127
Nonlarning nordonligi bu kasalliklarning paydo bo’lishi va rivojlanishiga ma’lum
darajada ta’sir ko’rsatadi. Yuqori nordonlikka ega bo’lgan nonlar bu kasallikka chalinmaydi.
Masalan, 12
0
nordonlikka ega bo’lgan javdar nonlarida bu kasallik uchramaydi. Faqat bu kasallik
bug’doy nonlarida uchraydi. Kartoshka tayoqchalarining rivojlanishi uchun qulay sharoit 35-40
0
S
harorat hisoblanadi. Shu sababli ham nonda bu kasallik ko’proq yoz paytida uchrab turadi. Bu
kasallik bilan kasallangan nonlar iste’molga yaroqsiz hisoblanadi.
Mog’orlanish. Bu kasallik ham nonlarda tez-tez uchrab turadi. Mog’orlanishni keltirib
chiqaruvchi bakteriyalarning kartoshka kasalligining ko’zg’atuvchilaridan
farqi shuki,
mog’orlarning sporalari non pishirishda batamom o’ladi. Shu sababli bu kasallik nonda ularni
saqlash jarayonida nonlarda paydo bo’ladigan mikroorganizmlar ta’sirida vujudga keladi.
Mog’or bakteriyalari bilan kasallangan nonlarning yuza qismda har xil dog’lar paydo bo’ladi.
Silliq non qobiqlari ma’lum darajada nonni mog’orlanishdan saqlaydi. Non yuzasida
yoriqlarning paydo bo’lishi esa mog’orlanish jarayonini tezlatadi. Nonning mog’orlanishiga
ta’sir qiladigan asosiy omil bu
xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va sanitariya-
gigiena holati hisoblanadi. Savdo tarmoqlarida non saqlanayotgan joylarda yuqori sanitariya
holatini, tozalikni ta’minlash nonlarni mog’orlanishdan saqlaydi.
Nonlarda uchraydigan nuqsonlar. Nonlarda uchraydigan
nuqsonlarga asosiy va
qo’shimcha xom ashyolarning to’liq standart talablariga javob bermasligi va non ishlab
chiqarishda texnologik jarayonlarning buzilishi natijasida mag’zida, hidi va ta’mida paydo
bo’ladigan nuqsonlarni kiritish mumkin.
Tashqi ko’rinishda uchraydigan nuqsonlar. Nonlarning tashqi ko’rinishida uchraydigan
nuqsonlarga non shaklining buzilishi, non qobig’i yuzasining oqarib pishmaganligi,
ortiqcha
qo’ng’ir-qora rang hosil bo’lishi, non sirtida katta yoriqlarning paydo bo’lishi, non mag’zidan
qobig’ining ajralib qolishi, nonda standartda ko’rsatilgan qalinroq qobig’ining hosil bo’lishi va
hokazolarni kiritish mumkin.
Nonning mag’zida uchraydigan nuqsonlar. Nonning mag’zida uchraydigan nuqsonlarga
non mag’zida aralashmay qolgan unlarning bo’lishi, begona aralashmalarning bo’lishi, pishmay
qolgan xamirlarning bo’lishi, g’ovakliklarning bir xil tarqalmaganligi, non mag’zining keragidan
ortiqcha qorayib qolishi va hokazolarni kiritish mumkin. Bu nuqsonlar ham non ishlab chiqarish
uchun ishlatiladigan xom ashyolarda bo’ladigan nuqsonlar tufayli va texnologik jarayonning
buzilishi natijasida vujudga keladi.
Ta’mi va hidida bo’ladigan nuqsonlar. Nonlarning ta’mi va hidida bo’ladigan
nuqsonlarga nonni chaynaganda non mag’zining g’ijirlashi (xrust), achchiq ta’mning bo’lishi,
tuz miqdorining ko’p yoki oz bo’lishi, nordon ta’m va hidlar va boshqa begona ta’m va
hidlarning bo’lishi kiradi. Bu nuqsonlar asosan sifati talabga javob
bermaydigan xom ashyolar
ishlatish natijasida vujudga keladi. Masalan, nonni chaynaganda non mag’zining g’ijirlashi
xamir tayyorlash uchun ishlatilgan un tarkibida begona mineral aralashmalari, qumlar borligidan
dalolat beradi. Nonda achchiq ta’m paydo bo’lishiga sabab esa don tarkibida unga achchiq ta’m
beruvchi begona o’tlarning urug’larining normadan yuqori bo’lishidadir.
Umuman non pishirishda yuqorida keltirilgan nuqsonlarning bo’lmasligiga harakat qilish
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: