Ip tashlab tikilishi
. Igna bilan mokining o‘zaro xarakatlarida moslik buzilsa ip
tashlab tikilishi mumkin. Ignaning noto‘ri ishlashiga quyidagilar sabab bo‘lishi
mumkin: ignadagi nuqsonlar (uning o‘tmasligi, bukilganligi); ignani raqamli belgisi va
nomeri noto‘ri tanlanganligi; ignaning balandlngi noto‘ri (baland yoki past
o‘rnatilganligi); tepki
yoki igna plastinasi igna uchini chapga bukib yuboradigan qilib
noto‘ri o‘rnatnlganligi; iplarning noto‘ri taqilishi; igna ariqchalari moki uchiga nisbatan
teskari qarab qolganligi; igna mexamizmi birikmalarining yeyilishi.
£uyidagilar mokining noto‘ri ishlashiga sabab bo‘ladi: moki uchining ignaga
vaqtida yaqinlashishi noto‘ri rostlanganligi; igna bilan moki uchi orasidagi zazor noto‘ri
rostlanganligi, moki mexanizmi birikmalarining yeyilganligi yoki bo‘shab ketganligi. Ip
tashlab tikilish sabablarini igna mexanizmidan boshlab aniqlash kerak.
Ustki ipning uzilishi
. £uyidagilar ustki ipning uzilishiga sabab bo‘lishi mumkin:
ipning sifatsizligi, iplarning haddan tashqari tarangligi, ipning noto‘ri taqilishi, igna
nomeri ip nomeriga mos kelmasligi, ip vaqtida tushmasligi yoki baxyaning tortilib qolishi,
mokining haddan ortiq qizib ketishi, ip yo‘naltirgichlarning yomon holatdaligi (qirilganligi g‘adir-
budirligi) yoki ip yo‘naltirgichlardan ba‘zilarining yo‘qligi, igna plastinasi teshigida, moki
komplektida tepki tagida qirilgan yoki g‘adir-budir joylar bo‘lishi.
Ostki ipning uzilishi.
Ostki ip kamroq detallarga tegib o‘tadigan bo‘lgani uchun, uning
uzilishi ustkn ipga nisbatan ancha kam bo‘ladi. £uyidagilar ostki ip uzilishiga sabab bo‘ladi:
naychaning devorlari singanligi yoki ezilganligi, ip naychaga bo‘sh yoki notekis o‘ralganligi, ip
noto‘ri taqilganligi, moki komplekti detallarining ostkn ip tegadigan joylari chaqaligi yoki g‘adir-
budirligi.
Materiallarning qiyin surilishi.
Bu kamchilik reyka yokn tepkining yaxshi ishlamasligidan kelib
chiqishi mumkin. £uyidagilar reyka ishidagi kamchiliklar hisoblanadi: reykadagi defektlar (tishlar
singan, moy tekkan yoki tishlar o‘tmaslashgan, reyka noto‘ri tanlangan), reykaning past
balandli-gi noto‘ri o‘rnatilganligi yoki igna plastinasining o‘yiqlariga nisbatan uning holati
noto‘riligi, materiallarni surish mexanizmi birikmalarining bo‘shab qolgailigi yoki yeyilganligi.
Tepki ishidagi kamchiliklar quyidagilar hisoblanadi: tepkining balandligi noto‘ri o‘rnatilgan;
materialga tepkining bosimi noto‘ri rostlangan, tepkidagi defektlar - tepki tagining yuzasi g‘adir-
budirligi, tepki reykaga nisbatan noto‘ri tanlangan (tepki reykadan kengroq bo‘lishi kerak),
shuningdek tepki uzelidagi birikmalar bo‘shab qolgan yoki yeyilgan.
Materiallarni surish mexanizmidagi va tepkidagi detallar bo‘shab qolgan yoki yeyilganligi,
ignaning ko‘ndalang lyufti borligi, tepki reykaga nisbatan noto‘ri turib qolganligi natijasida
baxyalari qiyshiq tushadigan baxyaqatorlar ham materiallarni surish mexanizminnng defektlari
hisoblanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |