O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kaferdrasi



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/246
Sana22.06.2022
Hajmi2,66 Mb.
#690949
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   246
Bog'liq
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Birinchi yo’nalish
-qishloq 
xo’jaligi geografiyasi bo’lib, u nisbatan oldinroq vujudga kelgan. 
Agrogeografiyaning nazariy masalalari, qishloq xo’jaligini rayonlashtirish, ishlab 
chiqirishning 
hududiy 
tizimlari 
va 
agrosanoat 
majmualari 
yuzasidan 
V.M.Chetirkin, Z.M.Akromov, K.I.Lapkin, A.Ro’ziyev, K.Abirqulov, 
O.Abdullaev, M.Yusupov, Ye.Umarov, A.Sodiqovlar tadqiqot olib borishgan. 
Yangi yerlar-
cho’l va tog’ oldi mintaqalarni o’zlashtirish va shu asosda qishloq 
xo’jaligini rivojlantir
ish, yer-suv zahiralaridan foydalanish, suv omborlarini qurish 
va sug’orish dehqonchiligi masalalari R.Hodiev, T.Egamberdiev, S.Saidkarimov, 
S.Islomov, 
G’
.Ashurov, E.Hoshimov, Sh.Azimov, Z.Zolotarev, K.Qurbonov, 
B.Shotursunov, T.Shoto’rayevlarning ishlarida o’rganilgan. Shuningdek, qishloq 
xo’jalik geografiyasi mavzusida M.Ahmedov, M.Yoqubovlarning ham nomzodlik 
dissertatsiyalari yozilgan. 
Shahar atrofi qishloq xo’jaligi R.Usmonov, S.Boqiev, X.Halilova va 
J.Musaevlar tomonidan yoritilgan bog’dorchilik va u
zumchilik, chorvachilik, paxta 
yetishtirish va uni qayti ishlash bo’yicha M.Mahmudova, X.Shosaidov, K.Gadoev, 
A.Xolmirzaev, Q.Allanovlar nomzodlik dissertatsiyalarini yozishgan, alohida 
rayonlar qishloq xo’jaligiga M.Valixonov (qo’qon vohasi), I.Ishchonov 
(Xorazm 
vohasi)larning ishlari bag’ishlangan.
Ikkinchi yo’nalish

aholi va aholi manzilgohlarning geografiya va 
demografiya muammolari, shaharlar va urbanizatsiya jarayonining regional 
masalalari bo’yicha tadqiqotlar nisbatan tarixan kechroq vujudga kelagn bo’lsada, 
u keiynchalik juda tez rivojlanib ketdi. Ushbu yo’nalishning shakllanishi eng 
avvalo N.V.Smirnov faoliyatidan boshlangan. N.V.Smirnov va N.G.TSapenko 
ilmiy rahbarligida respublikamiz va xususan Farg’ona vodiysi shaharlari bo’yicha 
ko’plab diplo
m ishlari bajarilgan. Buning natijasida N.V.Smirnov 1957 yilda 
Farg’ona vodiysi shaharlari to’g’risidagi kitobini nashr ettirgan. Keyinchalik 
O’zbekiston va uning ayrim rayonlari
-quyi Amudaryo, Toshkent va Toshkent 
viloyati shaharlari haqida ham ilmiy asarlar yaratildi.
Aholining tabiiy va mexanik harakati, oila demografiyasi, aholini bashorat 
etish kabi muammolarni o’rganish ayniqsa M.K.Qoraxonov rahbarligida tashkil 
etilgan O’rta Osiyoda yagona Ilmiy tadqiqot laboratoriyasi faoliyati bilan bog’liq 
bo’ldi. Ushbu yo’nalishning rivojlanishida I.Mullajonov, X.Salimov, G.Asanov, 
O.Otamirzaev, M.Bo’riyevalarning ham xizmati katta bo’lgan. Aholi va mehnat 
resrulari 
R.A.Ubaydullaeva, 
A.Qayumov 

O.Ergashev, 
M.Yangiboev, 
I.Safarov.T.Jumaev, 
aholi 
migratsiyasi 
S.N.Kononenko, 
L.P.Maksakova, 
B.Mahmudov aholining tabiiy harakati R.Valieva, N.Aliakbarova, M.O’rinova, 
A.
G’aniyevlar tomonidan o’rganilgan.
O’zbekiston garchi qishloq joylar va urbanizatsiya jarayoni nisbatan sust 
rivojlangan mamlakat bo’lsada, bu yerda sh
ahar mavzusi ancha oldinlab ketgan. 


Bu xususda eng avvalo T.Raimovning xizmati katta bo’lgan; u kishi O.Otamirzaev 
va A.Soliyev bilan hamkorlikda («O’rta Osiyo uchligi») qator maqolalar 
yozishgan. Shuningdek, shahar muammolari E.Toshbekov, E.Ahmedov, 
N.Fayziev, I.Inamov, R.Tillaev, A.qayumov, Z.Raimjonov, Sh.Imomovlar 
tomonidan ham tadqiq qilingan. Turli iqtisodiy rayon va viloyatlar shaharlari, 
shahar aglomeratsiyalarining shakllanishi va rivojlanishi, ularning ekologik 
muammolariga T.Mallaboev, N.Mamatqulov, Vey Sin
ь
, U.Sultonov, R.Ahmedov, 
X.Tursunov, Z.Abdalova, S.Zokirovlarning ilmiy ishlarini bag’ishlangan. SHu 
bilan birga shahar va qishloq manzilgohlari ayrim viloyatlar aholi geografiyasi 
doirasida R.Maxamadaliev, M.Erdonov, M.qodirov, G.Xodjaeva, Z.Tojieva, 
Sh.
Jumaxonovlar tomonidan o’rganilgan., aholi joylashuvini boshqarish va 
ijtimoiy infrastruktura to’g’risida V.M.Cheskidov va V.N.Smirnovlarning 
nomzodlik dissertatsiyalari yozilgan.
Yuqoridagi yo’nalishlardan tashqari iqtisodiy va sotsial geografiyaning 
boshqa muammolari ham ozmi-
ko’pmi tadqiq qilingan. Jumladan, fanning 
umumnazariy masalalari, iqtisodiy geografiyaning asoslari va dolzarb muammolari 
Z.Akromov, O.Otamirzaev, A.Soliev, A.Qayumov, SH.Azimovlarning ishlarida 
ko’rilgan. Sanoat geografiyasi, miner
al xom ashyo resurslaridan foydalanish, 
sanoat tuguni va ishlab chiqarish majmualarining shakllanishi yuzasidan 
Sh.N.Zokirov, A.Jalilov, 
G’
.Xolmatov, U.Sodiqov, X.Mamatqulov, I.Toirov, 
M,Gapirov, 
F.Obidov, 
S.Haydarov, 
X.S.Mirzaaxmedov, 
B.Kalonov, 
Yu.Ahmadaliev, Yu.Salomov, L.Erdonovlar tadqiqot olib borishgan. Alohida 
viloyat va kichik hududlar xo’jaligi F.Muqminov, E.Tog’aev va boshqa 
mutaxassislar faoliyatida o’z ifodasini topgan. Shu bilan birga respublikamizda ilk 
bor aholiga xizmat ko’rsatish geografiyasi bo’yicha M.Nazarov va G.Bekbulatova, 
fan va ilmiy tadqiqotlar geografiyasiga oid H.Nazarova, tibbiyot geografiyasi 
yuzasidan N.Komilovalar o’zlarining nomzodlik dissertatsiyalarini himoya 
qilishgan. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda iqtisodiy va sotsial geografiyaning milliy va 
regional markazlari, ilmiy yo’nalish va maktablar shakllanmoqda. Bunday markaz 
va yo’nalishlar katta ilmiy salohiyatiga ega bo’lgan Toshkentdan tashqari
Namangan, Termiz, Samarqand, Farg’ona va qarshi shaharlarida ham vujudga 
kelmoqda.
Iqtisodiy va sotsial geografiyaning istiqboldagi rivojlanishi va vazifalari eng 
avvalo O’zbekiston Respublikasining siyosiy mustaqilligi va uning bozor 
munosabatlariga o’tish davridagi dolzarb muammmolaridan kelib chiqadi. 
Masalan, iqtisodiyot sohas
ida: bozor munosabatlargia o’tish sharoitida ishlab 
chiqarish kuchlarini joylashtirish, mamalkatni iqtisodiy rayonlashtirish va uning 
mintaqaviy siyosatini ilmiy jihatdan yaratish, sanoat va qishloq xo’jalik 
geografiyasini mulkchilikning turli shakllarini hisobga olgan holda tadqiq etish, 
qo’shma va kichik korxonalar, erkin iqtisodiy mintaqa, qurilish, transport va tashqi 
iqtisodiy aloqalar geografiyasini o’rganish, respublika yer
-suv, mineral xom-ashyo 
va boshqa tabiiy resurslarga iqtisodiy jihatdan baho berish, tabiiy ofatlar 
geografiyasi 
muhim 
mavzular 
hisoblanadi. 
Shuningdek, 
geograflar 
mamlakatimizning g’alla (don), neft va yo’l mustaqilligiga erishuvidagi 


muammolarning yechimiga ham o’zlarining munosib hissalarini qo’shishlari 
lozim.
Sotsial-iqtisodiy muammolar doirasida aholi va mehnat resurslarining 
hududiy tarkibi, turli yiriklikdagi shahar va shahar aglomeratsiyalari, urbanizatsiya 
jarayonini o’rganish, savdo, marketing, aholiga xizmat ko’rsatish sohalari 
geografiyasi bo’yicha tadqiqotlar ko’lamin
i kengaytirish, tabiatdan foydalanish va 
ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishdagi ekologik masalalar, aholi migratsiyasi 
va boshqa mavzular tadqiq etilishi kerak. Ayni paytda qishloq joylarining ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishi, bu joylarda sotsial infrastruktura tizimini shakllantirishga oid 
tadqiqotlarning ahamiyati ham katta.
Fanimizning jahon andozalariga mos ravishda rivojlanishi va uning 
to’laqonli ijtimoiy geografiya maqomida shakllanishida sotsial muammolarning 
hududiy jihatlarini o’rganish kechiktirib bo’lmaydigan vazifalardan hisoblanadi. 
Aholining yashash sharoiti va tarzi, urf-odatlari, xulq-atvor geografiyasi, fan, 
rekraetsiya, din, tibbiyot va jinoyat geografiyasi shular jumlasidandir. Bunday 
tadqiqotlar sotsiologiya, psixologiya, etnografiya, xuquqshunoslik va demografiya 
fanlari qirrasida bajariladi. 
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishuvi, uning jahon 
hamjamiyatida suveren davlat sifatida o’ziga munosib o’rin olishi siyosiy 
geografiyaga oid mavzularni ham kun tartibiga qo’yd
i. 
Xususan, 
mamalkatimizning horijiy davlatlar bilan munosabati (geosiyosati), uning ichki 
ma’muriy
-hududiy tuzilmasi, milliy poytaxti-Toshkentning siyosiy funktsiyalari va 
diplomatik aloqalari, xalqaro turizm, elektoral (saylovlar) geografiya kabi 
muammol
ar keng o’rganilmog’i zarur. Shu bilan birga fan tarixi va tarixiy 
geografiyaga doir tadqiqotlarni ham olib borish, iqtisodiy va sotsial geografiya 
fanining nazariy-
uslubiy masalalari hamda ijtimoiy ekologiya bo’yicha izlanishlar 
olib borish maqsadga muvofiqdir 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish