8
navlariga bo’linsa, kech pishar olma navlari esa oliy, 1-chi, 2-chi va 3-chi tovar navlariga
bo’linadi. Olmalarni tovar navlariga ajratishda asosiy ko’rsatkich tekshirish uchun namuna
sifatida olingan olmalarning eng katta ko’ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Masalan,
kech pishar olmalarning dumaloq shaklli oliy navida ko’ndalang kesimining diametri 65 mm
dan, 1-navida 60 mm dan, 2-navida 50 mm dan, 3-navida esa 40 mm dan kam bo’lmasligi talab
etiladi. Bundan tashqari olmalarning sifatini belgilaydigan asosiy ko’rsatkichlarga
ularning
tashqi ko’rinishi, pishib etilganlik darajasi, hidi, ta’mi kabi ko’rsatkichlari kiradi. Chirigan,
shishgan, eti qoraya boshlagan olmalar sotishga ruxsat etilmaydi.
Nok.
Nok issiqsevar daraxt, mevasi olmaga nisbatan ancha nozik,
shuning uchun
saqlashga va tashishga chidamsizroq meva hisoblanadi. Nokni asosan ho’l meva sifatida iste’mol
qilinadi va undan kompot, murabbo, stukat kabi mahsulotlar tayyorlashda ham foydalaniladi.
Nokning kimyoviy tarkibida quyidagi moddalar mavjud (%): suv 82-85%, qand 6,5-13,
kraxmal 0,3, kletchatka 0,6-0,9, pektin moddalari 0,2-0,3, organik kislotalar 0,1-0,5, mineral
moddalar 0,3-0,7, oshlovchi moddalar 0,02-0,17. Shuningdek, nok mevalari tarkibida S
1
,V
1
,V
2
va boshqa vitaminlar ham uchraydi.
Nokning shakli yassi-yumaloq, yumaloq, tuximsimon, ovalsimon bo’ladi. Po’stlog’ining
rangi asosan bir xil, yashil, sarg’ich-yashil, sariq ranglarda bo’ladi. Mag’zi esa oq, krem, pushti
rangli,
konsistenstiyasi qattiq, donador, mayda donador, dag’alroq, yopishqoq, mayin,
uqalanuvchan, moysimon, og’izda tezda eriydigan holatlarda bo’ladi.
Nok ham pishib etish muddatiga qarab yozgi, kuzgi va qishqi navlariga bo’linadi.
Yozgi navlari iyul-avgust oylarda pishib etiladi, ular saqlashga deyarli yaramaydi
(saqlanish muddati 10-20 kun). Yozgi navlariga Vilyams yozgi navi, Zuhra, Lastochka, Podarok,
Rano kabi navlari kiradi.
Kuzgi
navlari avgust oyining oxiri, sentyabr oyining boshlarida daraxtdan uziladi. Ular
ikki-uch oylar saqlangandan keyin yaxshi pishib etiladi. Mevalar tashishga yaroqli. Kuzgi
navlarga Lesnaya krasavista, Kuzgi qizil nashvati, Paxtakor,
Medovaya navlarini kiritish
mumukin.
Qishgi navlari sentyabr oyining oxiri va asosan oktyabr oyida daraxtdan uziladi.
Daraxtdan uzilganda mevalar qattiq konsistenstiyaga ega bo’lib, ularning ta’mi va hidi ham kam
seziluvchan bo’ladi. Qishgi nav mevalar bemalol 4-5 oy saqlanadi va ularni uzoq masofalarga
ham ham tashish mumkin. Qishgi navlarga Qishgi Dekanka, Royal Zimnyaya, Olive de Serr,
Qishgi nashvati, Kofe kabi navlarini kiritish mumkin.
Yangi uzilgan tezpishar noklar sifatiga ko’ra 1-chi va 2-chi tovar navlariga (GOST
21714-76), kechpishar noklar esa 1-chi, 2-chi va 3-chi tovar navlariga (GOST 21713-76)
bo’linadi.
Nok mevalarining 1-chi va 2-chi tovar navlari bitta
pomologik navdan tashkil topib,
shakli va rangi bo’yicha aynan shu pomologik navga xos, pishib etilganlik darajasi bir xil, ombor
zararkunandalari bilan zararlanmagan va kasalliklarga chalinmagan bo’lishi kerak. Nok mevalari
uchun ham tovar navlarini belgilashda asosiy ko’rsatkichlardan biri meva katta ko’ndalang
kesimining diametri hisoblanadi. Bu ko’rsatkich birinchi tovar navlarida 55 mm dan, ikkinchi
tovar navlarida 45 mm dan, uchinchi tovar navlarida esa 35 mm dan kam bo’lmasligi yuqorida
keltirilgan standartlarda qayd etilgan.
Behi.
Behi daraxti issiqsevar, mevasi katta,
tukchalar bilan qoplangan, shakli olmaga
yoki noka o’xshash bo’ladi. Mevasining eti zich, ta’mi tishni qamashtiruvchi, hidi hushbo’y va
yoqimli bo’ladi. Behidan yuqori sifatli murabbo, marmelad, kompot, jem singari mahsulotlar
tayyorlanadi.
Behi mevalarining o’rtacha kimyoviy tarkibi quyidagicha (%): suv 81-85, umumiy qand
5-12 (fruktoza ko’proq), organik kislotalar 0,5-0,9 (asosan olma va limon kislotalari), kletchatka
1,5, pektin moddalari 0,5-1,5, oshlovchi moddalar 0,44-0,66, mineral moddalar 0,8 (temir va mis
ko’proq). Shuningdek, behi tarkibida S
1
,V,V
2
va boshqa vitaminlar uchraydi. Yangi uzilgan behi
mevasidan kamqonlik va boshqa kasalliklarda foydalaniladigan tarkibida temir moddasi ko’p
bo’lgan ekstraktlar tayyorlanadi.
9
Behilar pishish muddatiga qarab ertapishar va kechkipishar turlariga bo’linadi.
Behilarning ertapishar navlari sentyabr oyida, kechkipishar navlari esa oktyabr oyida yig’ib-terib
olinadi. Ularning kechkipishar navlarini 4-8 oy saqlash mumkin. Saqlash jarayonida behi mevasi
biroz yumshaydi, taxirligi kamayadi va o’ziga xos xushbuy hid paydo qiladi.
Shu sababli,
murabbo, jem va boshqa mahsulotlar olish uchun uzoqroq saqlangan mevalardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Xo’jalik botanik belgilari bo’yicha behilar ham ikki pomologik guruhga (GOST 21715-
76), sifati bo’yicha esa 1-chi va 2-chi tovar navlariga bo’linadi. Ularning sifatini aniqlashda
tashqi ko’rinishi, katta-kichikligi, pishib etilganlik darajasi va ruxsat etiladigan chetlanishlar
darajasi kabi ko’rsatkichlariga katta e’tibor beriladi. Eng katta ko’ndalang kesimining diametri 1-
navida kamida 60 mm, 2-navida esa kamida 45 mm bo’lishi kerak. Respublikamizda behilarning
Non behi, Baxri, Turush, shirin, Samarqand kabi navlari etishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: