5-bob. Institut faoliyatini baholash mezonlari hamda uning faoliyati samaradorligi va natijadorligi ishchi indikatorlari 19. Institut faoliyati samaradorligi muntazam ravishda baholanadi.
20. Institut faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash “O‘zstandart” Agentligi tomonidan tasdiqlanadigan institut faoliyatini baholash mezonlariga hamda uning faoliyati samaradorligi va natijadorligi ishchi indikatorlariga asoslanadi.
21. Institut faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
Institut rahbarlari va xodimlariga nisbatan rag‘batlantirish (taqdirlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Institut faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.
22. Institut faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlarida belgilanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoida 23. Institutni qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-martdagi 220-son qaroriga
2-ILOVA
“O‘zstandart” Agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot institutining TUZILMASI
* O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarning cheklangan jami soni — 10 nafar.
** Moliyalashtirish xo‘jalik faoliyatidan olinadigan o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Yordamchi xodimlar soni qonun hujjatlari bilan belgilangan normativlar bo‘yicha belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-martdagi 220-son qaroriga
3-ILOVA
Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish va qo‘llash tartibi to‘g‘risida NIZOM
1-bob.Umumiy qoidalar. 1. Ushbu Nizom xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlar standartlarini (keyingi o‘rinlarda Standartlar deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasida qabul qilish va qo‘llash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
xalqaro standart — standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot doirasida qabul qilingan standart;
mintaqaviy yoki davlatlararo standart — standartlashtirish sohasida mintaqaviy tashkilot doirasida qabul qilingan standart;
xorijiy mamlakatning standarti — xorijiy davlatning standartlashtirish bo‘yicha vakolatli organi tomonidan qabul qilingan standart;
manfaatdor tomonlar — Standartlarni qabul qilish va (yoki) ularni qo‘llashdan manfaatdor bo‘lgan mahsulotlarning (xizmatlarning) tegishli turlarini ishlab chiqaruvchi yoki iste’mol qiluvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar.
3. Standartlarni qabul qilish uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining topshiriqlarini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan Standartlarni qabul qilish bo‘yicha rejalar, dasturlar va tadbirlar;
“O‘zstandart” Agentligi tomonidan tasdiqlanadigan Respublika standartlashtirish yillik dasturi;
standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarining ish rejalari;
manfaatdor tomonlarning “O‘zstandart” Agentligiga buyurtmanomalari (murojaatlari).
Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish ushbu Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Standartlarni davlat tiliga tarjima qilish manfaatdor taraf tomonidan ta’minlanadi.