Joriy remont va nazorat qilish.
Buni slesarь-remontchi bajaradi va u motorchi-
tikuvchining bevosita ish o‘rnida mashina mexanizmlarini sozlash va rostlashdan, mashinalarning
mayda detallarini almashtirish va mashinalar ish rejimining to‘ri-noto‘riligini tekshirib
turishdan iborat bo‘ladi.
H
ar bir slesar-remontchiga 85 shartli birlikdan iborat texnologik uskunalar
parki birnktirib qo‘yiladi. Bitta 22-A kl. tikuv mashinasiga xizmat ko‘rsatish va uni remont qilishga
ketadigan mexnat hajmi xizmat ko‘rsatish murakkabligining shartli birligi qilib olinadi. Tikuv
mashinasining tuzilishi, uni sozlash qanchalik murakkab bo‘lsa, shu mashinaga to‘ri keladigan
shartli birliklar miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi. Masalan, 97-A kl. mashinasiga xizmat ko‘rsatish
murakkablikning bir yarimta shartli birligi deb, 1026 kl. mashinasiga xizmat ko‘rsatish - ikkita,
tugma qadaydigan 827, 1095 kl. yarim avtomatlariga xizmat ko‘rsatish uchta, «Minerva»
firmasining (CHexiya) izma (petlya) yo‘rmaydigan 525 va 811 kl. yarim avtomatlariga
xizmat ko‘rsatish - beshta shartli birlik deb hisoblanadi.
Agar mashinani remont qilish va sozlashga 5 minutdan ortiq vaqt ketadigan bo‘lsa, uni
zapas mashinaga almashtirish kerak.
Mashina ishida tikuichning o‘zi mustaqil tuzata olmaydigan nuqson chiqib qolsa, bu haqda tikuvchi
masterga xabar beradi. Master telefonda dispetcher bilan bog‘lanib, ish o‘rni nomerini aytadi,
dispetcher esa slesar-remontchini chaqiradi.
O’rta remont.
O‘rta remontda tikuv mashinasi qisman qismlarga ajratiladi, yeyilgan
detallar almashtiriladi yoki qayta tiklanadi, mashinaning mexaiizmlari rostlanadi va turli
detallarning to‘ri joylashganligi tekshirib ko‘riladi. O‘rta remont uskunalarning axvolidan qat‘i
nazar, shuningdek joriy remont qanday o‘tkazilganligidan qat‘i nazar bajarilaveradi. O‘rta remont
biriktirib tikuvchi mashinalar uchun ikki smena ishlaganda har 4—6 oyda, ixtisoslashtirilgan mashinalar
uchun har 4 oyda bajariladi.
O‘rta remont grafigiga asosan PPR texnigi remont boshlanishidan uch kun ilgari
slesarь-remontchiga naryad yozib beradi. Slesarь-remontchi qo‘lidagi naryadga asosan mashinani
agregatdan olib, o‘rniga rezerv mashina qo‘yadi va o‘zning nsh o‘rnida mashinani remont
qiladi. O‘rta remont qilnngandan keyin slesarь-remontchi mashinani smena katta mexanigidan, PPR
bo‘yicha texnik va uchastka masteridan iborat komissiyaga topshiradi. Mashina uch smena
mobaynida nuqsonsiz ishlasa, uni o‘rta remontdan keyin qabul qilib olingan hisoblanadi.
Kapital remont.
Bu planli remoitning bir xili bo‘lib, bunda mashina batamom
qismlarga ajratiladi, yeyilgan detal va uzellari almashtiriladi, xamma mexapizmlari yig‘iladi va
sozlanadi. Kapital remont texnik ko‘zdan kechirish davrida tuziladigan tipovoy defektlar
vedomostiga va kapital remontlar grafigiga muvofiq remont-mexanika tsexlarida yoki remont
ustaxonalarida o‘tkaziladi. Kapital remontdan chiqqan mashinani tsex masteri ishtirokida tsex
boshlig‘i qabul qilib oladi. Mashina kamida o‘n smena nuqsonsiz ishlasa, kapital remontdan
qabul qilib olingan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |