O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti



Download 32,59 Kb.
bet2/4
Sana01.07.2022
Hajmi32,59 Kb.
#725011
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi

Xalq cholgʻulari orkestri - orkestr turi; koʻp ovozli musiqa asarlarini ijro etish uchun moslashtirib qayta ishlangan milliy sozlardan iborat. Bir turdagi (mas, faqat torlichertma) cholgʻulardan va turli (mas, torli, puflama va urma) cholgʻular guruhlaridan tashkil topishi mumkin. Turli xalqlarda keng tarqalgan milliy cholgʻu ansambllar tarkibida oiladosh cholgʻular (mas, dutorning prima, alt, bas, kontrabas turlaridan iborat) guruxlarining mavjudligi, garmoniya va polifoniya uslubidagi asarlarning muayyan kuy yoʻllarini ijro etish imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
Oʻzbekistonda birinchi Xalq cholgʻulari orkestrio. 1937 yilda N. Mironov tashkil etgan "Nota orkestri"dir. Mazkur jamoa Oʻzbek davlat filarmoniyasining ashula va raqs Katta ansambli (rahbar T. Jalilov) sozandalaridan qaror topdi. Tarkibi anʼanaviy xalq cholgʻulari, fortepiano, truba, trombondan iborat boʻlib, repertuaridan qayta ishlangan "Qarinavo", "Segoh" kabi oʻzbek mumtoz kuylari hamda chet el kompozitorlarining ommabop musiqa namunalari oʻrin olgan.
1938 yilda Oʻzbek davlat filarmoniyasi qoshida Oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri tashkil topdi. Asoschisi — A. Petrosyans (1966 yilda orkestrga Toʻxtasin Jalilov nomi, 1980-yil "Davlat", 1991-yil "akademik" unvonlari berildi. 1976 yildan badiiy rahbari va bosh dirijyori — Foruq Sodiqov). Mazkur jamoa tarkibiga dastlab anʼanaviy (nay, qoʻshnay, surnay, gʻijjak, doira, nogʻora kabi), soʻngra qayta ishlangan (12 pogʻonali teng temperatsiya qilingan tenor va bas changlari, afgon va qashqar ruboblari, dutor) hamda yangitdan yaratilgan (rubobprima, dutor-bas, gʻijjak-kontrabas va boshqalar) sozlar kiritilgan. Repertuaridan M. Burhonov, S. Aliyev, S. Gabrielyan, B. Giyenko va boshqa tomonidan qayta ishlangan oʻzbek xalq kuylari, Oʻzbekiston kompozitorlari (S. Boboyev, Sayfi Jalil, Gʻ. Qodirov, F. Nazarov, T. Qurbonov, F. Alimov va boshqalar) yozgan uvertyura, rapsodiya, poema, konsert va simfoniya kabi yirik shakldagi asarlar hamda chet el mualliflari (P. Sarasate, P. Chaykovskiy, G.Sviridov kabi)ning ommabop musiqa asarlari oʻrin olgan.
1957-yil Oʻzbekiston radiosi qoshida Xalq cholgʻulari orkestri tashkil etildi (1989 yildan Doni Zokirov nomida). Asoschisi, birinchi badiiy rahbari va bosh dirijyori — D. Zokirov (1986—2000 yillarda — M. Bafoyev, 2002 yildan H. Rajabov). Ijro uslubida koʻp ovozli musiqa tamoyillari bilan milliy musiqa anʼanalari uygʻunlashgan. Orkestr tarkibida sozanda sifatida faoliyat koʻrsatgan bastakorlar (M. Mirzayev, F. Toshmatov, K. Jabborov, Faxr. Sodshov, S. Kolonov, X. Joʻrayev va boshqalar) orkestr uchun koʻpgina asarlar yaratishgan. Repertuaridan, shuningdek, D. Zokirov, T. Jalilov, S. Yudakov, S. Hayitboyev, M. Bafoyev va boshqa oʻzbek kompozitorlari asarlari asosiy urin olgan.
1991-yil "Soʻgʻdiyona" oʻzbek xalq cholgʻulari kamer orkestri tashkil topdi (asoschisi — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsattan artist, professor F. Abduraximova). Repertuaridan qayta ishlangan oʻzbek kuylari hamda zamonaviy oʻzbek kompozitorlari asarlari oʻrin olgan. Mazkur jamoa chet el mamlakatlarida (AQSH, Ispaniya va boshqalar) gastrolda boʻlgan.
Qardosh xalqlar musiqasi tadqiqotchisi V.M.Belyayev o’zining "O’zbek xalq cholg’u asboblari" kitobida (Moskva 1933 yil ) o’zbek xalq cholg’ularini rekonstruksiya qilish va takomillashtirish zarurligi muammosini ko’tarib chiqdi. U hozirgi paytda universal nota yozish vositasi sifatida Ovropa nota yozuvi asosida o’zbek musiqa asboblarini standart tuzilishini aniqlanishni taklif etdi.
O’zbek halq cholg’ulari xilma-xil bo’lganligi uchun uni takomillashtirish nihoyatda qiyin vazifa edi. Asta-sekinlik bilan an’anaviy cholg’ularning eski namunalari o’rniga zamonaviy ijrochilikning yuksak talablariga javob bera oladigan yangi namunalar paydo bo’la boshladi, va mavjud bo’lgan musiqa asboblarini yanada takomillashtirishga urinishlar bo’ldi. Chang, g’ijjak kabi cholg’ularga qo’shimcha torlar qo’yilgach, bu qo’shimcha torlar ularning ohang doirasini ancha kengaytirdi.
XX asr 30-yillarning boshlarida musiqa cholg’ulari yasash ustasi Usta Usmon Zufarov (1892 -1981 yil) ko’plab dutor, tanbur, g’ijjaklarning turdosh oilasini yaratdi.
Matyusuf Xarratov changni takomomillashtirish ustida saboq bilan ishladi. O’sha paytdagi chang kichik hajmga (diapazonga) ega edi. Izlanishlar natijasida M.Xarratov changning yuqori registrini qo’shimcha torlar va xarraklar hisobiga kengaytirdi. O’zbekiston radiosi qoshidagi xalq cholg’ulari milliy ansamblning rahbari Yunus Rajabiy, Usta Usmon Zufarov bilan hamkorlikda dutor bas (katta dutor) g’ijjak bas (katta g’ijjak) g’ijjak alt namunalarini yaratdilar. Bu cholg’ular unison va ansambl jo’rligida, keyinchalik orkestr tarkibiga kiritildi.
O’sha paytda musiqa asboblarini yasash uchun maxsus ustaxonalar ochish boshlandi, Namangandagi musiqa ustaxonasiga taniqli xalq sozandasi Usta Ro’zimat Isaboyev (1885-1964 yil) boshchilik qildi. U ijrochilar tomonidan keng qo’llanilgan bir necha yarim tonli xromatik chang yasadi. Buxorolik Usta Hoji ota, Usta Tohirjon Davlatov, Usta Najmiddin Nasriddinov, Usta Ma’rufjon Toshpo’latovlar bir qancha o’zbek xalq cholg’u asboblarini hozirgi zamonaviy yangi turlarini yaratishdi.
Toshkentda qo’shnay va surnay asbobini taniqli sozandalar Xayrulla Ubaydullayev, Usta Qayum surnaychi takomillashtirishga urinishdi. XX asr 30-yilning o’rtalaridan boshlab o’zbek xalq cholg’u asboblarini sistematik tarzda takomillashtirish ishlari qizg’in tus oldi


Download 32,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish