O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Magistratura bo‘limi
Mutaxassislik: 70111301 “Musiqa ta‘limi va san‘at” yo‘nalishi
1-kurs talabasi
SALIMOVA BAXRINISO BAXROMJON QIZINING
Ijrochilik mahorati fanidan
KURS ISHI
Mavzu: “XX ASR BOSHLARIDAN HOZIRGI DAVRGACHA O’ZBEK XALQ CHOLG’U ASBOBLARINING TAKOMILLASHUVI (REKONSTRUKSIYA QILINISHI VA RIVOJLANTIRISH) HAMDA ULARNING IJROCHILIKDA TUTGAN O’RNI”
Ilmiy rahbar: _______________________________
Navoiy 2022y
Reja:
Kirish.
Musiqa cholg’ularining «O’zbek xalq cholg’u asboblari ansambli» va cholg’uchilar orkestri tarkibiga kiritilishi.
Xalq cholg’ularini A.I.Petrosyants rahbarligida rekonstruktsiya
qilinishi va guruhlarga bo’linishi.
4. O’zbekistonda Davlat konservatoriyasini tashkil qilinishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Musiqaning sirli dunyosiga kirgan odam, uning mislsiz ummon ekanligini anglashi muqarrardir. Bu ummon - moziydan sadolanishi, tarix davomida zamon va makon qonuniyatlari negizida shakllanishi, an’analar kamolotida qadr topishi va qadriyatlarga aylanishi, ijodiyot degan ilohiy ne’mat asosida, jonli ravishda rivojlanib borishi bilan xarakterlanadi. Har bir davr o‘zining musiqiy an’analari bilan izohlanishining ham hikmati shundadir. Musiqaning samoviv yoki ilohiy ekanligi qadimiy manbalarda o‘z aksini topgan. Insoniyat esa o‘z ma’naviyati darajasida o‘zining ma’naviy boyliklarini shakllantirib, davrlar osha rivojlantirib kelgan. Bu jarayonda har soha zamonlar evrilishida charxlanib, mukammallashib, yangidan-yangi ijodiy munosabatlar negizida boyib, o‘z samarasini namoyon etib kelgan.
Musiqa sohasining azaliy qadriyatlardan zamonaviylik mezonlariga bo‘lgan jarayonlarni faqatgina ohanglarda muhrlangan betakror asarlardangina anglash mumkin. Buning esa ко 4ami juda keng, ularni tasavvur ham qilish mushkul. Chunki, har bir xalqning o‘z ma’naviyati, ma’rifati, estetikasi bo‘lib, hayot degan jarayonda milliy hamda mahoratli omillar bilan sug'orilib kelingan. Buning negizida ikki ulkan tafakkur yo‘nalishlari, ya’ni xalq ommaviy musiqasi va tafakkurning individual ijodiy munosabatlarining mahsuli o‘rin olgan.Musiqa san’atining azaliy an’analari Sharq xalqlari mada-niyatida shakllanib rivoj topganligi hamda butun bashariyatga ijodiy ta’sir etganligi, fanda o‘z ijobatini topgan. Hayot taraqqiyoti jarayonlarida, G‘arb madaniyatining o‘ziga xos kamol topganligini esa, hozirgi zamon musiqa san’ati ko‘lamidan ilg‘ab olish mushkul etnas. Buning negizida musiqa san’ati va uning ichki unsurlarini professionallik darajada umumlashish bosqichlarini o‘tashi, bu jarayonda mutanosib tovush pardalarini uyg‘unlashtirish hamda barcha barobar qabu! qilishlari kabi mezonlar, umumbashariyat musiqa san’atining go‘zal uyg‘unlashishiga olib kelganligini e’tirof etish lozimdir. Natijada, musiqa san’ati ijodiyotida G‘arb musiqa san’atiga intilish, o‘xshatish, madaniyatiga ergashish kabi munosabatlar yuzaga keldi. Har bir xalq o‘zining milliy musiqa san’ati bilan birgalikda, ular asoslangan g‘arbona musiqa ijodiyotini shakllantirdilar. В uni, ilk bosqichlarini taqlidiy munosabat ekanligiga ham shubha yo‘q. Lekin zamon va makon, mafkura va siyosat, qolaversa, zamonaviy ijodiy munosabatlar yangi yo‘nalish~ larni vujudga kelishini ta’minlab beradi.
Musiqa cholg’ularining «O’zbek xalq cholg’u asboblari ansambli» va cholg’uchilar orkestri tarkibiga kiritilishi.
Musiqa cholg’u asboblarini (rekonstruksiya qilish) o’zgartirish ya’ni ularni yangi texnologiya, muayyan shakllarida o’zgartirishlar kiritish bilan yasashni anglatadi. Undan asosiy maqsad tovush (ohang) xususiyatlarini yaxshilash, cholg’ularda yangi texnik imkoniyatlar yaratish, (tovush tusi) nozikliklariga erishgach, 12 bosqichli ravon sur’atlarga bo’lingan xromatik tuzilmalarni joriy etish, tovushqatorlarni kengaytirishdir. Demak rekonstruksiya, musiqa cholg’u asboblarini takomillashtirish, cholg’ularini mustahkamligini, chidamligini, ayrim qismlarning sezgirligini oshirish, tovush (ohang) hosil qilish sifatini, zamonaviy ijrochilikning yuksak texnik va badiiy talablariga javob bera oladigan darajada yaxshilashni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |