O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kaferdrasi



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/246
Sana22.06.2022
Hajmi2,66 Mb.
#690949
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   246
Bog'liq
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

4-M
A’RUZA
. IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYANING 
SHAKLLANISHI 
 
1.
Inson geografiyasi fanining shakllanish tarixi 
2.
O’zbekistonda inson geografiyasi fanining ilmiy yo’na
lishlarini rivojlanishi.
3. 
Inson geografiyasining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi.
4.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududiy tashkil qilish tushunchalari. 
5.
Ishlab chiqarishni joylashtirishning klassik g’oyalari.
Tayanch so’zlar
: kashfiyotlar, siyosiy arifmetika, harbiy geografiya, iqtisodiy 
geografiya, harbiy-siyosiy vaziyat, sotsial geografiya, siyosiy geografiya, 
geografiya jamiyati. 


Inson geografiyasi 

(iqtisodiy va ijtimoiy geografiya) fanining shakllanishi 
va rivojlanishi jamiyat t
araqqiyotining hududiy tomonlariga bog’lik bo’lgan 
o’zgarishlar bilan belgilandi. Mavjud ilmiy manbalarni o’rganish shuni 
ko’rsatadiki, iqtisodiy geografiyaning vujudga kelishida 3 yo’nalish yoki omil 
asosiy sabab bo’lgan. Bu ham bo’lsa, eng avvalo kameral
statistika, tijorat 
geografiyasi, siyosiy va harbiy geografiyadir. Ushbu yo’nalishlar rivojlangan 
feodalizm va kapitalizmni shakllanishi davriga to’g’ri kelib, ular ko’proq G’arbiy 
Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya, Britaniya, Frantsiya, Shvetsiya, 
Avstriya kabi davlatlar hamda Rossiyada paydo bo’ldi. Bu bejiz emas albatta, 
Chunki bu mamlakatlarda fan-texnika sohasining taraqqiy etishi, sanoat 
inqilobining ro’y berish va dastlab bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllanishi 
ishlab chiqarishni va b
uning natijasida, mamlakat hududlari to’g’risidagi iqtisodiy 
bilimlarni rivojlanishiga olib keladi. 
Rossiyada kameral statistika yoki “Siyosiy arifmetika” davlatshunoslik, 
davlatning boyligi 

yeri, mablag’i va aholisini hisob
-kitob qilish, uni boshqarish 
soliq va askar to’plash kabi masalalar bilan shu g’ullangan holda, V.N.Tatishyev, 
ota-
o’g’il P.P. va V.P.Semyonov Tyan
-
Shanskiylar faoliyati bilan bog’liq bo’ldi. 
O’sha paytlarda statistika o’z qamroviga etnografiya va harbiy geografiya 
masalalari hamda savdo-
sotiq ishlari bilan shug’ullanuvchi tijorat geografiyasiga 
doir muammolarni ham olar edi. V.N.Tatishyev (1686-1750) geografiya fanini 
“sifat” jihatidan 3 ga bo’lgan: matematik geografiya (ya’ni hozirgi geodeziya va 
kartografiya) tabiiy hamda siyosiy geografiya. 
1830 yilda Britaniyada turli geografik klublar birlashuvi asosida Qirollik 
geografiya jamiyati (Royal Geographical Society) vujudga keldi. Qirollik 
geografiya jamiyati dunyo haqidagi tadqiqotlarni va geografik ma’lumotlarni 
o’zaro almashish maqsadida tuzilgan bo’lib, jamiyatning asosiy maqsadi quyidagi 
vazifalarni amalga oshirish bo’lgan:

Birlashgan Qirollikda va chet davlatda geografik tadqiqotlarni qo’llab 
quvvatlash; 

Ta’limda geografiyaning ahamiyatini oshirish;

Geografik ma’lumotlarni egallash
va keng targ’ib qilish;

Geografiyaga bo’lgan qiziqish targ’iboti;

Boshqaruv kengashi va boshqa davlat organlarining geografik ishi. 
Shvetsiyada Geografiya Buyuk Britaniya qaraganda kechroq rivojlandi. 
Shvetsiya Antropologiya va geografiya jamiyatiga 1870 yillarda asos solindi. 
Shvetsiyada qadimiy universitetlar mavjud, masalan Uppasla (1477 yilda asos 
solingan) va Lund (1666 yilda tashkil etilgan). Shu boisdan bo’lsa kerak, ushbu 
davlatda dastlab universitetlar o’quv dasturida geografiya fani o’z o’rniga 
ega 
bo’ldi. Eng birinchi X.X. fon Shverin 1879 yilda Lund oliygohida geografiya 
fanidan ma’ruza o’qishni boshladi. 1910 yilda esa Uppasla, Gyoteborg va 
Shtokgolm iqtisodiyot oliy maktablarida ham geografiya fanini o’qitish yo’lga 
qo’yildi. 
Siyosiy va harb
iy geografiya Rossiyada XIX asr o’rtalarida vujudga kelib, 


keng tarqala boshladi. “Siyosiy geografiya” hamda “Harbiy geografiya” 
tushunchalarini ham birinchi marta M.V.Lomonosov qo’llagan edi. Bu yo’nalishlar 
o’z ob’ekti va mohiyatiga ko’ra bir
-birlariga j
uda yaqin turdosh bo’lib, o’zaro 
aloqadorlikda rivojlanib keldi. Rossiyadagi Ulug’ Vatan va Qrim urushlari boshqa 
siyosiy voqealar Yevropa mamlakatlaridagi inqilobiy o’zgarishlar yangi 
davlatlarning shakllanishi va yangi ishlab chiqarish munosabatlarining vujudga 
kelishi siyosiy va harbiy geografiyaning paydo bo’lishiga zamin yaratdi.
XIX asrning I-yarmida rus harbiysi, professor P.A.Yazikov ikki qismdan 
iborat “Harbiy geografiyaning nazariy tajribasi” mavzuida asar yozgan bo’lsa, shu
asrning o’rtalariga k
elib harbiy akademiya bosh shtabi qoshida professor 
D.A.Milyutin (1816-1912) harbiy geografiya kafedrasini tashkil etdi. 
Harbiy geografiya faqat urush-yurishlar bilan aloqador masalalargina emas, 
balki mamlakatning iqtisodiy va demografik qudrati, qazilma boyliklari, ulardan 
foydalanish kabi muammolar bilan ham shu g’ullanar edi. Shu bilan birga 
harbiylar juda ko’p geografik ekspeditsiyalarni tashkil etdilar va ularni o’zlari bu 
tadbirlarda faol katnashdilar. Masalan: rus geografiya jamiyatining tasis etilishi va 
uni faoliyatida admiral V.P.Litke, kartografiya va geografiyani rivojlanishida 
general 

leytenant V.V.Vitkovskiylarning xizmati samarali bo’lgan. Qozoq 
geografi va etnografi Ch.Valixonov, Markaziy Osiyoni o’rgangan, 
V.M.Prjevalskiy ham harbiy zobi
t bo’lgan.
Bu o’rinda shuni qayd etish lozimki, garchi harbiy geografiya fan sifatida 
XVIII 
asrdan e’tirof etilsada, harbiy geografiyaga doir bilimlar uzoq davrlardan 
buyon shakllanib kelgan, o’rganilgan hamda qo’llanilgan. Bunga ajdodlarimiz 
Amir Temur va 
Zahiriddin Muhammad Bobur hayotlaridan ko’plab misollar 
keltirish mumkin.
Xo’sh harbiy geografiya o’zi qanday fan, u o’z ichiga nimalarni qamrab 
oladi. Hozirgi harbiy tuzilmalar davlatlar va ularning ittifoqlari hayoti va 
faoliyatining barcha jihatlariga dahldor murakkab ijtimoiy hodisadir. Shu sababli 
harbiy fanlarda qurolli urushni boshqarish usullarinigina bilish yetarli emas. 
Harbiy fanlar alohida mamlakatlar va ular ittifoqlarining iqtisodiy, siyosiy, 
ma’naviy va harbiy imkoniyatlariga, ehtimoliy ur
ush maydonining tabiiy va 
ijtimoiy sharoitiga qiziqadi. Bularni o’rganish bilan qator fanlar, jumladan harbiy 
geografiya ham shu g’ullanadi. Harbiy geografiya mamlakatlar va urush 
maydonlaridagi siyosiy kuchlarni, mamlakatlar va davlatlar ittifoqining iqtisodiy 
va harbiy imkoniyatlarini, ularning joylashtirilishini hamda tabiiy sharoitni harbiy 
faoliyatni olib borish va butun urushga ta’siri nuqtai nazaridan o’rganadi. 
Harbiy geografiya ikki asosiy bo’limdan tarkib topgan: harbiy 
mamlakatshunoslik va urush maydonlarini tavsiflash. Shu bilan birga harbiy 
geografik tadqiqotlar odatda mamlakatlarda bo’lib o’tgan yoki ehtimoliy urush 
maydonlarini ham o’rganadi. 
Harbiy mamlakatshunoslikning asosiy vazifasi o’rganilayotgan davlatlar 
yoki davlatlar ittifoqining harbiy qudratini aniqlashdir. Harbiy kuch-qudrat 
davlatning siyosiy va iqtisodiy tuzilishini, uning qurolli kuchlarining tayyorgarligi 


va kuchli raqibga qarshi muvaffaqiyatli harbiy faoliyat olib bora olish qobiliyatini 
amalga oshiradi. 
Davlatning harbiy qudratlilik darajasi uning iqtisodiyoti bilan bevosita 
bog’liq. Armiyaning barcha tuzilmalari va unda qo’llanadigan jang usullari, ayni 
vaqtda g’alaba yoki mag’lubiyat –
moddiy, iqtisodiy omillarga: inson va qurol 
materiallariga, shuningdek, aholi va texnik
aning sifati va miqdoriga bog’liq. 
Shuning uchun harbiy geografiya alohida mamlakatlarni o’rganishda ularning 
iqtisodiy salohiyatiga, mamlakatlar xalq xo’jaligining o’ziga xosligiga, ularning 
iqtisodiy va siyosiy tuzilmalariga, jamiyat ehtiyojlarini moddiy 
ta’minlashning 
maksimal imkoniyatlariga hamda urushni olib borish uchun zarur bo’lgan barcha 
ishlab chiqarish tarmoqlariga alohida e’tibor qaratadi. Harbiy geografiya 
mamlakatlar va ularning ittifoqlarini o’rganishda quyidagilarga: sanoatning 
rivojlanish 
darajasi va ishlab chiqarish quvvatiga (asosan og’ir va harbiy sanoat), 
qishloq xo’jaligi, transport va a’loqaning imkoniyatlari; mamlakatlarning tabiiy 
boyliklar va mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi; ishlab chiqarishning 
geografik joylashish xususiyatlari, aholi va zahiralarning rivojlanganlik darajasi, 
uning mamlakat moddiy ishlab chiqarishi va xalq ma’naviy hayotiga ta’siri 
darajasi; davlatning moliyaviy ahvoli kabi iqtisodiy imkoniyatning eng muhim 
elementlariga qiziqadi. 
Mamlakatlarning 
iqtisodiy 
salohiyatini 
aniqlashda 
harakatsiz 
(foydalanilmayotgan) ishlab chiqarish quvvatlarini, ishchi kuchi zahiralarini, milliy 
boylik miqdorini, mahsulot ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga ta’sir etuvchi 
ba’zi zaruriy imkoniyatlarni hisobga olish lozim. Bu o’rinda, harbiy geografiya 
mamlakatlarning harbiy-
iqtisodiy salohiyatini ham o’rganadi. Harbiy
-iqtisodiy 
salohiyat mamlakatlar iqtisodiy salohiyatining tarkibiy qismi bo’lib, undan 
urushlar olib borishda foydalanish mumkin. Bir xil umumiy iqtisodiy imkoniyatli 
mamlakatlardan qaysi birida harbiy munosabatlar kuchli bo’lsa, o’sha katta harbiy
-
iqtisodiy salohiyatga ega bo’ladi va undan yaxshi foydalaniladi.
Harbiy maqsadlarda iqtisodiy salohiyatdan foydalanish darajasi 

harbiy-
siyosiy vaziyatni, urushning harakterini, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasini 
aniqlab beradi. Harbiy geografiya davlatlar harbiy qudrati asoslarini tadqiq qilishda 
siyosiy geografiya va boshqa ijtimoiy fanlarning ma’lumot va yo’l
-
yo’riqlaridan 
foydalanadi. U jamiyat va davlat tuz
ilmalarining safarbarlik imkoniyatlarini o’ziga 
xos baholashda va mamlakatlarning barcha resurslaridan mudofaa maqsadlarida 
foydalanishda yuqoridagi fanlar ko’rsatmalariga amal qiladi.
Iqtisodiy geografiya fanining tarixiy rivojlanishi eng avvalo shu fan nomi bilan 
yuritiladigan kafedralarning ochilishida ham o’z aksini topdi. Jumladan, bunday kafedra birinchi 
marta Rossiyada ya’ni Peterburg Politexnika Institutida professor V.E.Den tomonidan 1902 yilda 
ochilgan edi. Keyinchalik u kishi Rossiya iqtisodiy geografiyasining birinchi professori, shu 
rolar davrining dastlabki yillarida shunday kafedrani Sankt-Peterburg Universitetida ham tashkil 
kilgan edi. Sobiq sovet iqtisodiy gegrafiyasining asoschisi N.N.Baranskiy iqtisodiy geografiya 
kafedrasini 1921 yilda 
Kommunistlar Universitetida ochgan. O’rta Osiyoda bunday kafedra ilk 
bor Toshkent Davlat Universitetida 1940 yilda tashkil qilingan edi. 
O’zbekiston hududida dastlabki iqtisodiy va iqtisodiy
-geografik bilimlar uzoq 
tarixga egaligi bilan ajralib turadi. Sug
’orma dehqonchilik, irrigatsiya inshootlari, 
shaharlar va mamlakatlar, Aholishunoslik va hunarmandchilik, arxeologiyaga doir 


ma’lumotlar yirik mutafakkirlar M.Qoshg’ariy, Muhammad Ibn Muso al
-
Xorazmiy, Abu Abdulla Muhammad ibn at-Termiziy, Ahmad al-
Farg’on
iy, Abu 
Nasr Forobiy, Abu Zayd Balxiy, Abu Abdulla Jayhoniy, Abu Abdullo Xorazmiy, 
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Xoraqiy va Zamaxshariy, Somoniy, 
Xafizi Abru, G’iyosiddin Naqqosh, Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi, Zahiriddin 
Muhammad Bobur kabilarning a
sarlarida o’z ifodasini topgan.
Jumladan, Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otut
-
turk” nomli asarida 
tabiat tasvirlari, yershu noslik, ekologik va geografik ma’lumotlar berilgan. 
Muhammad ibn Muso Xorazmiyning (780-
847) “Yerning tasviri” va “Xorazm 
geograf
iyasi” nomli asarlari yer bilimi, kartografiya, geodeziya va 
mamlakatshunoslikka oid g’oyat qimmatli ma’lumotlarga boy.
Al Beruniy va Ibn Sino asarlari XVIII asrga qadar Yevropa oliy o’quv 
yurtlarida darslik sifatida qo’llanib kelingan bo’lsa, Xorazmda “Ma’mun 
akademiyasi” va Ulug’bek ilmiy maktabi Markaziy Osiyo hududidagina emas 
balki, butun jahonda ilm-
fanning rivojlanishiga beqiyos hissa qo’shdi. Ayniqsa, 
Z.M.Boburning “Boburnoma” asarida Farg’ona vodiysi tabiati, xo’jaligi, aholisi va 
shaharlariga doir 
g’oyat qimmatli ma’lumotlar berilgani bilan ajralib turadi.
Markaziy Osiyo hududlarini ilmiy jihatdan o’rganish XVII asr oxiri XX asr 
boshlariga qadar Rossiya imperiyasining o’lka boyliklarini o’z manfaatlari uchun 
foydalanishga mo’ljallangan qator ilmiy ekspeditsiyalari faoliyati bilan bog’liqdir. 
Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan mustamlakaga aylantirilganidan 
so’ng 1897 yil Toshkent shahrida tashkil etilgan Turkiston geografiya jamiyati 
butun Turkiston, jumladan O’zbekiston hududi, tabiati, aho
lisi, tabiiy boyliklari, 
xo’jalik tizimi, shaharlari to’g’risida sistemali tarzda ma’lumotlar to’plash bilan 
shu g’ullandi.
1920 yildan boshlab Toshkentda Turkiston Davlat universitetining tashkil 
topishi (ToshDU va hozirgi O’zbekiston Milliy Universtiteti) o’lkada keng 
miqyosda iqtisodiy va iqtisodiy-
geografik tadqiqotlar yo’lga qo’yilishiga zamin 
yaratdi. Dastlab, rus olimlari G.N.Cherdantsev, N.N.Kojanov, N.K.Yarashevich, 
Yu.I.Poslavskiy, A.I.Golovin va boshqalar Turkiston hududini iqtisodiy 
rayonlashtirish, Markaziy Osiyo hududida ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish 
va joylashtirish, tabiiy resurslarni iqtisodiy baholash, aholishu noslikning nazariy 
va amaliy muammolari bilan shu g’ullanadilar.
40-yillarda esa yirik iqtisodiy-geograf V.M.Chetirkin 
O’rta Osiyoni iqtisodiy 
geografik jihatidan tadqiq qilib “Srednyaya Aziya” nomli monografiyasini yozdi.
50-60-
yillardan boshlab O’zbekiston iqtisodiy geograflarining dastlabki 
vakillari (Z.M.Akramov, M.K.Qoraxonov, S.Ziyodullayev va boshqalar) 
O’zbekistonda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish (Farg’ona vodiysi. 1952 
y.), iqtisodiyot tarmoqlari 

sanoat, qishloq xo’jaligining rivojlanishi va istiqboli 
(Samarqand va Qashqadaryo qishloq xo’jaligi geografiyasi), Aholishunoslik va 
aholi geografiyasi, shaharshu noslikka doir ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirdilar. 
70-yillardan boshlab mamlakatimizdagi taniqli iqtisodiy geograflar 

Z.M.Akramov, A.Soliyev, O.Ota-Mirzayev, iqtisodchilar 

S.Ziyodullayev, 
K.I.Lapkin, I.Iskandarovlar rahbarligida ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil 


qilish, rivojlantirish va istiqbollarini majmuali o’rganuvchi yo’nalishlar va ilmiy 
maktablar shakllandi. 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish