O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi Dorivor o’simliklarni standartlash metrologiya va sertifikatlash


- mavzu O’lchash birligini taminlash tizimi va metrologik faoliyatning qonuniy asoslari



Download 1,89 Mb.
bet34/170
Sana09.07.2022
Hajmi1,89 Mb.
#764084
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   170
Bog'liq
sta

10- mavzu

O’lchash birligini taminlash tizimi va metrologik faoliyatning qonuniy asoslari

O‘lchash vositalari va ularning sinflanishi


Ma’lumki, o ‘lchashni biror-bir vositasiz bajarib bo‘lmaydi.
O‘lchash vositasi deb, o ‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va
me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga
aytiladi.
O‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki
murakkab, aniqligi katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash
vositalari me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lishi lozim
va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi.
O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu o ‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishi va
ishlashiga bog‘liq.
O‘lchash vositalarining namunalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

O‘lchovlar keng tarqalgan o ‘lchash vositalaridan hisoblanadi.


O‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan,
saqlaydigan o‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr
qarshiligi, kondensatori va shu kabilarni o ‘lchovlarga misol qilib
olishimiz mumkin.
O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar
va namunaviy moddalar ham o ‘lchovlar turkumiga kiritilgan.
Standart namuna modda, materiallarning xossalari va xususiyatlarini tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o ‘lchov sanaladi. Masalan, g‘adir-budurlikning namunalari,
namlikning standart namunalari.
53
Namunaviy modda muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘ladigan va aniq xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan,
«toza suv», «toza metall» va hokazolar. «Toza rux» 420 °C temperaturani hosil qilishda ishlatiladi.
O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o ‘lchash
kolbasi, normal element) turlarga bo‘linadi. Ba’zan o ‘lchovlar
to‘plamidan ham foydalaniladi.
Kattalikning o ‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi
qatorni yodda tutishimiz lozim bo‘ladi: ishchi o ‘lchash vositalari,
namunaviy o ‘lchash vositalari, ishchi etalon, solishtirish etaloni,
nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon
va davlat etaloni.
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan
namunaviy o‘lchovlar etalonlar deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan
va davlat etalonlariga bo‘linadi. Davlat etalonlari namunaviy o ‘lchov va asboblarni tekshirishda qo‘llaniladi va Davlat standarti
idoralarida saqlanadi.
O‘lchash asbobi deb, kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda o ‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqishga mo‘ljallangan o ‘lchash vositasiga aytiladi.
O‘lchash asboblarini turli xil alomatlari: o ‘zgartirish xususiyati;
chiqish axborotining turi; axborotni taqdim etish xususiyati; o ‘lchanayotgan kattalikning turi; qo‘llanilish sharoiti va boshqa
alomatlari bo‘yicha sinflash mumkin.
Bu alomatlar hisobga olingan holda o‘lchash asboblarining sinflanishi 2.6-rasmda keltirilgan.
O‘zgartirish xususiyati bo‘yicha o‘lchash asboblari o ‘zida aniqlangan hisoblash o ‘lchash o ‘zgartkichi va solishtirish qurilmasini
namoyon etadi. Asbobning tuzilmasi, tasvirini shartli belgilash
uchun funksional sxemadan foydalaniladi. Ularning barcha o‘zgartirishi inobatga olinib, o ‘lchanayotgan kattalik asbobning ishlash
jarayonida aniqlanadi.
Barcha o ‘lchash asboblarini o ‘zgartirish xususiyati bo‘yicha
uchta turga: to‘g‘ridan to‘g‘ri o ‘zgartiruvchi; o ‘zgarishni solishtirish va aralash o ‘zgartiruvchi asboblarga bo‘lish mumkin..
Ma’lumotni tavsiflashga ko‘ra o‘lchash vositalari quyidagilarga
bo‘linadi:
1. Shkalali o ‘lchash vositalari.
2. Raqamli o ‘lchash vositalari.
3. O‘ziyozar o ‘lchash vositalari.
Analogli (shkalali) o ‘lchash asboblari, o ‘z navbatida, elektromexanik turdagi analogli asboblarni qamrab olib, magnitoelektrik
o ‘lchash asboblari; elektromagnit o ‘lchash asboblari; elektrodinamik o ‘lchash asboblari; elektrostatik o‘lchash asboblari va induksion
o ‘lchash asboblariga bo‘linadi.
Analogli o ‘lchash asboblari o ‘lchanayotgan kattalikning uzlukiz
o‘zgarish funksiyasini ko‘rsatuvchi asboblar deb ataladi. Bu asboblar
soddaligi, arzonligi, yuqori mustahkamligi, turli sharoitlarda qo‘llanishi, aniqlik sinfi 0,05 gacha ishlab chiqarilishi bilan farqlanib,
elektrik o ‘lchashlarda asosiy texnik vositalar guruhini tashkil etadi.
Analogli o ‘lchash asboblari yoki bevosita ko‘rsatuvchi asboblar
elektr o ‘lchashlar va umuman, o ‘lchash texnikasida keng o ‘rin
olgan asboblardan hisoblanadi. Bu turdagi asboblarda ko‘rsatuv
qaydnomasi uzluksiz (funksional) ravishda o ‘lchanayotgan kattalik
2.7-rasm. Analogli o‘lchash asboblarining struktura sxemasi.
bilan bog‘liqlikda bo‘ladi. Bu turdagi asboblarning struktura sxemasi
2.7-rasmda ko‘rsatilgan.
Bevosita ko‘rsatuvchi elektr o ‘lchash asboblari (xususan,
elektromexanik asboblar) ikki asosiy qismdan, ya’ni o ‘lchash zanjiri
va o ‘lchash mexanizmidan iborat, deb qarash mumkin.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish