayyorlashda, lak-bo’yoq materiallarda bo’lsa oraliq qatlamlar sifatida surkashda, qatlamlar orasida adgeziyani oshirish maqsadida ishlatiladi.
III.3. Komponentlarning eruvchanligini tahlil qilish
Natriy karboksimetilselluzaning eruvchanligi alohida tajribalar yo’li bilan aniqlandi. Eruvchanligi bevosita eriuvchiga va haroratga bog’liq ekanligi aniqlandi.
Titan oksidini maydalab elakdan o’tkazib akril emulsiyasiga solinganda yaxshi erishi, kristallanib qolmasligi aniqlandi. Bo’rni ham dispersligi yuqori bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Chunki, dispersligi yuqori bo’lgan bo’r akril emulsiyasida yaxshi eriydi va titan oksidi kabi bu ham kristallanib qolmasligi aniqlandi. Emulsion bo’yoq tarkibidagi komponentlarning eruvchanligi va dispersligi yuqori bo’lsa cho’kmaga tushmasligi ma’lum bo’ldi. Bundan tashqari cho’kmaga tushmasligini sirt aktiv moddalar ham ta’minlashi aniqlandi.
Turli turdagi yuqori sifatli qurulish materiallari olish uchun xomashyo aralashmasini g’ovaklashtirish muhim. Buning uchun yuqorida aytib o’tilgan usullar yordamida aralashmaga texnik usulda olingan ko’pik yoki ko’pik hosil qiluvchi qo’shish bilan va uni intensiv aralashtirgan holda dispersialangan havo pufakchalarini hosil qilib erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |