O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan 2002-yil 22-martda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘z faoliyatini barcha sharoitlarga ega bo‘lgan yangi muhtasham binoda boshladi. Maxsus zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan, umumiy maydoni 35,180 m2 bo‘lgan bu yirik bino 305 ta o‘quv auditoriyalari, pedagog xodimlar uchun 60 ta xona, 4 ta konsert zali (katta, kichik, organ va kamer), 4 ta o‘quv ovoz yozish studiyasi, «Milliy cholg‘ular» ilmiy ishlab chiqarish tajriba laboratoriyasi, «Musiqa» nashriyoti, fonoteka, 2 ta sport zalidan iborat.
Bundan tashqari, konservatoriya professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlariga zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan axborot resurs markazi xizmat qilmoqda.
Konservatoriya musiqiy
o‘quv jarayoni bilan birga ijodiy ishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Konservatoriyada kamer orkestri, musiqali teatr studiyasi, talabalar kamer orkestri, milliy, damli va estrada cholg‘ulari, xor jamoalari, torli kvartetlar faoliyatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Konservatoriya har yili 300 dan ortiq konsert dasturlarini keng ommaga havola etmoqda.
Hozirda konservatoriya O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan 26 davlat elchixonalari, Xalqaro Konrad Adenaura fondi, Vladimir Spivakov nomidagi xayriya fondi, 10 nafar xorijiy davlatlar do‘stlik jamiyati bilan doimiy hamkorlik qilmoqda.
So‘nggi yillarda yirik madaniy aloqalar orasida ta’lim muassasasini ovoz akustik jihozlar va musiqiy cholg‘ulari bilan ta’minlash bo‘yicha Yaponiya hukumati granti, Shveytsariya, Rossiya davlatlari elchixonalari grantlari, «Ochiq jamiyat» Xalqaro fondining jamoamiz tomonidan nashr etilgan o‘quv qo‘llanmalariga ajratilgan grantlari, Germaniya, Fransiya, Rossiya davlatlarining konservatoriya jamoasi tomonidan tashkillashtirilgan xalqaro musiqa festivallari va ilmiy konferensiyalari uchun ajratilgan grantlar konservatoriyada e’tiborga loyiq ishlarning amalga oshirilayotganini isbotlab turibdi.
Konservatoriyada konsert-ijrochilik faoliyatini rivojlantirishda respublika va xalqaro konkurslar laureatlarining soni bugunga kelib 155 nafarni tashkil etadi.
Konservatoriya talabalari orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, A.Navoiy nomli stipendiya, Zulfiya nomidagi, «Nihol» yoshlar mukofoti sovrindorlari borligi ijodiy muhitning ravnaq topayotganligidan dalolat berib turibdi.
Konservatoriya ilmiy faoliyati asosan musiqa ijodiyotini tadqiq qilish masalalari, jahon xalqlari musiqasi tarixi, Markaziy Osiyo xalqlarining musiqa ijrochiligi merosini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Birgina Mustaqillik yillarida konservatoriyamiz professor-o‘qituvchilari tomonidan 100 dan ortiq ilmiy ishlar, o‘quv darsliklari, uslubiy qo‘llanmalar va xrestomatiyalar mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda chop etildi.
Professor N.Yanov-Yanovskayaning «Mutal Burhonov: vaqt, hayot, ijodi» nomli monografiyasi xorijda ingliz, olmon va fransuz tillarida chop etildi.
Konservatoriya bosib o‘tgan yo‘lga nazar tashlar ekanmiz, uning mamlakat musiqa madaniyati markazi bo‘lishi bilan birga, musiqa san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar yetishtirib beradigan Oliy dargoh ekanligiga yana bir bor amin bo‘lamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Akbarov Il. Musiqa lug’ati T., San’at 1990 yil.
2. Vizgo T. O’rta Osiyo musiqa asboblari. Moskva., 1980 yil.
3. Karomatov F. O’zbek chlg’uchilik musiqasi. Moskva., Muzika 1980yil.
4. Odilov A. O’zbek xalq cholg’u asboblarida ijrochilik tarixi.
Toshkent., O’qituvchi 1995 yil.
5. Fitrat A. O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi.
Toshkent., Fan., 1993 yil.
6. Petrosyants A.I. Cholg’ushunoslik T., San’at 1990 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |