O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti tabiiy fanlar va geografiya fakulteti kimyo kafedrasi nuritdinov Azimjon Qayum o’g’lining


I.7.Quyuqlashtiruvchi moddalar va plastifikatorlar



Download 2,51 Mb.
bet17/24
Sana12.07.2022
Hajmi2,51 Mb.
#782967
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
mahalliy xom ashyolar asosida emulsion boyoqlar olish texnologiyasini

I.7.Quyuqlashtiruvchi moddalar va plastifikatorlar
Lak-bo’yoq materiallar tarkibiga plastifikatorlar qo’shilganda, ular asosida olinadigan parda qatlamlarning elastikligi va past temperatura ta’siriga chidamliligi oshadi, lekin qattiqligi va cho’zuvchi kuchga bo’lgan mustahkamligi pasayadi.
Plastifikatorlar ko’proq nitrosellulozali lak-bo’yoq mahsulotlari tarkibiga qo’shiladi. Plastifikatorlar o’rnida qaynash temperaturasi 200o C va undan yuqori bo’lgan suyuqliklar ( efirlar, moylar va hokozo) ni ishlatish mumkin.
Zamonaviy nuqtai nazar bilan qaraganda polyarmas polimer va plastifikator uchun plastifikatsiyaning mohiyati quyidagilardan iboratdir.
Polimerlar harakatlanuvchi zvenolarga ega bo’lgan ko’p zanjirli makromolekulalardan iboratdir, ammo plastifikatsiya qilinmagan polimerda u yoki bu makromolekulaning formasini o’zgartirish ko’p energiya sarf bo’lishini taqozo etadi, chunki u gigant molekulalar konfiguratsiyasini o’zgartirish zarurligi bilan doimo bog’liq bo’ladi.
Polimer tarkibiga plastifikator kiritilishi bilan ayrim makromolekulyar konfiguratsiyasining o’zgarishi va ularning bir-biriga nisbat yangidan guruppalanishi osonlashadi. Shunday qilib, plastifikatsiyaning mohiyati sistema qovushqoqligini pasaytirish va makromolekula konfiguratsiyasini o’zgartirish yoki qayta guruppalanishi uchun ketadigan energiyani kamaytirishdan iboratdir.
Polyar polimer va plastifikatorlar uchun plastifikatsiyaning mohiyati plastifikator polyar molekulalarning polimer molekulalaridagi polyar guruppalar bilan o’zaro band bo’lishi bilan tushuntiriladi. Bunda polimer molekulalari orasida avval bo’lgan kuchli bog’lanish (tortishuv) buziladi. Natijada polimer o’zining qattiqlik va mo’rtlik xususiyatini yo’qotib, elastikligi oshgan va sovuqqa chidamliligi kuchaygan material ko’rinishiga o’tadi.
Plastifikatorlarga qator talablar qo’yiladi. Ulardan asosiysi plastifikatorning polimer bilan aralasha olishi yoki unda erishidir. Polimerlar bilan yomon aralashadigan plastifikatorlar unda juda yupqa emulsiya ko’rinishida tarqalishi mumkin. Ammo ma’lum sharoitda bunday emulsiyaning juda mayda tomchilari bir-biri bilan birlashib sirtga “terlab” chiqa boshlaydi. Plastifikatorlar yorug’lik ta’siriga chidamli va mumkin qadar zaxarsiz bo’lishi kerak.
Ko’proq plastifikatorlardan DBF-dibutilftolat (GOST 8728-77) , TKF-trikrezilfosfat (GOST 5728-76) va kanakunjut moyi (kasterol deb ham ataladi) ishlatiladi (TU 6-10-1238-77) .

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish