O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika va texnologik ta'lim fakultetі


Hozirgi ilmiy texnik taraqqiyot davrida talabalarni mustaqil tadqiqot masalalarini yanada chuqurroq va har tomonlama mukammal hal qilishga o’rgatish



Download 112,26 Kb.
bet4/21
Sana09.07.2022
Hajmi112,26 Kb.
#759690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
KURS ISHI NAMUNA2

Hozirgi ilmiy texnik taraqqiyot davrida talabalarni mustaqil tadqiqot masalalarini yanada chuqurroq va har tomonlama mukammal hal qilishga o’rgatish

  • Ilmiy texnik adabiyotlardan, hisoblash texnikasidan va boshqa avtomatlashtirishga mo’ljallangan vositalardan foydalanib, hisob hamda chizma ishlarini bajarishda ko’nikma hosil qilishga o’rgatish

    Kurs ishini bajarishda statistik usullar va iqtisodiy tahlil qilishni bilish zarur. Shuningdek, talaba statistik ma’lumotlar materiallar va matematik usullar bilan ishlashni bilishni taqozo etadi. Ishda me’yoriy hujjatlar va orfografik qoidalar bo’yicha qabul qilingan shartli qisqartirishlar kiritish ruxsat beriladi. Masalan: y.-yil, yy.-yillar, mak.-maksimal va boshqalar. Shuningdek, ba’zi bir so’z birikmalari kurs ishida qayta-qayta kelishi ko’zda tutilsa, ushbu so’z birikmalarini birinchi yozilishida to’liq yozish kerak va so’z birikmasi tugashi bilan qavs ochib ushbu so’z birikmasini qisqartma ko’rinishini keltirish kerak. So’ng, ushbu so’z birikmasi qaytarilsa, qisqartma ko’rinishini yozish mumkin. Masalan, Fizika o’qitish metodikasi (FO’M) va boshqalar. Mundarija kurs ishi tuzilishini belgilab beruvchi qism bo’lib, kurs ishini boshlanish qismida keltiriladi va unda kurs ishi tarkibida bo’lishi kerak bo’lgan qismlar ko’rsatiladi. Ya’ni kirish, asosiy qism savollari, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, xulosa va ilovalar ko’rsatiladi. Talaba tanlagan mavzu bo’yicha reja tuzish uchun avvalambor ushbu mavzuga mos adabiyotlarni o’rganish kerak. Tuzilgan reja bo’yicha kurs ishini yozish tartibi tushuntirib beriladi.
    KURS ISHINING OB’EKTI VA PREDMETI.
    Kurs ishining ob’ekti va predmeti kirish qismning muhim elementi ekanligini ifodalaydi. Yuqorida keltirib o’tilgan mavzulardan kelib chiqib, kurs ishining ob’ektni aniqlaydigan bo’lsak, kurs ishining ob’ekti - o'rganilayotgan ilmiy bilimlarning ma'lum bir qismi hisoblanadi.Kurs ishining predmeti ko'pincha talabaning kurs loyihasi bo'yicha tanlagan mavzusiga juda yaqin yoki u bilan to'liq mos keladi.Shuningdek, kurs ishining uslubiy ko’rsatmasi kirish qismida muhim elementlardan biri bo’lib, qaysiki amaliy materiallarni tahlil qilishda va ishning asosiy maqsadni ochib berishda xizmat qiladi. Shu bilan birga, mahalliy va xorijiy olimlarning ushbu mavzu bo’yicha olib borgan ishlarini ko’rsatish kerak.Kirish qismdan so’ng, asosiy qism keladi, ya’ni u bir nechta savollardan iborat bo’lib, bunda asosan ushbu mavzuni asosiy mohiyati to’liq batafsil ochib beriladi.

    KURS ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI.


    Kurs ishi ushbu fanni o’rganishning eng asosiy bosqichi hisoblanib, talabalardan uzoq muddat mehnat qilishni va jiddiy bilimni talab qiladi. Kurs ishda o’rganilayotgan ob’ekt bo’yicha bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlar har tomonlama yoritilgan bo’lishi kerak. Shu munosabat bilan qabul qilingan qonunlar, Prezident qarorlari va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini o’rganish zarur. Ushbu xujjatlarni bilish kurs ishining har bir savolini yoritishda o’z ifodasini topishi kerak. Kurs ishini bajarishda statistik usullar va iqtisodiy tahlil qilishni bilish zarur hisoblanadi,shuningdek, talaba statistik ma’lumotlar materiallar va matematik usullar bilan ishlashni bilishni taqozo etadi. (hozir.org baxtiyor.uz)
    Kiyim deb badanni yopib turuvchi har qanday mato parchasiga aytiladi. Kiyimlar tikiladi, toʻqiladi, yoki boshqa usullar bilan tayyorlanadi. Kiyim kiyishdan maqsad avvalo tanani atrof-muhit taʼsiri: issiq-sovuq, shamol, chang-toʻzon, quyosh nurlari, yogʻin va hokazolardan asrashdir. Bundan tashqari kiyim ijtimoiy sabablarga koʻra ham kiyiladi. Xuddi shu ijtimoiy va psixologik sabablarga koʻra kiyim-kechak koʻrimli, chiroyli qilib tayyorlanadi, masalan, boshqa odamlarni jalb qilish, ularga yoqish uchun.
    Kiyim — inson tanasini tashqi muhit iqlim, ob-havo oʻzgarishlari, quyosh nuri va boshqalar taʼsiri va turli mexanik taʼsirlardan asraydigan vositalar toʻplami; estetik vazifani bajaradi hamda jins, yosh, milliylik va boshqa xususiyatlarni oʻzida aks ettiradi. Keng maʼnoda "Kiyim" tushunchasi bosh kiyimlar, oyoq kiyimlar, qoʻlqop va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
    Kiyim turiga koʻra — ichki kiyim, ustki kiyim, bosh kiyimlar, oyoq kiyimlar; vazifasiga koʻra— kundalik, uyda, dam olish paytida, bayram va toʻy marosimlarida kiyiladigan kiyimlar, ish kiyim, sport kiyim, rasmiy kiyim (forma)lar, maxsus kiyimlarga boʻlinadi hamda ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlariga ajratiladi.
    Kundalik kiyim, odatda, xalqning madaniyatiga, kishining didiga mos boʻlib, turli modada, turli xil matolardan tikiladi; unda kasb, etnik va ijtimoiy guruhga mansublik oʻz ifodasini topadi. Dam olish paytida kiyiladigan kiyim yumshoq va mayin matodan, erkin harakat uchun qulay qilib tikiladi. Bayram, marosim kiyimlari milliy uslubda, qimmatbaho matolardan tayyorlanadi, turli bezaklar masalan, kashta, munchoq va boshqalar bilan boyitiladi. Ish kiyimi oddiy matolardan mehnat jarayoniga mos qilib tikiladi, masalan, oʻt oʻchiruvchining ish kiyimi oʻtga chidamli brezentdan, baliqchilarning kiyimi suv oʻtkazmaydigan matodan tikiladi, traktorchining ish kiyimi kombinzondan, tibbiyot xodimi, sartarosh, oshpazlarning ish kiyimi asosan, oq xalatdan iborat. Sport kiyim jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun qulay qilib tikiladi. Rasmiy kiyim-forma harbiy kiyim, matros, militsioner, aloqachi va rasmiy kishilar: prokuror va boshqalarning maxsus nizomda belgilangan kiyimlari. Maxsus kiyim homilador ayollar, bemorlar va boshqalar kiyadigan kiyimlar. Bolalar kiyimlari rang-barang pishiq matodan qulay qilib tikiladi, ular turli qoʻshimchalar bilan uqa, jiyak, kashta tikib, quroq usulida bezatiladi. Kiyim ixcham, iqlim va faslga, jins, yoshga moslashtirilgan, eng muhimi qulay boʻlishi, kishiga yarashib turishi lozim. Kiyimni bichish va tikish katta sanʼat. Kiyim tikish uchun oldin tabiiy (paxta, jun, ipak) yoki sunʼiy (sintetik) matolardan tanlanadi, tikuvchilar uyda, atelyelar va fabrikalarda kiyim tikishadi. Buning uchun avval matoni bichib olish kerak. Bu ishni bichuvchi bajaradi. Unga modelyer rassom kiyim rasmi (modeli)ni chizib beradi. Xullas kiyim bitib magazinga tushguncha bir necha kishi mehnat qiladi.
    Yengil sanoat, xususan, toʻqimachilik sanoatining jadal rivojlanishi kishilar didining tinimsiz oʻsib borishi, xalqlar orasidagi aloqalarning kuchayishi kiyim modasining tez-tez oʻzgarib turishiga olib keladi; hayot ham shuni taqozo qiladi. Ayniqsa, ayollar kiyimlari modasi tez-tez oʻzgarib turadi. Hozir kiyim inson tanasini tashqi taʼsirlardan asraydigan vosita boʻlish bilan birga oʻziga va atrofdagilarga estetik zavq bagʻishlaydigan badiiy sanʼat asariga ham aylanib bormoqda. Kiyim tikishda turli-tuman bezak materiallardan, kashtalardan foydalaniladi. Kiyim inson yaratgan turar joy kabi eng qadimiy ixtirolardan biri hisoblanib, soʻnggi paleolit davridayoq mavjud boʻlgan. Kiyim geografik muhit, xoʻjalik shakli, ijtimoiy munosabatlar, madaniyat, etnik qatlamlar va boshqalarga bogʻliq holda taraqqiy etgan. Paleolit davri yodgorliklari orasida terini ishlaydigan tosh va tikadigan suyak ignalar topilgan. Kiyim uchun matodan tashqari barglar, oʻtlar, daraxt poʻstloqlari ham xom ashyo vazifasini oʻtagan. Ibtidoiy odamlar hayvon terilari, daraxt poʻstloqlari va barglarini suyak va hayvon shoxidan ishlangan "ignalar" bilan shunchaki chatib, badanlariga "ilib" olishgan. Neolit davrida ip yigirish va mato toʻqish sanʼatini oʻzlashtirgan inson kiyim tikishda dastlab yovvoyi oʻsimlik tolalaridan foydalangan, chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi mato tayyorlash uchun uy hayvonlarining juni va madaniy oʻsimliklarning tolalaridan foydalanish imkonini berdi. Barcha kiyim turlari 2 boshlangʻich koʻrinishdan — yelkaga tashlab qoʻyiladigan teri, oʻt, barg va parlardan toʻqilgan yopqich va bel bogʻlamlaridan rivojlanib shakllangan.
    OʻZBEK MILLIY KIYIMI. Oʻzbekiston hududida mahalliy kiyim qadimdan iqlim, turmush sharoitlari va urugʻ-qabila anʼanalari asosida shakllangan. Respublika hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar, devoriy rasmlar, yozma manbalar, qoʻlyozma kitoblarga ishlangan mo’jaz tasvirlarda oʻzbek milliy kiyimining boy tarixi namoyon boʻladi.
    Sharq Uygʻonish davrida barcha sohalarda boʻlgani kabi liboslarga tus berishda ham gʻoyat ilgarilab ketilgan. Kishi qomatining goʻzalligini aniq koʻrsatadigan beli qisma liboslar tarqalgan. Biroq kiyimning kishi qomatiga qarab bichish usuli bu yerda uncha rivojlanmagan. Kiyim shakli estetik ideal, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, xususan, din, axloq bilan chambarchas bogʻliqdir.19-asr kiyimlari keng, uzun, yaxlit bichimi, odam qomatini berkitib erkin toʻkilib turishi kabi qadimiy xususiyatlarni saqlagan. Qishki va yozgi, erkak, ayol va bolalar kiyimlari bir xilligi, shakli va bichimi yaqinligi bilan ajralib turadi: o’zbek erkaklari uchun oq yoki malla boʻzdan koʻylak, qalami yaktak yoki toʻn, olachi chopon, doʻppi, ayollar uchun keng koʻylak, uzun lozim, nimcha, kaltacha asosiy milliy kiyim hisoblangan. Turmushga chiqmagan oʻzbek qizlari bilan ayollari kiyimlari bichimida ayrim tafovutlar boʻlgan, masalan, qizlar koʻylagi yoqasi koʻndalang ochilib, chetlariga boshqa rangli matodan oʻqa yoki jiyak hoshiya tikilgan; ayollar koʻylagi yoqasi taxminan 25 sm uzunlikda boʻylama ochilgan. Oʻrta Osiyo Rossiyaga qoʻshib olingach, tik yoqali koʻylaklar paydo boʻldi. Yosh juvonlar birinchi farzandlarini tuqqunlariga qadar parpara yoqali yoki jimjima tik yoqali koʻylak kiygan. 19-asr oxirlarida koʻkrak burma ayollar koʻylaklari paydo boʻldi, bunday bichimli koʻylaklar hozir ham milliy kiyim sifatida asosiy oʻrin tutadi. Erkaklar toʻgʻri bichimli koʻylak, yaktak, toʻn, chakmon kiygan. Toʻnlar avra, astarli yoki paxta solib qavilgan, oldi ochiq, uzun boʻlgan. Astarli toʻnlar baʼzi xillarda kalta va keng yenglik qilib ham tikilgan. Toʻnlar avrasi beqasam, kimxob, baxmal, shoyi, qora satin, chit va boshqa matolardan, astari chit yoki satindan tikilgan. Turli viloyatlarda turlicha toʻnlar kiyilgan. Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va boshqa joylarda toʻnlar qimmatbaho matolardan tikilib, yoqasi, etagi, yeng uchlariga turli xil rangdagi zar iplarda kashta tikib, atroflariga toshlar qadab bezatilgan. Bunday toʻnlarni xon va amirlar boy va amaldorlarga yaxshi xizmatlari evaziga inʼom etishgan. Umuman hurmatli kishilar — ustozlar, qudalar, kuyovlar va shular kabilarga toʻn kiygazish udumi hozirgi kungacha saqlangan. Aslzodalarning bayram kiyimlarida belbogʻ — kamarlari toʻqali, baxmaldan tayyorlangan yoki zardoʻzi kashtalar bilan tikib bezatilgan. Kundalik kiyimlar ustidan uzun qoʻshoq va chorsi qiyiqlar bilan bogʻlangan. Erkaklar ishtoni keng , uzun boʻlib, pochasi tomon torayib borgan. Bosh kiyimlardan doʻppi, kuloh kiyilgan, ustidan salla oʻralgan, aslzodalarning bosh kiyimlari zar va kumush iplar bilan bezatilgan. Qish faslida moʻynali telpaklar kiyishgan. Oʻzbek xalqi orasida eng koʻp tarqalgan yengil bosh kiyim doʻppidir. Asosan, baxmal, sidirgʻa shoyi, satin kabi matoga ip, ipak, zar bilan kashta tikib tayyorlangan. Oyoq kiyimlaridan uzun qoʻnjli, poshnasiz, tag charmi yumshoq boʻlgan kavush bilan kiyiladigan mahsi, zodagonlar orasida uch qismi qayrilgan baland poshnali etik kiyish urf boʻlgan. Ayollar kiyimlari koʻylak, lozim, kamzul, nimcha va shu kabilar toʻgʻri bichimli boʻlgan. Ayollar lozimi keng , uzun, pastga tomon torayib boruvchi shaklda boʻlib, ochiq rangli matolardan tikilgan. Lozimning pochasi jiyaklar bilan bezatilgan. Kelinchaklar oʻzgacha jiyak taqishgan. Bosh kiyim sifatida asosan roʻmol oʻralgan. Yoshi va mavqeiga, oilaviy ahvoliga qarab turli xil roʻmol — doka roʻmol, shoyi roʻmol, gʻijim roʻmol va har xil roʻmollar oʻralgan, oʻralish usuli ham turlicha boʻlgan. Qizlar uchun qulay bosh kiyim doʻppi hisoblangan. Doʻppilardan iroqi chorgul, yoʻrmadoʻzi, munchoq gulli, zardoʻzi, iroqi doʻppilar mashhur. Bosh kiyimlari ustidan chiroyli naqshlar bilan bezatilgan tillaqosh, boʻyinga ularga mos boʻyintumor, zebigardon, qoʻlga bilaguzuk, uzuk va boshqa taqinchoqlar taqilgan. Ayollar matodan tikiladigan, qomatiga yopishib, koʻylak etagidan biroz yuqoriroq turadigan avra-astarli paxtalik chopon ham kiyishgan. Choponning yoqa oʻymasi chuqurroq, bagʻri tugmachasiz boʻlgan. Ayollar shariatga koʻra, begona kishilardan oʻz yuzlarini yashirishgan. Shuning uchun ular chodra, keyinchalik paranji yopinishgan.
    Bolalar kiyimi, asosan, kattalar kiyimi shaklini takrorlaydi. Chaqaloqning birinchi kiyimi "chilla koʻylak" boʻlgan. 2—3 yoshidan boshlab koʻylak-ishton, choponcha kiydirilgan. Bola 6—7 yoshga kirgandan soʻng uning kiyimi kattalar kiyimi bichimida tikilgan. Ayrim urugʻ, tuman, viloyatlarning kiyimlarida va uning bezaklarida ham farq boʻladi. Viloyatlardagi aholining kundalik kiyimlarigina emas, bayram kiyimlari ham farqlangan. Zarafshon vodiysi ayollarining yalang qavat delegay, rumchasi, toshkentliklarning mursagi, Shahrisabzning kaltachasi bayram va tantanalarda kiyiladigan kishilik liboslari hisoblangan. 19-asr oxiri, 20-asr boshlarida qariyb barcha viloyatlarda kamzul, nimcha urf boʻldi, biroq turli viloyatlardagi xotin-qizlar ularni oʻziga xos bezaklar bilan boyitishgan. Hozirgi takomillashgan kiyimlarda ham mana shu oʻziga xoslikni farqlash mumkin. 19-asrning 80-yillarigacha kiyimlar toʻgʻri bichimli shaklni saqlagan. Kiyim shakllari milliy yoʻl-yoʻl, sidirgʻa va gulli matolar bilan moslashgan, oldi, etagi, yeng uchi, yoqasi gulli jiyaklar bilan hoshiyalangan. 80—90-yillarda boy xonadonlarning kiyimlarida qomatga moslab bichish kabi nafis oʻzgarish kuzatiladi. Shu davrda urf boʻlgan burama koʻylaklar hozirgi kunda ham barcha oʻzbek ayollar koʻylagining asosini tashkil qiladi. Shuningdek, rus va tatarlar kiyimi taʼsirida bichimning qomatga mos shakli yuzaga keldi, bichim murakkablashdi, biroq keng omma orasidagi kiyim shakli kam oʻzgarishlarga uchradi, avvalgidek erkin toʻgʻri bichimli shakl saqlanib qoldi. Oʻzbek milliy kiyimlari bichimi, asosan, 3 turga boʻlingan: Buxoro — Samarqand; Fargʻona — Toshkent; Xorazm turlari. Bu turlar bichimining keng-torligi, yengining uzun-qisqaligi va boshqalari bilan bir-biridan farq qiladi. 20-asrning 20—30-yillarida kiyim bichimi oʻzaro bir-biriga yaqin boʻlgan 2 yoʻnalishda oʻzgarib bordi. Oʻzbekiston shahar va qishloqlarida yevropacha bichimda tikilgan kiyim-bosh rasm boʻla boshladi. Milliy kiyimga yevropa kiyim xususiyatlarining kiritilishi milliy koʻylakni shim bilan, ayollar koʻylaklarini nimcha bilan kiyilishiga olib keldi. Kiyimdagi avvalgi uygʻunlik yoʻqoldi. Shu bilan birga qadimdan iqlim va ijtimoiy hayot sharoitlari belgilagan milliy Kiyim shakllari ham oʻsib bordi. Milliy bichimdagi kiyimlar qomatning nisbatlariga yaqinlashdi, ayol koʻylaklari torayib va kaltalashib bordi, ilgariroq yuzaga kelgan koʻkrak burma va qaytarma yoqali koʻylaklar hayotga muqim kirib bordi, yengi kaltalashdi. Roʻmol bilan bir qatorda bosh kiyim sifatida chiroyli doʻppilar keng tarqaldi. Erkaklarning ish kiyimida ham oʻzgarishlar boʻldi. Umuman olganda, ommaviy milliy kiyim tarkibiga ko’ra soddaroq va chiroyli boʻlib bordi. 40—50-yillar boshida kiyim sanʼatida avvalgidek 2 yoʻnalish kuzatiladi. Kiyimning umum yevropa shakli qomatning qatʼiyligi va nisbatlar munosabatining umumiyligi bilan belgilandi: erkaklar kiyimini toʻgʻri yelkali qomatga moslangan pidjak, keng shimlar, ayollar koʻylagini toʻgʻri yelkali erkin kesma lif, etakka tomon kengaygan yubka tashkil etdi. 50-yillarning oʻrtasida kiyimni modellashda yangi xususiyatlar yuzaga keldi. Kiyim qomatga toʻligʻicha moslandi, qomatga mayin yopishib, oquvchan qomat chizigʻini hosil qildi. Biroq umumiy yoʻnalish bilan birga milliy kiyim ham urfdan qolmadi. Keksa odamlar orasida toʻnning saqlanib qolishi anʼanaviy tus oldi. Modellar uyining ishga tushishi bilan andazalash sanʼati yuzaga keldi. Milliylikni saqlagan holda kiyimning umumiy shakli yil sayin keng tarqala bordi. Oʻzbek kiyimi rang-baranglikka ega. Unda 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida yaratilgan milliy kiyim turlarini, shuningdek, eng soʻnggi andazadagi kiyimlarni babbaravar koʻrish mumkin. 60-yillardan andazalarni rejalash boshlandi. Rassomlar bilan hamkorlikda kiyimni modellash va loyihalash, andazalash sanʼati taraqqiyoti yangi yoʻldan bormoqda. Moda yoʻnalishi modelyer rassomlarning eng yaxshi yutuqlariga, asosan, yilning maʼlum mavsumini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Turli kasbdagi kishilar uchun qulay ishchi kiyimi yaratishga katta ahamiyat beriladi. Oʻzbek modelyer rassomlari yangi sharoitga toʻgʻri keladigan ifodali kiyim shakllari ustida izlanmoqda. Shuningdek, xalq orasida muqim saqlangan anʼanaviy milliy kiyim shakli ustida ham ishlanmoqda. 20-asr boshida yuzaga kelgan yangi shaklli ayollar koʻylagi ayrim qismlaridagina oʻzgardi. Anʼanaviy milliy kiyimning saqlanib qolishida tabiiy iqlim sharoitiga mosligi, har bir ayol uchun ijro usulining qulayligi, bichimining soddaligi, tikilishining osonligi muhim rol oʻynaydi. Oʻzbek modelyer rassomlari ishlarida andazalashda milliylik va baynalmilal xususiyatlar oʻz uygʻunligini topmoqda.(uz.m.wikipedia.org)
    Belli kiyimlarga yubkalar, shimlar, shortik, lozim, yubkashimlar kiradi. Yubkalar bichimiga ko‘ra: to‘g‘ri bichimli, etagiga kengaygan bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri bichimli yubkalar o‘z navbatida: to‘g‘ri bichim, etagiga toraygan, etagiga bir oz kengaygan shakllariga ega bo‘ladi. Bunday yubkalar shaklini beldagi burmalar, gir aylangan taxlamalar, koketkali yubkalar hisobiga hosil qilish mumkin. Etagiga kengaygan yubkalarga: bo‘lakli va quyosh, yarim

    Download 112,26 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish