Xalq cholg’ularini A.I.Petrosyants rahbarligida rekonstruktsiya
qilinishi va guruhlarga bo’linishi.
1943 yilga kelib halq cholg’ularining rivojlangan turlari anchaga ko’paydi. 50-yillarga kelib sinov tajribaxonasida Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Qoraqalpog’iston halq musiqa cholg’ulari ham rekonstruksiya qilindi va takomillashtirildi. Qirg’iziston uchun qobizlar: prima, sekunda, alt, (pardali va pardasiz) bas va kontrabas turlari, torli mizrobli qobizlar: prima, tenor, alt, kamonchali qobizlar; alt, kontrabaslar, Qoraqalpoq cholg’ularidan dutorlar turkumi, mizrobli dutorlar paydo bo’lishi va orkestr tuzilishidagi ulkan yutuqlar yuzaga keldi.
О‘zbek milliy cholg‘ulari asosan diatonik tovushqatorda bо‘lib unda
kompozitorlar, jaxon xalqlarining musiqiy asarlarini ijro etish imkoniyati
chegaralanganligi bois rekonstruksiya qilish masalasi ilgari surildi. Undan asosiy
maqsad tovush (ohang) xususiyatlarini yaxshilash, cholg‘ularda yangi texnik
imkoniyatlar yaratish, (tovush tusi) nozikliklariga erishgach, 12 bosqichli ravon
sur’atlarga bо‘lingan xromatik tuzilmalarni joriy etish, tovushqatorlarni
kengaytirishdir.
О‘zbek xalq cholg‘ularini rekonstruksiya qilish va takomillashtirish, ularni
yevropa tovush qatori tizimiga о‘tkazish ustida A.I.Petrosyans rahbarligi ostida bir
guruh ustalar V.V.Andrreevning tajriba va ijodiy yutuqlariga tayanib ish olib
borishdi. Usta Usmon Zufarov kо‘plab dutor va tanbur, g‘ijjaklarning turdosh
oilalarini yaratgan bо‘lsa Matyusuf Xarratov changning yuqori registrini
qо‘shimcha torlar va xaraklar hisobiga kengaytirdi. Yunus Rajabiy Usta Usmon
Zufarov bilan hamkorlikda dutor-bas, g‘ijjak-bas, g‘ijjak-alt, namunalarini
yaratdilar. Cholg‘ularni takomillashtirish natijada xalq cholg‘ularimiz diatonik
tovushqatordan xromatik tavush qatorga utkazildi. Asta-sekinlik bilan an’anaviy
cholg‘ularning eski namunalari о‘rniga zamonaviy ijrochilikning yuksak
talablariga javob bera oladigan yangi namunalar paydo bо‘la boshladi, va mavjud
bо‘lgan musiqa cholg‘ularini yanada takomillashtirishga urinishlar bо‘ldi.
Buning natijasida:
chang cholg‘usi asosida chang-pikkolo, chang-prima, chang-tenor, bas
chang;
qashqar rubobi asosida prima rubob, rubob-metssosoprano, rubob-alt, afg‘on
rubobi;
dutor cholg‘usi asosida dutor-prima, dutor-sekunda, dutor-alt, dutor-tenor,
dutor-bas, dutor-kontrabas;
g‘ijjak cholg‘usi asosida g‘ijjak-alt, g‘ijjak-bas, g‘ijjak-kontrabaslar
yaratildi.
Yangi musiqa cholg‘ulari avvaliga A.I.Petrosyans tashabbusi bilan Toshkent
Davlat musiqa bilim yurtida tashkil qilingan о‘quv cholg‘u orkestr sinfida sinaldi.
Keyinchalik О‘zbekiston Davlat filarmoniyasi orkestrida cholg‘ularni
rekonstruksiya qilish tajribaxona vazifasini о‘tadi.
1943 yilga kelib halq cholg‘ularining rivojlangan turlari anchaga kо‘paydi.
50-yillarga kelib sinov tajribaxonasida Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va
Qoraqalpog‘iston halq musiqa cholg‘ulari ham rekonstruksiya qilindi va
takomillashtirildi. Qirg‘iziston uchun qobizlar: prima, sekunda, alt, (pardali va
pardasiz) bas va kontrabas turlari, torli mizrobli qobizlar: prima, tenor, alt,
kamonchali qobizlar; alt, kontrabaslar, Qoraqalpoq cholg‘ularidan dutorlar
turkumi, mizrobli dutorlar paydo bо‘lishi va orkestr tuzilishidagi ulkan yutuqlar
yuzaga keldi.
Usha davrda torli-mezrobli va torli-noxunli cholg‘ularni ravon suratlarga
bо‘lishga va xromatik tovush qatorga utkazilishiga qarshi chiqib, rekanstruksiya
qilingan cholg‘ular о‘ziga xosligi va milliy xususiyatlarin yо‘qotishi tо‘g‘risida
fikrlar ham bildirilgan. Vaqt о‘tib xromatik tovush qatorga utkazilgan о‘zbek xalq
cholg‘ulari asosida yaratilgan turlarning ba’zilari istimoldan chiqib ketdi. Hozirgi
kunda rekonstruksiya qilingan cholg‘ulardan prima-rubobi, afg‘on rubobi, dutor-
prima, dutor alt, dutor-bas, dutor-kontrabas, g‘ijjak altlar о‘zbek xalq cholg‘ulari
ansambllari va orkestrlarida keng qо‘llanilib kelinmoqda.
О‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri besh guruhga bо‘lingan bо‘lib bular;
1. Puflama cholg‘ular guruhi (kichik nay, nay, surnay, qо‘shnay)
2. Urma torli cholg‘ular guruhi (chang, qonun)
3. Mezrobli cholg‘ular guruhi (prima rubobi, qashqar rubobi, afg‘on
rubobi, dutor, dutor bas, dutor kontrabas)
4. Urma zarbli cholg‘ular guruhi (doyra, nog‘ora, qayroq, safoil, litavra, kichik baraban, buben, uchburchak (treugolnik), va tarelka)
5. Kamonli cholg‘ular guruhi (g‘ijjak, g‘ijjak alt, g‘ijjak bas, g‘ijjak kontrabas)
A.I.Petrosyans rahbarligi ostida bir gurux soz ustalari Usta Usmon Zufarov, V.A.Romanchenko, A.A.Kevkoyans, S.Ye.Didenko, V.V.Andreyevning tajriba va ijodiy yutuqlariga tayanib, dutor va tanburni turdosh oilalarga bo’lishga harakat qildilar. Asos sifatida sof yarim ton hosil qiluvchi, ya’ni xromatik teng yarim tovushqatoriga ega 12 bosqichli ravon sur’atlarga bo’lingan tovush qator qabul qilindi.
Keyinroq g’ijjaklarning kvarta, kvinta sozli turkumi yaratildi, ruboblar takomillashtirildi, prima (kichik rubob) ixtiro qilindi. Yangi musiqa asboblari avvaliga A.I. Petrosyans tashabbusi bilan Toshkent Davlat musiqa bilim yurtida tashkil qilingan o’quv cholg’u orkestr sinfida sinaldi. Keyinchalik O’zbekiston Davlat filarmoniyasi orkestrida cholg’ularni rekonstruksiya qilish tajribaxona vazifasini o’tadi.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
1936-yilda tashkil topgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Markaziy Osiyoda ilk tashkil etilgan va musiqa san’ati sohasida professional mutaxassislarni tayyorlaydigan yagona, eng keksa Oliy musiqiy ta’lim muassasalaridan biridir.
O‘zbekistonda konservatoriyaning tashkil topishi, shak-shubhasiz, musiqa va madaniy hayotning o‘sishida murakkab yo‘lni bosib o‘tishi bilan izohlanadi. XIX asrning oxirlarida madaniy-ma’rifiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan jadidchilar jahon madaniyati yutuqlarini o‘lkamizga olib kirishga ulkan hissa qo‘shdilar.
O‘sha vaqtlarda Turkiston o‘lkasiga Y.Zalesskaya, V.Buyukli, F.Saregradskiy, N. Karseva, M. Kolpakova, M.Felitsiant kabi mashhur pianinochilar tashrif buyurishib, Toshkent, Samarqand, Qo‘qon, Namangan, Farg‘ona kabi shaharlarda o‘z konsertlari bilan chiqishlar qilib, katta yutuqlarga erishdilar.
1884-yili Toshkentda musiqachilar jamiyati tashkil topgan bo‘lib, unga A.Donish, K.Xorazmiy, S.Abdug‘afforov, Z.Furqat, A.Eyhgorn, F.Leysek, N.Mironov, V.Mixalek va boshqalar a’zo bo‘lishgan. Aynan ular keyinchalik Sharq musiqa an’analarini tadqiq qiladigan ilk musiqachilar va musiqashunos pedagoglarni tashkil etgan.
1918-yili Toshkentda Turkiston xalq konservatoriyasi tashkil etilib, keyinchalik ba’zi viloyat va shaharlarda uning bo‘limlari ish boshlaydi. Chunonchi, 1921-yili Buxoroda Sharq musiqa maktabi, 1934-yili esa Toshkentda Oliy musiqa maktabi (hozirda V.Uspenskiy nomli ixtisoslashgan musiqa litseyi) faoliyat yurita boshlaydi.
Bu musiqa ta’lim muassasalari qator dolzarb, ma’rifiy masalalarni, shuningdek, bo‘lg‘usi Musiqa Oliy o‘quv yurti talabalari kontingentini tayyorlashni hal qila boshladi.
Toshkent davlat konservatoriyasining birinchi rektori A.Bochkaryov nafaqat rahbar, balki u iste’dodli professional ijrochi va tashabbuskor tashkilotchi ham edi. Konservatoriyada fortepiano, xonandalik, kompozitsiya va musiqashunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash ilk tashkil etilgan. Bu insonning sa’yi-harakatlari bilan sohaning yaxshi mutaxassislari bo‘lgan kompozitor V.Uspenskiy, musiqashunos Y.Romanovskaya, pianinochilardan A.Golberg, A.Podgorniy, skripkachi L.Shevchuk, dirijyor S.Sveyfellar ishga olindi.
Konservatoriya professor-o‘qituvchilar tarkibi Moskva va Leningrad konservatoriyalari bilan hamkorlik qilib, I.Martinov (musiqa tarixi), Y.Fortunatov va F.Tal (musiqa nazariyasi), A.Lepin (kompozitsiya), Y.Knorre (skripka), G.Vasilyev (violonchel), Y.Venkov (maxsus fortepiano) lar ham ishga olingan
O‘zbekistonga kelgan B.Nadejdin, A.Kozlovskiy, G.Mushel, Ya.Pekker, N.Yablonovskiy va boshqalar o‘zining pedagogik faoliyatini Toshkent davlat konservatoryasi bilan uzviy bog‘laydilar.
Moskva va Leningrad konservatoriyalaridan kelgan pedagog ijrochilar –
A.Goldenveyzer, A.Yegorov, G.Neygauz, V.Shebalin, K. Litinskiy, G.Kogan, V.Sukkerman, F.Fortunatovlar ilmiy-uslubiy va o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv rejalar va dasturlarni yaratishda faol ishtirok etadilar.
Toshkent davlat konservatoriyasi tarixida R.Glier va S.Vasilenkolarning nomi abadiy muhrlanib qolgan.
Tez orada ilk mahalliy san’atkorlar shakllanib, ularning aksariyati Moskva va Leningrad shaharlarida o‘z malakalarini oshirib qaytishdi. Ulardan: M.Burhonov, I.Akbarov, dirijyor Z.Haqnazarov, pianinochilar O.Yusupova, G.G‘ulomova, A.Sharipova va boshqalar edi.
Konservatoriya tashkil topganining ilk yillaridanoq nafaqat ta’lim muassasasi, balki ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy markazi vazifasini ham bajara boshladi. Bu yerda folklor musiqasini yozib olish bo‘yicha maxsus ilmiy laboratoriya tashkil etilib, V.Uspenskiy, Y.Romanovskaya, I.Akbarov va A.Chetvertakovlar faoliyat olib bordi.
Oliy o‘quv yurti tarixida Kiyev konservatoriyasi professorlaridan A.Bragin, D.Byorte, K.Mixaylov, Y.Tyulin kabilar faoliyati o‘chmas iz qoldirdi.
1947-yilga kelib Toshkent davlat konservatoriyasiga M.Ashrafiy rahbar etib tayinlandi. U kishining aql-zakovati, donoligi, o‘z rahbarlik faoliyatida talabchanligi natijasida 60-yillarga kelib ijrochilik san’ati gurkirab o‘sdi, O‘zbekiston bastakorlik maktabiga asos solindi.
1960-yili konservatoriya bitiruvchisi R.Kerer butunittifoq pianinochilar konkursi laureati bo‘ldi. Xalq cholg‘ulari ijrochilaridan M.Toirov, A.Boboxonov, A.Bahromov, S.Taxalovlar butunittifoq va xalqaro festivallarda O‘zbekiston nomini yanada ko‘klarga ko‘tardilar.
Hozirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining professional tarkibi 65 nafar professor, 110 nafar dotsentdan iborat bo‘lib, 69 nafar pedagoglarimiz faxriy unvonlarga egadir.
Ular orasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arboblari – To‘xtasin G‘ofurbekov, Ofeliya Yusupova, Feliks Yanov-Yanovskiy, Otanazar Matyoqubov, Ravshan Yunusov, Firuza Abdurahimova, Dilorom Amanullayeva, Alisher Ikramov, Rustam Abdullayev, Rustambek Abdullayev, Nadim Norxo‘jayev, O‘zbekiston xalq artistlari – Zohid Haqnazarov, Muyassar Razzoqova, Ismoil Jalilov, Munojot Yo‘lchiyeva, Avaz Rajabov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
artistlar – Quvonch Usmonov, Yunus To‘rayev, Adiba Sharipova, Olga Aleksandrova, Bahodir Salihov, Kamoliddin O‘rinboyev, Jenisbek Piyazov kabilar shular jumlasidandir.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshida Iqtidorli bolalar akademik litseyi faoliyat yuritadi.
Konservatoriya bitiruvchilaridan D.Saydaminova, M.Gumarov, E.Mirqosimova, D.Yanov-Yanovskiy, A.Sultonov, B.Haqnazarov, S.G‘ofurova, S.Yudenich, G.Alimova, G.Jo‘rayeva, E.Nebolsin, R.Asanov, Y.Murskiy, U.Polvonov, M.Kibardin, B.Ahmadjonova, A.Kim, I.Gulzarova, E.Kotlibulatova, O.Imomov kabi jahonga mashhur musiqachilarimizning borligi quvonchli holdir.
Yuqorida nomlari zikr etilgan ustoz-musiqachilardan Z.Haqnazarov, F.Abdurahimova, O.Yusupova, R.Abdullayev, D.Omanullayeva, R.Abdullayev, S.G‘ofurova, M.Gumarov, E.Mirqosimovalar hozirda ham o‘zining pedagogik faoliyatini olib bormoqda.
Konservatoriya talabalari ko‘plab xalqaro konkurslarda faol ishtirok etib, faxrli mukofotlar bilan taqdirlanib kelishadi. O‘tgan 2014 – 2015-o‘quv yilida 20 nafar talaba-yoshlar xalqaro tanlovlar laureati bo‘lishdi.
Hozirda konservatoriyada 3 ta fakultet va 18 ta kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qancha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha musiqa sohasida mutaxassislar tayyorlanadi.
Konservatoriyaning ta’lim tizimi Yevropa mumtoz yo‘nalishi (fortepiano, damli va torli cholg‘ular, xor va opera-simfonik dirijyorligi, akademik xonandalik, musiqashunoslik)dan tashqari cholg‘u ijrochiligi (Xalq cholg‘ularida ijrochilik, an’anaviy xonandalik va an’anaviy cholg‘u ijrochiligi), estrada san’ati (estrada xonandaligi va estrada cholg‘u ijrochiligi) hamda zamonaviy informatsion texnologiyalar (musiqiy ovoz rejissyorligi)ni ham o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |