CHOCOLATES Shubhasiz, shokolad dunyodagi eng zo’r ixtirolardan biri. Sutli, qora, oq-har kim o’z ta’biga ko’ra yoqqanini tanlab oladi. Shokolad-hayotimizning ajralmas qismi. Lekin, siz hech qachon eshitmagan faktlar borligini hattoki hayolingizga ham keltirmagansiz! “Shokolad” so’zi “xocolatl” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, nauatl tilida “achchiq suv” degan ma’noni anglatadi. Shokolad tarixi - Kakaoning vatani-Meksika, Markaziy va Janubiy Afrikadir.
- Miloddan avvalgi 1250-yilda yoki undan ham avvalroq shu hududlarda yashovchi aholi kakao loviyalarini yetishtirishni boshlagan.
- 1550-yilning 7-iyul kuni Yevropaga birinchi shokolad olib kelingan kun sifatida belgilangan.
- Sutli shokolad Shvetsariyada kashf etilgan. Daniel Peter o’z retseptini yaratishdagi 8 yillik urinishlaridan so’ng, 1875-yilda ajoyib tamni yaratdi. Quyultirilgan sut shokolad tarkibiy qismining asosi bo’ldi.
Dunyodagi eng qimmatbaho shokolad plitkasi bo’lib, Cadburry hisoblanadi. U 100 yoshga to’lgan. Shokolad kapitan Robert Skottga, uning Antartikaga qilingan birinchi ekspeditsiyasiga tegishli bo’lgan. Skott unga shu bo’yicha teginmagan. Shokolad Londonda 2001-yilda auksionda 961.48 funt sterlingga sotilgan. AQSH dagi eng qadimiy va yirik shokolad fabrikasi bu-Hershey’s. U Milton Xershi tomonidan 1894-yil asos solingan va har yili milliard kg dan ortiq shokolad ishlab chiqaradi. Xalqaro Kakao tashkilotining xabariga ko’ra, shokolad iste’molining deyarli yarmi yevropaliklar hisobiga to’g’ri kelmoqda. Buyuk Britaniya, Shvetsariya va Germaniya fuqarolari yiliga 11 kg dan shokolad iste’mol qilishadi. Eng katta shokolad plitkasi Buyuk Britaniyada Thorntons plc fabrikasida 2011-yilning 7-oktabrida tayyorlangan edi. Uning vazni 5.8 tonnani tashkil etadi. Shokoladni yeyotganingizda sevib qolganlar bilan bir xil his-tuyg’uni his qilasiz. Oq shokolad-shokolad emas! Chunki, unda haqiqiy kakao va uning suyuqligi mavjud emas. Shuning uchun, oq shokolad aslida shokolad emas. U kakao donalarining qismlaridan asosan, kakao yog’idan tayyorlanadi. Dunyoda ishlab chiqariluvchi barcha bodomning 40% va yeryong’oqning 20% shokolad mahsulotlari uchun yetkazib beriladi. Kakao daraxtlari 200 yilgacha umr ko’rishi mumkin, lekin mevaga faqat 25 yil kiradi - Shokoladning hidi miyaning dam oluvchi to’lqinlarini qo’zg’atadi
- Shirinlik bo’lakchalarida 10 milligramdan kam miqdorda kofein bo’ladi, ammo qora shokoladda kayfiyatni ko’taruvchi kofein miqdori ko’proq
- Qora shokolad miya funksiyasi va qon aylanishini yaxshilaydi
- Shokolad sevuvchilar ko’proq umr ko’rishadi. Olimlar buni 60 yil tajriba davomida o’rganishgan.
- Olimlar shuni ta’kidlashadiki, ko’p shokolad iste’mol qiluvchilar keksayganda aql zaifligi kasalligi bilan kamroq og’rishadi.
- Doimiy shokolad qabul qiluvchilar yurak hastaliklariga duchor bo’lishlarini 37% ga qisqartirgan bo’lishadi.
BLACK CHOCO - O’zida 70% va undan ko’proq kakao saqlovchi qora va achchiq shokoladlar eng foydali shokoladlar hisoblanadi
- Agar muntazam ravishda qora shokolad (70% va undan yuqori kakao saqlovchi) iste’mol qilinsa qon tomirlari mustahkamlanib, yurak xastaliklarining oldi olinadi.
- Qora shokolad yomon xolesterindan xalos etib, insult xavfini kamaytiradi, aritmiya va yurak yetishmovchiligida ham foydali hisoblanadi.
CHOCOLATES FOR MEN Shokolad erkaklarda infarkt xavfini 17% ga kamaytiradi. Bunga dalil qilib, olimlar erkaklarga 10 yil davomida har haftasiga 63 gramm shokolad iste’mol qildirishgan va ularni boshqa erkaklar bilan solishtirishgan. Har yili 11-iyulda shirinlik sevadiganlar Xalqaro Shokolad Kuni ( World Chocolate Day)ni nishonlaydilar. Shokolad kuni birinchi bor 1995-yili fransuzlar tomonidan o’ylab topilgan. Bir kunda 40 grammgacha shokoladdan iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Aynan shu miqdor organizmni kerakli vitamin va minerallar bilan to’yintiradi
E’tiboringiz uchun
Rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |